Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov


Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə74/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Mustaqil talim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Adabiyotshunoslik – filologiya ilmining bir sohasi.
2. Badiiy asarda mazmun va shakl.
3. A.Qahhorning “Anor” hikoyasi va uning tahlili.
4. A. Navoiy ijodidan 3 ta g‘azal, 3 ta tuyuq yod olish va uning tahlili.
5. Xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot.
6. H.Olimjonning “Muqanna” dramasida sujet va kompozitsiya.
7. Cho‘lponning “Go‘zal”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi”, “Men va boshqalar” she’rlarini yod olish va tahlil qilish.
8. Ozod Sharafiddinov – iste’dodli adabiy tanqidchi.
9. Dramaturgiya va uning janrlari.
10. H.Olimjonning “Bo‘lsam”, “Janub kechasi”, “O‘zbekiston” she’rlarini yod olish va tahlil qilish.
11. O‘.Hoshimovning “Cho‘l havosi” qissasini o‘qish va tahlil qilish.
12. A.Oripovaning “Yurtim shamoli”, “Ketganlar yodi”, “Alisher” she’rlarini yod olish va tahlil qilish.
13. She’riy san’atlar haqida.
14. O.Yoqubovning “Yaxshilik” hikoyasi.
15. Halima Xudayberdiyevaning “O‘zbekning”, “Biz olmamiz” she’rlarini yod olish va tahlil qilish.
16. A.Qodiriyning O‘tkan kunlar” romanida xarakter va tip.
17. Z.M.Boburning 2 ta g‘azal, 2 ta ruboiysidan yod olish va tahlil qilish.
18. Badiiy asar tilining o‘ziga xosligi.
19. Mirmuhsinning “Temur Malik” romanida sujet bo‘laklari.
20. Mohlaroyim Nodiraning g’azallaridan yod olish (Firoqnoma).
21. Jadid adabiyoti namoyandalari va ularning madaniyat, ma’rifat, adabiyotga oid fikrlari.
22. A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asarini o‘qish.
23. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida obrazlar tahlili.
24. U.Nosir she’rlaridan yod olish va tahlil qilish.
25. She’riy san’atlar.
26. Oybekning “Qutlug‘ qon” romanida xarakter xususiyatlari.
27. Zulfiya she’riyatidan yod olish va tahlil qilish.
28. E.Vohidovning “Do‘st bilan obod uying”, “Barcha shodlik senga bo‘lsin”, “Kamtarli haqida” she’rlarini yod olish va tahlil qilish.
29. Fan, san’at, adabiyotning umumiy va o‘ziga xos tomonlari.
30. Istiqlol davri o‘zbek adabiyotshunosligi.
31. S.Ahmadning “Azob” hikoyasi tahlili.
32. Sh.Rahmon she’rlaridan yod olish va tahlil qilish.
33. Ijodiy metod tushunchasi.
34. Ch.Aytmatovning “Oq kema” qissasi tahlili.
35. M.Yusuf she’rlaridan yod olish va tahlil qilish.
36. S.Ahmadning “Yo‘qotganlarim va topganlarim” asari tahlili.
37. Badiiy asarda adabiy, tarixiy, zamonaviy mavzular.
38. Sh.Boshbekovning “Temir xotin” komediyasi tahlili.
39. A.Muxtorning “Chinor” romanida xarakter va tip.
40. A.Muxtorning “Chinor” romani tahlili.
41. G‘.G‘ulomning “Vaqt”, “Sog‘inish” she’rlarini yod olish va tahlili.
42. Adabiyotda ifoda va tasvir, bugungi estetik qarashlar.
43. Xurshid Davron she’rlaridan yod olish.
44. Ibroyim Yusupovning “Ayt sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan”, “Bu dunyo” she’rlarini yod olish va tahlil qilish.
45. O‘zbek adabiyotining o‘ziga xos jihatlari.

Adabiyotshunoslikka kirishfanidan sinov test

1.Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari to`g`ri berilgan javobni toping.
A. Adabiyotshunoslik tarixi, adabiy tanqid, istiqlol davri tahlili
B. Adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid
C. Adabiy tanqid, adabiy tahlil, adabiy tur
D. Adabiy tur, adabiy janr, adabiy tahlil

2. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari to`g`ri berilgan javobni belgilang.


A. Adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiy tahlil
B.Adabiyotshunoslik metodologiyasi, belgilovchi metodologiya
C.Matnshunoslik, manbashunoslik, bibliografiya
D. Sotsial adabiyot, tanqidiy adabiyot

3. “Odam bolasi adabiyot sahifalarida o`z dardi, g`am-g`ussasi va mehr-muhabbatini ko`rganida huzur qiladi”, -deydi…….. Ushbu fikr muallafini toping.


A. Robindranat Tagor
B. I.Sulton
C.Ch.Aytmatov
D.F.Dostoyevskiy

4. 80-90 yillarda o`zbek adabiyotiga qaysi davlatlarning ta’siri kuchli bo`ldi?


A. G`arb mamlakatlari va Lotin amerikasi adabiyoti
B. rus adabiyoti
C. faqat Yevropa adabiyoti va san’ati
D. Jahon adabiyoti va tarjimashunoslik maktablari ta’siri

5. Adabiy jarayonni davrlashtirish to`g`ri bo`lingan javobni toping.


A. adabiy davr, adabiy asr, adabiy avlod
B. adabiy muhit, adabiy sharoit, adabiy tafakkur
C. adabiy ong, adabiy ijod, adabiy davr
D. adabiy asr, adabiy davr, adabiy muhit

6. Eng qadimgi adabiyot davri, Islom sharqi adabiyoti ta’sirida mumtoz adabiyot davri, yangi o`zbek adabiyoti davrlari adabiy jarayonni davrlashtirishning qaysi biriga tegishli hisoblanadi?


A. adabiy davr
B. adabiy ijod
C. adabiy muhit
D. adabiy asr

7. O.Yoqubov, P.Qodirov, A.Oripov, O`.Hoshimov, O`Umarbekov, R.Parfilar nechanchi yillar adabiy avlodiga mansub vakili hisoblanadi?


a) 50-yillar
b) 60-yillar
c) 70-yillar
d) 80-yillar

8. 1989-yilgacha o`zbek adabiyotida nechata roman yaratilgan?


A. 105 ta
B. 219 ta
C. 213 ta
D. 306 ta

9. Zarifa Saidnosirovaning “Oybegim mening”, Kibriyo Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas”, Said Ahmadning “Yo`qotganlarim va topganlarim” asarlari qanday asar turiga kiradi?


A. tarixiy asar
B. xotira- yodnoma asar
C. qissa
D. barcha javob to`g`ri

10. Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asarida adabiyotning nechta xususiyati mavjudligi qayd etilgan?


A. 8 xususiyati
B. 12 xususiyati
C. 4 xususiyati
D. 6 xususiyati

11. Adabiyotning bosh obyekti nima?


A. hayot va uning tasviri
B. inson va uning o`ziga xosligi
C. tabiat va jamiyat uzviyligi
D. obraz

12. Badiiy asar sujeti ………….. tarkib topadi. Nuqtalar o`rniga mos javobni belgilang.


A. uzviylik, voqealar rivoji, personajlardan
B. harakat, faoliyat, maqsad, voqea, davr va zamondan,
C. ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechimdan
D. kulminatsiya, yechim, davr va zamon, xarakter va xususiyatdan

13.Badiiy asarda voqealar rivojidagi eng keskin, hayajonli jihati .......... Nuqtalar o`rnini to`ldiring.


A. Yechim
B. Prolog
C.Epilog
D. Kulminatsiya

14. Asardagi voqealar rivojini boshlovchi ziddiyatlarning paydo bo`lishi qanday ataladi?


A.Tugun va voqealar rivoji
B. Tugun va kulminatsiya
C. Voqealar rivoji va yechim
D. faqat tugunni yuzaga kelishi

15. Ekspoziotsiya nima?


A. xarakter va xususiyatlarning tahlili
B. sujetning boshlangunga qadar ochib berilishi
C. asar yakunining xotimasi
D. kulminarsiyaning yechimga yo`naltirilishi

16. Lirik chekinish, kiritma voqea, badiiy qoliplash, portret, peyzaj badiiy asardagi qanday vosita turiga kiradi?


A. sujet vositasi
B. adabiy tanqid vositasi
C. kompozitsion vosita
D. qistirma epizod turiga

17. Kompozitsiya – asarning ........


A.tanasi
B. tahlili
C. yoritilishi
D. ochib berilishi

18. Haddan tashqari bo`rttirilgan, ilohiylashtirilgan, mo`jizaviy xarakterga ega bo`lgan obraz qanday obrz hisoblanadi?


A. Dramatik obraz
B. Lirik obraz
C. Afsonaviy obraz
D. Xayoliy-fantastik obraz

19. Hayvonlar, hashoratlar- turli jonivorlar insoniylashtiriladi, ayrim odamlarning fe’l-atvori odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadigan obraz turini toping.


A. Allegorik obraz
B.Simvolik obraz
C. Mifolofik obraz
D. Satirik obraz

20. Badiiy asardagi muayyan guruh, ijtimoiy tabaqa, sinf vakillarining ma’lum davrdagi xususiyatlarini va iroda yo`nalishini to`la, yorqin aks ettiruvchi mukammal xarakter bu nima deb yuritiladi?


A. obraz
B. xarakterning yaratilishi
C. psixologizm prinsipi
D. adabiy tip

21. Adabiyotshunoslikdagi badiiy asar mavzulari umumlashtirilb necha xil yo`nalishdagi mavzularga bo`linadi?


A. 5 xil
B. 3 xil
C. 6 xil
D. 4 xil

22. Adabiy asar hayotni keng va chuqur, barcha tomonlari bilan tasvirlashda qanday temalarga bo`linadi?


A. badiiy asar temasi, hayotiy tema
B. hayoliy tema, tahliliy tema
C. asosiy tema, yordamchi tema
D. adabiy tema va zamonaviy tema

23.Badiiy asar “hujayralari”dan sizib chiquvchi qon, qon tufayli faoliyat ko`rsatayotgan jon, jon tufayli tirik bo`lgan ruh – ....... Nuqtalar o`rnini to`ldiring.


A. badiiylik
B. adabiy tur
C. badiiy ifoda
D. badiiy g`oya

24. Sujet so`ziga to`g`ri berilgan ta’rifni aniqlang.


A. yunoncha – g`oya va mavzu
B. lotincha – tig`izlashtirib terilgan dur
C. arabcha – shakl va mazmun
D. predmet va tema

25. Konflikt –........ Nuqtalar o`rniga to`g`ri javobni belgilang.


A. kompozitsiyani tebratuvchi g`oya
B. sujetni harakatga keltiruvchi kuch
C. qahramonlarning xarakterini ochib beruvchi jarayon
D. xarakterni tip darajasiga olib chiquvchi vosita

26. Bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o`rtasidagi kurash badiiy asar konfliktining qaysi turiga kiradi?


A. Ijtimoiy konflikt
B. Psixologik konflikt
C. Yasama konflikt
D. Shaxsiy-intim konflikt

27. Epilog bu– .......


A. Voqea va qahramonlar taqdirini hal etish
B. Tugubdan boshlanib kulminatsiyagacha bo`lgan jarayon
C. Asarning debocha qismi
D. Asarning xotima qismi
28.Ijtimoiy konfliktga to`g`ri berilgan javobni toping.
A. Asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoitdagi kurash
B. Voqealarning qahramonga moslashtirilgan va qoliplangani
C. Asar qahramonlarining sifat ko`rsatkichini davrga taqqoslash
D. Tayyor voqealar asosida qurilgan konflikt

29. Badiiy asar sujetiga aloqador eng kichik muammolardan biri ­– ........ Nuqtalar o`rniga kerakli javobni belgilang.


A. Ekspozitsiya
B. Muqaddima
C. Badiiy detal
D. Asosiy motivatsiya

30. Cho`lponning «Adabiyot nadir?» maqolasi nechanchi yilda e’lon qilingan?


A. 1918-yil
B. 1914-yil
C. 1926-yil
D. 1931-yil

31. Badiiy obraz o`zida aql va hisni birlashtiradiki, shu bois uni ........ sifatida tushuniladi. Obrazning qaysi sifati tushunilganini belgilang.


A. ratsional va emotsional birlik
B. o`xshashlik va metaforiklik
C. obraz va obrazlilik
D. assotsiativlik

32. Badiiy obraz ....... ma’noda borliqning san’atkor ko`zi bilan ko`rilgan va ijodiy qayta ishlangan har qanday aksi nazarda tutiladi. Nuqtalar o`rniga mos javobni belgilang.


A. ichki va tashqi ma’noda
B. tor ma’noda
C. keng ma’noda
D. tugal ma’noda

33.Badiiy asar mazmunining «problema» bilan «mavzu» birligi badiiy asar mazmunining bitta qirrasi, ya’ni qanday asosini tashkil etadi?


A. tematik asosini
B. obrazlar tizimini
C. shakl va mazmun birligini
D. badiiy idrokni
34. Badiiy adabiyotning o`rganish manbai nima?
A. badiiy asarlar
B. ilmiy asarlar
C. tanqidiy asarlar
D. tahliliy asarlar

35. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyasini toping.


A. halollikning birinchi o`rindaligi
B. o`zlikni anglash g`oyasi
C. komil insdon g`oyasi
D. hushyorlik va ogohlik g`oyasi

36. G`arb adabiyotida «Adabiyot nadir?» maqolasini qachon va kim yozgan?


A. 1970-yil S.Todorov
B. 1949-yil Jan Pol Sartr
C. 1973-yil R.Bart
D. 1988-yil A.Potibnya

37. Badiiy adabiyot nacha shakldan iborat?


A. 4 shakldan
B. 5 shakldan
C. 2 shkaldan
D. faqat 1 shakldan

38. «O`zining intilishlari, ishlarining butun xilma-xilligi bilan, o`zining o`sishi va tanazzulga ketishi jarayoni bilan odam badiiy adabiyotning materiali bo`lib xizmat qiladi». Ushbu fikr muallifini toping.


A.Maksim Gorkiy
B. V.G.Belinskiy
C.Aristotel
D. L.Timofeev

39. Obraz so`zining ma’nosi to`g`ri berilgan qatorni toping.


A. bo`yamoq
B. yo`naltirmoq
C. ko`rgazma qilmoq
D. chizmoq, yo`nmoq

40. Adabiyot hayotni qanday yo`llar bilan tadqiq etadi?


A. Tahlil etish va saralash yo`li bilan
B. epizodik obrazlar yordamida tasvirlash yo`li bilan
C. Tasdiqlash va inkor etish yo`li bilan
D. Tip va tipiklashtirish bilan

41. Personaj so`zi qaysi tildan olingan?


A. Lotincha
B. yunoncha
C. italyancha
D. ispancha

42. «Sariq devni miniv», «Gulliverning sayohatlari» asarlari qanday sujet asosida yozilgan?


A. yasama sujet
B. tayyor sujet
C. hayotiy sujet
D. sayyor sujet

43. «O`tkan kunlar» romanidagi bosh g`oyani toping.


A. XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot
B. XX asr boshlaridagi vaziyat
C. betakror sevgi
D. mehr-oqibat, insoniy tuyg`ular

44. Kompozitsiya qanday didning teranligini talab qiladi?


A. me’yoriy didni
B. estetik didni
C. insoniy tuyg`ularni
D. umumiy tahliliy metodologik didni

45. Kompozitsiya tasvirdagi nimalarni yuzaga chiqara oladi?


A. me’yor va muvofiqlikni
B. talab va tahlilni
C. takroriy so`z va gaplarning vaziyatga kelmasligini
D. epigraf va chekinishni

46. Anor (A.Qahhorning «Anor» hikoyasi), ro’molcha (Shekspirning «Otella»si) detalining


turini aniqlang?
A. Nutqiy detal.
B. Psixologik detal.
C. Ramziy detal.
D. Predmet detal.

47. Xalq og`zaki ijodi dostonlari to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.


A. Qahramonlik, Jangnoma, Tarixiy, Ishqiy-romantik, Kitobiy romanlar
B. Qahramonlik, Jangnoma, Tarixiy, Ishqiy-romantik,
C. Ishqiy-romantik, Kitobiy romanlar
D Jangnoma, Tarixiy, Sarguzasht, Jahongashta dostonlar
48 ”O`tkan kunlar” romanidagi Qovoq devona bilan bog`liq bo`lgan holat sujetning qanday qismini tashkil etadi?
A. asar tuguni
B. kulminatsion nuqtasi
C. qistirma epizod
D. voqealar rivoji
49. Asar annotatsiyasida......
A. asarning qisqacha xarakterestikasi beriladi
B. asarning ijobiy yoki salbiy obrazlari tahlil qilinadi
C. toponimik joy nomlari tahlil etiladi
D. asar davri va makoni muhokam etiladi

50. Badiiy asarda san’atkor yaratayotgan sujet voqealaridan ba’zida o`zi ham ta’sirlanib ketishi, qalb tug`yonlari, hislari, shoirona kechinmalarning aks ettirilishi .............


A. sujetning jadallashuvi hisoblanadi
B. kulminatsiyaning cho`qqisi hisoblanadi
C. tugunning yechimga kelishi hisoblanadi
D. lirik chekinish hisoblanadi

ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH” FANIDAN



Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin