Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə76/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

ARXEOGRAFIYA (yun. archaios – qadimgi, grapho – yozaman) – tarixiy fanlarning qadimgi yozma yodgorliklar bilan shug‘ullanuvchi yordamchi sohasi. A. ko‘hna qo‘lyozmalarni chop etishga tayyorlashning nazariy asoslarini, amaliy tartib-qoidalari va metodikasini ishlab chiqadi. A.ning vazifalar doirasiga qadimgi bitiklarni o‘qish, yoshi, muallifi, yozilgan joyi va vaqtini aniqlash kabi vazifalar ham kiradi.
ARXIVSHUNOSLIK, adabiy arxivshunoslik (lot. archivum – hujjat saqlash joyi, fors. ????– o‘rganish) – adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri, aksariyat hollarda, manbashunoslikning tarkibiy qismi sifatida ham qaraladi. A. adabiyot tarixiga oid manbalarni saqlash, tartibga solish, tavsiflash kabi vazifalarni bajaradi. Adabiyot tarixiga oid manbalar saqlanadigan muassasalar (davlat arxivlaridagi turli ijodiy uyushma, adabiy nashrlar fondlari; adabiyot muzeylari, adiblarning uy-muzeylari) ko‘payishi bilan adabiyotshunoslikda A.ning roli va ahamiyati ham ortib bordi, shu bois hozirda unga adabiyotshunoslik ilmining alohida bir yordamchi sohasi sifatida qarash ommalashmoqda.
BELLETRISTIKA (fr. belles letters – so‘z san’ati, nafis so‘z) – keng ma’noda umuman so‘z san’ati, badiiy adabiyot ma’nosini bersa-da, termin turlicha ma’nolarda ishlatiladi. 1) nasriy yo‘lda yozilgan adabiy asarlarni bildiradi; 2) so‘z san’ati ma’nosidagi adabiyotga taalluqli asarlarni badiiy qimmatiga ko‘ra darajalash maqsadida klassika bilan ommaviy adabiyot orasidagi hodisa ma’nosida qo‘llanadi. Bu ma’noda B. badiiy jihatdan mukammal klassik asarlarga ham, badiiy nochor ommaviy adabiyot namunalariga ham qarshi qo‘yiladi. Shunga ko‘ra, mavjud adabiy asarlarning aksariyati (jumladan: sarguzasht, detektiv, fantastika kabilar) B.ga mansub etiladi. Mutaxassislar B.ning paydo bo‘lishini yozuvchilikning professional faoliyat turiga, kasbga aylanishi bilan bog‘laydilar; 3) adabiyot tushunchasi qamrab oluvchi asarlarni tabiatiga ko‘ra farqlash maqsadida ishlatiladi. Bunda adabiy asarlarni B. deb atab, ular adabiy-badiiy asarlarga qarshi qo‘yiladi. Ya’ni bu ma’noda B. badiiy obraz vositasida fikrlamaydigan adabiy asarlarni bildiradi va bir qator adabiy janrlarni qamrab oladi: ocherk, safarnoma, esse, memuarlar, maktublar, aforistika va b.; 4) adabiyotning yaxshi namunalariga qarshi qo‘yiluvchi “engil adabiyot” ma’nosida qo‘llanadi. Bu ma’noda B. deyilganda, hozirgi kunda matbuotda tijoriy maqsadni ko‘zlab chop etilayotgan engil-yelpi bitiklar, ommaviy adabiyot tushuniladi.

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin