Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə49/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Erkin vazn. Agar aruz vazni bo‘g‘inlarning qisqa va cho‘ziqligi, bo‘g‘inlarning soni, ma’lum tartibda takrorlanishiga qarasa hamda barmoq vazni misralardagi bo‘g‘inlar sonining baravarligi va ularning bir xilda guruhlanishiga tayansa, erkin she’r turli miqdordagi bo‘g‘in va turoqlar mutanosib takrorlanishidan tashkil topadi. Erkin vazn she’rda yaxlit va bir tekisda takrorlanuvchi ritm bo‘lmasdan, she'rning mazmuni, ohangining talabi, misralardagi bo‘g‘inlar soni va ulaming turoqlarga bo‘linishi har xil bo‘ladi. Bu hol fikrni va insonning xilma-xil ruhiy holatini to‘laroq ifodalashga, she’rda jonli so'zlashuv unsurlarini, ayniqsa, deklamatsiya, notiqlik, murojaat, chaqiriq kabi nutq xususiyatlarini qayd qilishda, minbardan turib she’r aytishda juda qulaylik tug‘diradi. She’rda m a’no taqozosida erkin ravishda goh xabar, goh tashviq, goh tasdiq va goh buyruqqa o‘tib turiladi. Lekin erkinlik misra oxirida, o'rtasida, ichida keladigan pauzalar, xilma-xil ohanglarda, sintaksis va mantiqiy urg'ular, qofiyalar, so‘z “ta’kidi” , tovush takrori va boshqa vositalar bilan birgalikda ritm hosil etishda faol ishtirok qiladi. So‘ngra erkin she’rda, sodda vazndagi kabi qat’iy bandga ajratish va qofiyalash prinsipi yo‘q. Lekin erkin she’rning vazn, turoq jihatidan xilma-xil bo‘lishi, qofiyalash va bandga ajratishdagi o‘ziga xoslikdan erkin she’r hech qanday qonun-qoidaga bo‘ysunmaydi, unda she’riy nutqqa xos sifat yo‘q, degan xulosa chiqmasligi kerak.
Avvalo, shuni nazarda tutish lozimki, erkin she’r o‘zbek adabiyotida barmoq tizimi taraqqiyoti natijasida, xalq og‘zaki va shoir Mayakovskiy ijodi, Turkiya sarbast she’d, o ‘zbek mumtoz poeziyasidagi mustazod yoki barmoq tizimining qo'shma vazni ta’sirida vujudga kelgan. Barmoq vaznidagi bo‘g‘inlar miqdoriga amal qilish, turoqlarga bo‘linish erkin she’rga poydevorlik qiladi. Ammo farqi shundaki, erkin vaznda bir she’r doirasida barmoq vaznining turli xil vazn shakllaridan foydalanib, bo‘g‘inlar miqdori va turoq tartibi har xil bo‘lgan asar paydo bo‘ladiki, unda misra qurilishi ham, qofiya sistemasi, ohang va pauzalar ham -barchasi o‘zgarib turuvchi fikr va harakatchan ruhiy holatni to‘liq va mos ifodalashga moslanadi.
Ritm erkin she’rning yuragi hisoblanadi. Bir vazndan ikkinchi vaznga o'tish, turoq tartibidagi rang-baranglik erkin she’rda ritmni uyushtirishga xalaqit bermaydi. Unda ma’lum holatni ifodalovchi misralar guruhi o‘z ritmiga ega bo‘ladi. Hatto ayrim misralarning o‘zida ham ichki ritm bo‘ladi, chunki shoir biror so‘zni alohida ta’kidlab ko'rsatmoqchi bo‘lganda, misrani bo‘lib yuborib, o‘sha ta’kidlamoqchi bo‘lgan so‘zni alohida yozishi mumkin, shuningdek, fikr, kechinma va ruhiy holat talabi bilan she’r misrasi qisqa yoki uzun bo‘ladi va bunda she’r ritmi ham o‘z -o‘zidan o‘zgarib ketadi. Erkin she’rda ritmik tenglikni ta’minlashda misralar orasidagi bo‘linishlar, “zinapoyalar” alohida vazifani bajaradi. Bu “zinapoyalar” o'rtasidagi pauzalar biror fikrni yoki so‘zni bo‘rttirib ko‘rsatibgina qolm asdan, she’r ritmi yuzaga chiqishiga ko‘maklashadi, uni kuchaytiradi va rango-rang qiladi. Zotan, ritm asaming mazmunini yuzaga chiqarsa ham shu ritmning o‘zi o‘sha asarni boshqarib boradi. Erkin she’rda bir necha misralarning guruhlari ritmdan va ayrim misralarning o‘zidagi ichki ritmdan tashqari, shu ritmik bo‘laklarni birlashtiruvchi davriy ritmlar ham bo‘lishi mumkin. Bu davriy ritm she’riy parchadagi umumiy ritm va umumiy hissiy bo‘yoqlar yo'nalishi bilan yuzaga keladi hamda o‘z o‘rnida, aralash tarzli ichki bandni hosil qiladi. Bu ichki band ritm, ohang, mazmun tomoni bilan qandaydir bir ma’naviy intonatsion ritmik uyg'un butunlikni hosil qiladi. G‘afur G‘ulomning “Turksib yo‘llarida” va Hamid Olimjonning “ Baxtlar vodiysi” she’rlari mana shunday bir necha davriy ritmga, ichki bandlar uyushmasiga bo'lingan bo‘lib, ularbir-biridan ritm va ohangning kuchayishi, pasayishi yoki ularning davriy rivojlanishi bilan ajralib turadi. “Turksib yo‘llarida” o‘n bitta shunday “banddan ” tuzilgan. Har bir band “ Bu yo'llar, ko‘p qadim yo‘llar” misrasi bilan boshlanadi. Hamid Olimjonning “ Baxtlar vodiysi” she’ridagi “ Ko‘m-ko‘k, ko‘m -k o ‘k, ko‘m -ko‘k” so‘zlari ham xuddi shunday qoliplovchi, uyushtiruvchi v a ta’kidlovchi vositadir. Erkin vazndagi misralar guruhi ayrim misralar va bandlar uyushmasidagi ritmlar yig‘indisi bir bo'lib, butun bir she’r uchun xos bo‘lgan umumiy ritmik yo‘nalishni shakllantiradi. Ritm tabiati matn xususiyati va san’atkoming shaxsiy uslubiyatiga qarab har xil bo‘ladi.
Dostonlarda bo‘g‘inlar soni ko‘p yoki oz bo‘lishi, turoqlar tartibi ham erkin ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Baxshilar voqeaning xarakteriga qarab, goh og‘ir, salmoqli, goh shiddatli, tez va kuchli ritmga murojaat etadilar. Ular doston qahramonlarining mardonavor janglari, dushman bilan olishuvlari, otlarning chopishini to‘laroq , aniqroq tasvirlash uchun odatdagi vazndan chetga chiqadilar hamda o‘sha harakat va holatlarni aks ettirishga qodir bo‘lgan vazn, turoq tarkibidan foydalanadi.

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin