Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov


Takror, kuchaytirish, parallelizm



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə55/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

2. Takror, kuchaytirish, parallelizm, qarama-qarshi qo'yish. Adabiyotda muayyan fikrni ifodalovchi so‘z va iboralaming takrori asosiga qurilgan sintaktik birikmalar ham ko‘p. Ular ham adabiy figuralar jumlasiga kiradi. Badiiy asarlarda so‘z va iboralar turli o‘rinda, turli maqsadlarda takrorlanishi mumkin. Agar so‘z yoki iboralar bir necha gap, she’riy misra yoxud band boshida takrorlanib kelsa, bu hodisa anafora deb ataladi:
Bunda hamma, hamma narsa bor,
Bunda qizga tole bo‘lar yor.
Bunda orzu qozonadi ot,
Bunda sevgi yozadi qanot.
(Ham id Olimjon. “Zaynab va Omon”).
So‘z va iboralaming bir necha gap, she’riy misra yoki band oxirida qofiyasiz takrorlanib kelishi epifora deb ataladi:
Bo‘lub mag‘rur o‘z ganjinasina,
Ne muhtoj o'zgalar ganjinasina. (“Gulva Navro‘z”).
Ba’zan muayyan so‘z va iboralar birinchi misraning oxirida kelib, ikkinchi misraning boshida takrorlanadi. Bunday qaytariq tutash takror deb ataladi. Shoir Ogahiyning quyidagi g‘azali boshidan oxirigacha shu asosda qurilgan:
Ul yuzi gul nigom ing m ehrijam olini ko‘ring,
Mehri jam oli ustida ikki hilolini ko‘ring.
Ikki hilolini ko‘rib qonm asa, mehringiz agar,
Sahifayi orazi uza nuqtayi xolini ko‘ring.
Nuqtayi xolini ko ‘rib sabr eta olmas ersangiz,
Husnu jam oli bog‘ida qaddi niholini ko‘ring.
Qaddi niholini ko'rib ko‘nglingiz etmasa qaror,
Jon ko‘zi birla boqibon la’li zilolini ko'ring.
La’li zilolini ko‘rib joningiz etsa iztirob,
Chorayi holingiz uchun shahdi maqolini ko‘ring.
Shahdi maqolini ko‘rub topmasa chora holingiz,
Nuktaga lab ochar chog‘i g'unju dalolini ko‘ring.
G‘unju dalolini ko‘rub, istasangiz murodi dil,
Ogahiydek quchub belin ayshi kamolini ko‘ring.
Ba'zan so‘z va iboralar shunday tartibda joylashtiriladiki, go‘yo birining ma’nosi keyingisi tomonidan kuchaytirib, rivojlantirib borilgandek bo‘ladi. Bu kuchaytirish deb ataladi. Kuchaytirish ham boshqa figuralar kabi hayajonni oshirishga, muayyan uyg‘unlik vujudga keltirishga da’vat etadi. Gohida ikki yoki undan ortiq o‘xshash hodisa bir-biriga yaqin sintaktik qurilm alarda yonma-yon qo'yib qiyoslanadi. Bunday figura parallelizm deb ataladi. Parallelizm o‘z vazifasiga ko‘ra o'xshatishga yaqin turadi. U xalq og‘zaki ijodida ham keng qo‘llaniladi. Uni xalq maqollarida ham ko‘rasiz: “Boy boyga boqar, suv soyga oqar” , “Oshning ta’mi tuz bilan, odam ning ta’mi so‘z bilan ” . Parallelizmlar yozma adabiyot nam unalarida narsa-hodisaning, his-tuyg'ularning aniq-ravshan aks etishiga ko‘maklashadi. Hamid Olimjon “Zaynab va Omon” poemasida Zaynab hayotini dangal ko‘rsatishda parallelizmga murojaat qiladi:
Endi uning har narsasi bor,
Endi unga hamma gap tayyor,
Odamzod gulistonida,
Saodatning baxt bo'stonida,
Orzularga to‘liqdir ko‘ngil.
Vahimasiz osoyishta dil
0‘ziga bir yo‘ldoshni istar,
Bir qadrdon sirdoshni istar.

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin