Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov


Muallifning hayotga munosabati nuqtai - nazaridan



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə29/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Muallifning hayotga munosabati nuqtai - nazaridan.

San’atkor “hamma tasvirlanayotgan shaxslarni harakat etuvchi va faol shaxslar sifatida” (Aristotel) tasvirlaydi. Bunda xatti – harakat – voqea bizga birdaniga va tamom tayyor bo‘lib qolgan holda ko‘rinmaydi, bizdan yashiringan samarador kuchlardan chiqqan, o‘z ichida erkin bir doira chizgan va keyin o‘z ichida taskin topgan voqea sifatida ko‘rinmaydi – yo‘q, bu yerda biz xatti - harakatning individual ifodalar va xarakterlardan boshlanish, kelib chiqish prosessining o‘zini ko‘ramiz (V.Belinskiy). Bu dunyoning ob’ektiv va subyektiv tomonini birlashtirib, shaxs harakati orqali tasvirlashdir.
2. Vaqt hissi nuqtai - nazaridan. “Temir xotin” (Sh.Boshbekov)ni tomosha qilar ekansiz, unda Qo‘chqor, Olimtoy, Alomat kabi obrazlar bilan bog’liq hayotiy voqealar ko‘z oldimizda hozir ko‘rib turganidek, bo‘lib o‘tayotgan voqealardek namoyon bo‘ladi.
3. Hajmi va tashqi ko‘rinishi jihatidan. Dramaning hajmi taxminan 2,5 - 3 soat mobaynida ko‘rsatishga mo‘ljallangani uchun, unchalik katta bo‘lmaydi. U dialog va monologlardan, sahna va pardalardan tashkil topadi, ijrochilar-artistlar orqaligina asarning mazmuni ro‘yobga chiqadi.
4. Xarakter. Hayot go‘yo bir azim daryo bo‘lsa, drama ana shu azim daryoning tezoqar, eng nishab joylarini tasvir predmeti qilib oladi. (I.Sulton). Lev Tolstoyning fikricha, drama bizga odamning butun hayotini hikoya qilib berish o‘rniga, shu odamni shunday vaziyatga qo‘yishi kerakki, shunday bir tugun bog’lamog’i kerakki, bu tugunni yechish mahalida odam butunisicha ro‘yobga chiqsin. Tolstoy aytgan “vaziyat” va “tugun” esa doimo inson hayoti oqimining eng shiddatli paytlariga to‘g’ri keladi: xuddi shunday “vaziyat” va “tugunlar” mavjudligida inson eng aktiv ruhiy hayot bilan yashaydi, voqealar girdobida javlon uradi, ehtiroslar olovida yonadi, chiniqadi.”1
Shuning uchun ham dramadagi xarakterlar va ular xarakteridagi biror qirra g’oyatda bo‘rttirilgan bo‘ladi. Jumladan, Otelloda – rashk, Muqannada-ozodlik uchun fidoyilik o‘ta mubolag’adordir.
5. Syujet. Dramada syujet xuddi eposdagidek sokin, mukammal bo‘lmaydi va u voqeaga bog’lanmaydi, balki u tez va shiddatkor dramatizmga judayam boy bo‘ladi. Syujet dramadagi xatti – harakat bilan mustahkam bog’lanadi. Bu tig’izlik va shiddatni, “ayovsiz” olishuvni sekinlatadigan hayotiy tafsilotlar emas, balki yanada rivojiga turtki beradigan voqealar tanlanadi va ular zanjirsimon – bir-biridan kelib chiqadigan tarzda voqye bo‘ladi. Shu xislati tufayli undagi xarakterlar kutilmaganda o‘zligini yaqqol ko‘rsatadi va “tanish bo‘lgan notanish”lar taqdiri bizning ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.
6. Badiiy til. Dramada muallif nutqi (remarkalarni hisobga olmaganda) ishlatilmaydi. Personajlar o‘zlarini o‘zlari va bir-birlarini so‘z orqali ochadilar. Dramada ishlatiladigan gaplar – sodda, qisqa va ravon bo‘ladi. Ularda tomoshabin tushunmaydigan bironta ham so‘z yoki ibora ishlatilmaydi...
Ushbu farqli xususiyatlar va qonun-qoidalarni istagancha davom ettiraverish mumkin. Lekin shu aytilgan gaplardan ayonki, har bir tur hayotning u yoki bu tomonini shunday yorqin va batafsil ifoda etadiki, bunga boshqa tur qodir bo‘lmaydi. Izzat Sulton asosli ta’kidlaganidek, “Epik yoki lirik asar bajargan o‘ziga xos g’oyaviy – estetik vazifani drama to‘la ravishda bajarolmaydi: dramatik turda epik turga mansub bir qancha sifatlar (hayotni juda keng qamrab olish, uning turli ko‘rinish va jilolarini bir asarda aks ettira bilish va hokazo) yo‘q. Dramatik tur hayotni shaxsning ehtirosli hislari orqali, yuraklarni larzaga soluvchi oniy holatlarda ko‘rsatish qobiliyatiga lirika darajasida qodir emas.
Xullas, adabiy turlar bir-birlarini to‘ldirib yashaydilar va bir-birlarining ojizliklarini “qoplab ketadilar”. Ularning har biri ham inson ruhining turlicha holatini aks ettiruvchi vositalar bo‘lib, teng huquqli va juda zarurdir” (“Adabiyotshunoslik nazariyasi, 236-bet”).

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin