Tayanch tushunchalar:
adabiy jarayon
vorisiylik
uzluksizlik
ichki va tashqi omillar
ijtimoiy-tarixiy sharoit
an'ana va yangilik
davrlashtirish.
Savol va topshiriqlar:
1. Badiiy adabiyot taraqqiyotining ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog`liqligini tushuntirib bеring. 2. Adabiy an'ana dеganda nimani tushunasiz? An'ana bilan yangilik munosabatini tushuntiring. 3. Adabiy jarayonni davrlashtirish zarurati nimada? Uzluksiz adabiy jarayonni davrlarga ajratishga imkon bеruvchi omillarni ko`rsating.
4. “Adabiy davr”, “adabiy asr”, “adabiy avlod” tushunchalariga izoh bеring. Adabiy avlodga mansublik qanday bеlgilanadi? “Adabiy asr” va “astronomik asr” tushunchalari orasidagi farqni tushuntiring?
5.O`zbеk adabiyoti tarixining yuqoridagicha davrlashtirilishiga munosabatingiz qanday? Bu borada sizning shaxsiy qarashingiz bormi? Bo`lsa, asoslab tushuntirishga harakat qiling.
11-ma’ruza
Adabiy turlar. Epik tur va uning janrlari
Adabiy turlar va janrlarning so ‘z san’atidagi o ‘rni va ahamiyati.
Badiiy asarlar hayot voqeligi va inson obrazini gavdalantirishiga ko‘ra epos, lirika, drama turiga ajratilishi.
Har bir turning janrlarga bo'linishi.
Epos, lirika, drama turidagi asarlarning she’riy yoki nasr yo'lida yozilishi.
Folklor va yozma adabiyotdagi janrlar
Adabiy tur va janrlar haqida tushuncha, eposning xususiyatlari, lirikaning o‘ziga xosligi, drama predmeti, posning janrlari
Badiiy asarlar shunchalik rang-barang, ular “nima bilan nimani va qanday aks ettirishi” (Aristotel)ga qarab, asosan uch turga bo‘linadilar. Bular: epos, lirika, drama hisoblanadi.
Davrning muhim ko‘rinishlarini (nima to‘g’risida), chuqur tahlil qilib, uning ko‘pchilik e’tiborini jalb etadigan g’oya va muammolarini o‘rtaga qo‘yish(nimani gapirish) va shu asosda tug’ilgan ko‘ngildagi fikrlarni aniq va yangi obrazlar vositasida ifodalash (qanday tasvirlash) – yaxlit, birbutun jarayon (“Bo‘lishi mumkin bo‘lgan” olamni yaratish)dir. Ularni bir-biridan ajratish mumkin bo‘lmaganidek, epos, lirika, drama ham yagona adabiyot (daraxt)dir. Ularning ildizi, tanasi bitta – faqat bu “vujud” - taraqqiy etgan uchta “shox”dan-adabiy turdan iborat.
Uchchala tur ham bitta asos-hayotdan oziqlansalar-da, uchchalasi ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan olamni kashf etsa-da, ayni paytda, ularning har birining o‘ziga xosligini ta’minlovchi predmeti ham bor. Eposniki – voqea,lirikaniki – ruhiy kechinma, dramaniki – harakatdir. Eposdagi qahramon – voqea, dramaning qahramoni – inson shaxsi (V.Belinskiy) lirikaning qahramoni insonning ichki tuyg’ularidir.
Shu sabab, bugungi kunda “liro-epik tur” (she’riy roman, doston, ballada, masal, oda)ni, “tarixiy-badiiy tur” (ocherk, reportaj, kundalik)ni (L.Timofeyev) ixtiro qilish asossiz, chunki ularning “o‘zlarigagina” tegishli bo‘lgan – predmetlari (narsaning belgilari) yo‘q. Shuning uchun ham V.Belinskiiy “Poeziyaning hamma turlari... faqat uchta, bundan ortiq bo‘lishi mumkin emas” – deydi va biz ham ayni shu haqiqatdan kelib chiqib, tur va janrlarning qonuniyatlarini ochishga o‘tamiz.
Bundan aniqlashadiki, har bir turning predmetiga binoan, badiiy asarni vujudga keltiruvchi barcha vositalar – xarakter, syujet, konflikt, badiiy til va hokazo unsurlar ham turfa xil xususiyatlar kasb etadi.
E P O S
Eposda xalqning taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan buyuk voqealar olingani uchun uning bosh qahramoni tarixdir. Shu sabab unda xalq taqdiri ham, alohida shaxs taqdiri ham dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy voqeaga bog’liq bo‘ladi, ana shu tarixiy voqea ularni yurgizib - turg’izadi, taqdirini hal etadi.
Bundan ko‘rinadiki, eposda odam emas, voqea hukmronlik qiladi. Shu asosga ko‘ra, uning o‘ziga xos qonuniyatlari quyidagicha voqye bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: |