Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə40/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Qo‘shiq ( 1.Vokal musiqiy asar, ashula; 2.Lapar, terma) ham ashula kabi eng qadimiy janrdir. Unda ham so‘z, musiqa, raqs birlashadi. Ashuladek hayotning hamma jarayonlari (to‘y, aza, bayramlarda, mehnat qilish, hordiq olish paytlarida ham)da kishilarga hamrohlik qiladi, dardu hasratlarni, shodligu quvonchlarni, orzu-armonlarni (qo‘yingki, insonga xos barcha kechinmalarni) voqe qiladi, musiqiyligi va ohanraboligi bilan barcha qalblarni zabt etadi, qalb torlarini chertib, kechinma va tuyg‘ularga ezgulik jilosini beradi, harakatga yetaklaydi, hayotni sevishga, ardoqlashga, e’zozlashga chorlaydi.
Deyarli barcha nazariy adabiyotlarda, hattoki “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ashula va qo‘shiq (so‘zlari) farqlanmagan. Holbuki, ashuladagi biz ta’kidlagan yuqoridagi xususiyatlar qo‘shiqda uchramaydi. Unda ifoda etilayotgan his-tuyg‘ular mantiqiy izchillikka bo‘ysinadi. Birinchi misra (bayt)ni ikkinchi misra (bayt), ikkinchi misra (bayt)ni uchinchi misra (bayt)... to‘ldirib boradi. Bu xususiyat g‘azal, marsiya, lapar, yor-yor, alla kabi janrlarga ham xos bo‘lgani (aslida bu xususiyat lirikaning deyarli barcha janrlariga tegishlidir) va yaqqol ko‘zga tashlangani uchun, ularni qo‘shiq qilib kuylash odat tusiga kirgandir. Ana shu asoslarga suyanib, adabiyot qo‘shiq (aslida xirgoyi)dan boshlangan, desak mumkindir.
Bugungi adabiyotimizda Muhammad Yusuf, Oxunjon Hakimov, Normurod Narzullayev, Xosiyat Bobomurodova kabi ko‘plab qo‘shiqchi shoirlar bor. Ularning serzavq qo‘shiqlaridan biri – Xosiyat Bobomurodovaning “Vatan yagonadir” asari hisoblanadi:


Derlar shirin so‘zning gadolari ko‘p,
Yonib turgan ko‘zning adolari ko‘p,
Yurtlar bor, hattoki xudolari ko‘p,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir...


Nega uchgan qushlar qaytadi bot-bot,
Qozig‘iga izlab kelur uchqur ot,
Dunyoda bor bo‘lsin mehr-oqibat,
Vatan yagonadir, vatan bittadir!


Vatan, deb vatandan ketganlar aytsin,
Sog‘inch yoqasidan tutganlar aytsin,
Pushaymonlig‘ zahrin yutganlar aytsin:
Vatan yagonadir, Vatan bittadir!


Birov bor-onasin tashlab ketadi,
Birov bor-bolasin tashlab ketadi.
Ammo Vatan tashlab ketmas hech qachon,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir!..


Sonet (ital sonare –jaranglamoq) 14 misradan iborat bo‘ladi: uchta to‘rt misralik va bitta ikki misralik banddan, ba’zan esa ikkita to‘rt misralik, ikkita uch misralik banddan tashkil topadi. Birinchi ikki band-dastlabki qism –“katren” (fr. quatrion – to‘rtlik), yakunlovchi qism – “terset”(lat. Tres-uchlik) deb yuritiladi va ular g‘oyaviy-kompozision jihatdan o‘zaro bog‘lanib, yaxlitlikni yuzaga chiqiradi. Sonetda fikr g‘oyatda siqiq, ta’sirchan tarzda voqe bo‘ladi. Oxirgi bandgacha fikr izchil rivojlanadi yoki uning qirralari detallashtiriladi – bor bo‘y-bastining mohiyati ochilgandan so‘ng, eng so‘nggi bandda poyetik fikrga yakun yasaladi.
I.Bexer sonetni badiiyatning eng yorqin dialektik ko‘rinishlaridan biri; dastlabki to‘rt misrasini tezis sifatida birinchi katren, keyingi to‘rtlikni antitezis tarzida ikkinchi katren, so‘nggi ikki uchlikni sintez deb yuritishni tavsiya qilsa, A.Muxtor uni – she’riyatning olifta kamzuli, deydi. Sonetlar dastlab Italiyada (XIII-XIVasrlar) paydo bo‘lgan, Dante, Petrarka, keyinroq Mekelenjelo; V.Shekspir (Angliya), Miskevich(Polsha), Derjavin, A.S.Pushkin, Shchipayev (Rossiya) ijodlarida sonetning go‘zal namunalari yaratilgan. O‘zbek adabiyotida sonetlarning namunalari Usmon Nosir, Maqsud Shayxzodalar tomonidan yaratildi. Barot Boyqobilov 700dan ortiq sonetlar bitdi, uning ijodida sonetlar guldastasi yuzaga keldi. Sonetlar gulchambari-magistral (gr. magistralis-boshqaruvchi) 15 sonetdan (210 misradan) iborat bo‘ladi. Birinchi sonetning oxirgi misrasi bilan ikkinchi sonet boshlanadi. Ikkinchi sonetning oxirgi misrasi bilan uchinchisi boshlanadi. Shu tariqa 14 ta sonet yaratiladi va 15chi magistral sonet 14 sonetning birinchi misralaridan tuziladi. Oxirgi misra esa o‘z navbatida birinchi misrani takrorlash bilan tugaydi. Muhammad Ali, Rauf Parfi, Mirzo To‘ra, Ibrohim Yusupov kabi ijodkorlar ham ko‘plab sonetlar ijod etdilar. Ularda falsafiylik, “yombi”lik - original fikrlar chuqurlasha boshladi, katren va tersetlarning vobastaligidan so‘nggi band uchun zarur bo‘lgan poyetik xulosalar chiqarish san’ati rivoj topdi.
O‘zbek sonetlarining eng go‘zallaridan biri Cho‘lponing “Men va boshqalar” (O‘zbek qizi og‘zidan) asaridir:


Kulgan boshqalardir, yig‘lagan menman.
O‘ynagan boshqalar, ingragan menman.
Yerk ertaklarini eshitgan boshqa,
Qullik qo‘shig‘ini tinglagan menman...


Boshqada qanot bor, ko‘kka uchadir,
Shoxlarga qo‘nadir,bog‘da yayraydir.
So‘zlari sadafdir, tovushi naydir,
Kuyini har yerda elga sayraydir.


Menda-da qanot bor, lekin bog‘langan...
Bog‘ yo‘qdir, shox yo‘qdir, qalin devor bor.
So‘zlari sadafdek, tovushi naydek
Kuyim bor... uni – da devorlar tinglar.
Yerkin boshqalardir, qamalgan menman,
Hayvon qatorida sanalgan menman.


V.Lirikaning “yirik” janrlari

Hajm kengligi jihatidan tarji’band, tarkibband, soqiynoma va qasidalar lirikaning yirik janrlari sanaladi. Jumladan, tarji’bandlar 16-24 misrali 5-10 band (Masalan, Alisher Navoiyning bir tarji’bandi har biri 10 baytli 10 banddan iborat. Bu degani 200 misradir)dan, tarkibbandlar 16 misrali bir necha bandlardan tashkil topadi. Ular mumtoz adabiyotimizda ham ko‘p uchramaydi. Jumladan “Xazoyinul maoniy”dagi 3244 asarning to‘rttasi tarji’band, bittasi tarkibbanddir, ikkitasi qasida va bittasi soqiynomadir.


Tarji’band (arabcha so‘z, ma’nosi: banddagi takror) “asosan bir baytning har band oxirida aynan takrorlanib (tarji’) kelishi bilan harakterlanuvchi she’r bo‘lganligi uchun shu takrorlanuvchi bayt “vosita bayt”, “bosh bayt”, “vosila bayt” deb yuritiladi va masnaviy shaklida (aa,bb,vv) qofiyalanadi. Chunki bandlardagi boshlang‘ich baytning qofiyasi aa-dir, navbatdagi baytlarda esa g‘azallardagi qofiyalanish usuliga o‘xshab faqat ikkinchi misralar qofiyalanadi va ular oxirgi bosh baytgacha shu holda davom etadi. Har band oxirida, muayyan tarzda takrorlanib turuvchi baytda shoir aytmoqchi bo‘lgan g‘oyaviy muddao, asosiy fikr ta’kidlanadi va o‘quvchi diqqati doim shu baytdagi xulosaga qaratib boriladi” (R.Orzibekov, O‘zbek she’riyati janrlari, S., 1998, 112-bet).
“Badoye’ ul-vasat” (A.Navoiy)dagi tarji’bandning har (jami 7 band) bandi 8 baytdan iborat bo‘lib, har band oxirgi:


Yodingni qilay harifi majlis
Fikringni etay ko‘ngilga munis

bayti takrorlanadi. Tarji’bandning oxirgi bandidagi tarji’bayt (vosita bayt)dan oldin shoirning taxallusi ham ba’zida ko‘rsatiladi, ba’zida ko‘rsatilmaydi. Aytilganlarni to‘liq anglash uchun, ushbu tarji’bandning birinchi va so‘nggi bandlarini qayd etamiz. Uning birinchi bandi:


Yey kirpiki neshu ko‘zi xunxor,
Jonimni necha qilursen afgor.


La’ling g‘amidin ko‘ngulda erdi,
Har qonki sirishkim etti izhor.


Hayhotki, hajring ilgidindur
Jonimda alam, tanimda ozor.


Yuzungni ko‘rub meni ramida,
Ishq o‘tig‘a bo‘lg‘ali giriftor.
Sen erding majlisim harifi
Kim, yedi hasad sipehri g‘addor.


Yuz hasrat ila meni ayirdi
Vaslingdin, ayo, xujasta diydor.


Yemdiki firoq aro tushubmen,
Topquncha yana harif, yo yor.



Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin