Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə48/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Tayanch tushunchalar: Ritm ritmik bo`lak bo`g`in, turoq, misra, band ritmik vosita ritmik pauza, qofiya, qofiyalanish tartibi poetik sintaksis invеrsiya takror va uning ko`rinishlari
Savol va topshiriqlar:
1. Shе'riy nutqqa ta'rif bеring. Shе'riy nutqni yuzaga chiqaruvchi, uning o`ziga xosligini bеlgilovchi asosiy unsurlar qaysilar?
2. Ritm nima? Shе'riy va nasriy nutqdagi ritmni bir-biriga qiyoslang. Ularning umumiy va farqli jihatlarini tushuntirib bеring.
3. «Ritmik bo`lak» va «ritmik vosita» tushunchalariga ta'rif bеring. Ularning farqli tomonlari nimada? Ritmik bo`laklarning o`lchov birligi sifatidagi ahamiyatining turli shе'rlarda turlicha namoyon bo`lishini tushuntiring.
4. Qofiya va qofiyalanish tartibining ritmik vosita sifatidagi ahamiyati, vazifasi nimada? Qofiyaning qanday turlarini bilasiz?
5. «Shе'riy sintaksis» dеganda nimani tushunasiz? Bu tushunchani alohida ajratishga zarurat bormi? Shе'rdagi gap qurilishining o`ziga xosligi, sintaktik usullarning badiiy funksiyalarini tushuntiring. Shе'riy asarda kuzatiluvchi sintaktik sathdagi og`ishlarga misollar topib, daftaringizga yozing.

15-ma’ruza
Barmoq tizimi
Reja:

  1. Barmoq tizimi va uning tuzilish jihatlari.

  2. Barmoq vaznidagi asosiy xususiyatlar.

  3. Zamonaviy she’riyatda barmoq vazni.

  4. O’zbek adabiyoti tarixida barmoq she’r tizimining rivojlanishi.

Barmoq vazni xalqimizning eng qadimgi og'zaki poeziyasi namunalari orqaliyuzaga kelgan. Bunga mashhur tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariyning “ Devonu lug'otit turk” asarida “qoshug‘ “ deb atalgan qadimgi lirik parchalar, xalq maqollari yoki o‘zbek xalq topishmoqlari va an’anaviy dostonlarning she’r tuzilishidagi xususiyatlari dalil bo'la oladi. “Devon”dagi parchalarda barmoq vaznining besh, olti, yetti, sakkiz, o‘n, o‘n bir, o‘n uch bo‘g‘inli turkumlarning vaznlari juda kam. Bundan poeziyada dastlab kichik hajmli turkumlar va vaznlar kelib chiqqan, katta hajmli turkumlar va vaznlar esa she’r tuzilishi taraqqiyotining bundan keyingi davrlariga mansubdir, deb xulosa chiqarish mumkin. O'zbek xaiq dostonlari barmoq sistemasining vazn va ritm imkoniyatlarini bag'oyat kengaytiradi. Ularda turli turkumlar tasvirlanayotgan vaziyatga mos holda o‘zaro almashinib turgan.
XX asr o‘zbek poeziyasida barmoq yetakchi vaznga aylandi. Bu ish Cho‘lpon va Fitrat singari jadidlarning xizmatidir. Barmoq vazni sillabik (bo‘g‘in) she’r sistemasi hisoblanadi, chunki u har bir misrada muayyan miqdordagi bo‘g‘inlar soni teng va mutanosib bo‘lishiga qaraydi. Barmoq vaznida ritm, birinchidan, bo‘g‘inlarning sifatiga emas, balki soniga, ikkinchidan, bu bo‘g‘inlar sonining band misralaridagi izchilligiga, uchinchidan, har bir misradagi bo‘g‘inlarning muayyan tartibda turoqlarga bo‘linib ketishiga, to'rtinchidan, har bir turoq oxirida qisqa ritmik pauza (to‘xtam) hosil bo‘ishiga suyanadi.
Umuman, she’r ritmi talaffuzda bir me’yordagi nutq bo‘laklarining qonuniy almashinib kelishidir, deya aytish m um kin, lekin ritm ning xususiyati va ritmni tashkil qilish milliy she’riyatda va undagi she’r tizimlarida har xildir.
Barmoq vaznida misralar faqat bo‘g‘ in soniga tayanadi:
4 5
Sevishganlar / topishgusidir, /= 9 4 5
4 5
Jonlarjonga / yopishgusidir, /= 9
(H am id Olimjon, Zaynab va Omon)
Bu m isralam ing har biri 9 bo‘g‘inlidir. 4+5 asarning asosiy vazni, u 2+ 2+ 5, yo 4+3+2 tarzida ichki ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin; 9 shu she’r vaznining turkumidir, turli vaznlar shu turkumdan turlanib chiqadi; yettilik, o‘nbirlik va boshqa turkumlar ham mavjud.
Barmoq vaznida bo‘g‘inning sifati, urg'uli yoki urg'usizligi farqsizdir.
Chalasavod Aqilmirzo' yurtga’ dodxo'h, 4
Yelkasida' banoras to ‘n ', boshda qulo’h 5
(Sobir Abdulla, Aqilmirzoning “donishmand”liklari).
Bu misrlarda urg‘ular soni bir me’yorda emas, 1-misrda urg‘u soni 4 ta bo‘lsa, 2-misrada 5 ta, natijada bu urg‘ularning misralardagi joylanishida ham tartib o ‘zgaigan.
Barmoq vaznida ritmni yuzaga keltiruvchi unsurlardan biri turoqdir. Ü bo‘g‘inlarning misralararo muayyan tartibda guruhlanib kelishidir. Bunday guruhlanish she’rni o‘lchovli qiladi. Amin Umariyning “Yomg‘irda” she’ri 3+3+3 tarzida guruhlangan:

3 3 3
She’rlarim /-chechagim , / hayotim, /= 9


3 3 3
She’rlarim / boylikdir, / bisotim, /= 9


3 3 3
Yomg‘irdan / nam lanmas, / qanotim, /= 9
3 3 3
Oshaman / bulutlar, / tog‘idan. /= 9

Turoqlar o‘lchov jihatidan xilma-xildir va bu xilma-xil turoqlarning misralarda tartibli almashinib kelishlari ham turli-tumandir. Har bir turoq eng avvalo, o‘z tarkibida nechta bo‘g‘in borligi bilan xarakterlanadi. Turoqlar 8 bo‘g‘inligicha, balki undan ham ortiq boiishi mumkin; turoq bir bo‘g‘inlidan boshlanadi.


4 2 1
T o‘xtamadi / qonli / jang /= 7
4 2 1
Bo‘ldi devning / holi / tang, /= 7
I II III
(Hamid Olimjon, Semurg).
Bunda “jang” va “tang” so‘zlari misralarda o‘ziga xos kuch va bilan jaranglaydi. Bunga sabab, shu so‘zlarning o‘lchov jihatidan bir xilligi, qofiyadosh bo‘lib kelib, ritmning misralar oxiridagi chegarasini bildirishi, xush ohang va musiqiylikni vujudga keltirishidir. Ikki, uch, to 'rt, besh va olti bo‘g‘inli turoqlar birmuncha ko‘p qo‘llanadi. Jumladan, Hamid Olimjonning “Zaynab va Omon” dostonidagi misralar 4+5 bo‘g‘inli turoqlar negiziga qurilgan:
4 5
Bir zo‘r otash, / bir zo ‘r alanga /
4 5
Ikki qalbga /tutashgani rost, /
4 5
Bir sevgikim /jon berur tanga, /
4 5
Ham Zaynab-u /Omonlarga xos. /
Barmoq vaznida turoq tugallanishi bilan unga kirgan so‘z yoki so‘zlar tugallanishi bir-biriga mos kelishi lozim. Barmoq vaznidagi she’rlami o‘qish chog‘ida, odatda, muayyan to‘xtalish, ya’ni sukut (pauza) bo‘ladi. Bu to‘xtalish misralar oxiridagt pauzaga nisbatan qisqaroq bo‘ladi. “Zaynab va Omon” asaridan keltirilgan yuqoridagi parchaning har bir misrasida avvalgi to‘rt bo‘g‘indan, ya’ni, birinchi turoqdan so‘ng xuddi shunday ritmik pauza bor. Uning takrorlanishi ritmni hosil qiladi. Barmoq vaznida yozilgan she’rlaming misralardagi bo‘g‘inlar miqdori teng bo‘lsa, sodda vazn yuzaga keladi. Agar bir she’rning yoki bandning o‘zida turli miqdordagi bo'g'inlarga ega misralar tartibli, mutanosib holda mavjud bo‘lsa, qo'shma vazn yuzaga keladi. Asqad Muxtorning “Chin yurakdan” she’ridan olingan quyidagi parchada qo‘shma vaznni uchratish mumkin:
4 4
Bizni deya /tinch hayotni, / 8

4
Qurmoqdasiz / 4


4 4
Chegarada / doim sergak, / 8
4
Turmoqdasiz / 4

Ko‘rinib turibdiki, bundagi misralar bo‘g‘in va turoq soni jihatidan teng emas, bo‘g‘in va turoq 1-va 3-misralarda bir xil (4+4); 2-va 4-misralarda esa, undan boshqacha (4); bandning birinchi yarmidagi 4+4 vazni ikkinchi yarmida aynan takrorlanadi va bu takrorlanish qonuniyat tusini oladi.



Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin