KIRISH I BOB. BOLALARGA MUSIQAVIY-RITMIK HAAKATLARNI O'RGATISH VA BOLALARDA MUSIQIY TARBIYANING RIVOJLANISHIDA RITMIK HARAKATLARNI O'RNI. 1.1 .Bolalarni ashula aytish, musiqa tinglash va musiqaviy-ritmik xarakatlarni o'rgatish. 1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy tarbiyasida ritmik
harakatlarni o'rni.
II BOB. BOLALARDA RETMIK ILK HAAKATLARNING NAMOYISHLARI VA BUNDA MUSIQAVIY TARBIYA BERISH METODLARIDAN FOYDALANISH 2.1. Bolalarda ijrochilikning ilk namoyishlari ritmik harakatlar 2.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari. XULOSA FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Kirish Mavzuning dolzarbligi: O‘zbek bastakorlari ijodini o‘rganish va tahlil qilish O‘quvchilarga saboq berish bilan bir qatorda uning madaniy yuksalishiga, san’at va adabiyotning chambarchast bog‘liqligi vositalari bilan tarbiyalashda, shu bilan bir qatorda san’atning turli yo‘nalishlari, badiiy adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, televediniya, radio, teatr, kino va boshqa xalqdagi madaniy yo‘llardagi tarbiya sohalaridan foydalanish lozimdir. Respublikamizda —Ta’lim haqida qabul qilingan qonun va —Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risidagi chiqarilgan qarorlari zamon talab qilayotgan tub o‘rganishlar bo‘lib jamiyatimiz kelajagi va maqsadlariga javob beradigan davlat hujjatlari hisoblanadi. Shuning uchun, yosh avlodni tarbiyalashda belgilanayotgan islohatlarni hayotga tadbiq qilishda bosqichma-bosqich o‘tkazish nazarda tutilgan.
Milliy dasturni amalga oshirishni ma’nosi, yangi talablarga javob bera oladigan tarbiyachilami tayyorlash, o‘quv standartlarini yaratish va yangi o‘quv dasturlarida ishlash, umum ta’lim maktablarini tuzilish jihatidan qayta qurish, uch yillik ta’lim (o‘rta maxsus kasb-hunar bilim yurtlari, karb kolleji va akademik litsey) tizimiga o‘tish, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimiga asos soladigan tadbirlarni amalga oshirish, ishtimoiy himoyani kafolatlash kabi masalalami hal etish muammolari kovzda tutilgan.
Yuqoridagi muammolami ko‘zda tutgan holda bitiruv malakaviy ishning mavzusi bo‘lmish —O‘zbek kompozitorlarining asarlarida vatanparvarlik mavzulari hozirgi davrda dolzarb muammolar turkumiga kirib, yosh avlodni har tomonlama yuksalgan shaxs bo‘lib yetishiga muhim darajada foydali deb hisoblanadi. O‘zbek musiqa san’ati asrlar osha o‘zbek xalqi tomonidan ulug‘ ma’naviy qadriyat sifatida ardoqlab kelingan. U yillar osha og‘zaki uslubda shakllanib, rivojlanib kelgan; xalq orasidan ajoyib bastakorlar, ijrochilar yetishib chiqqan. O‘zbek musiqa ijodkorligi asosan bastakorlik uslubida shakllanib kelgan. Hozirgi davrga kelib esa o‘zbek musiqa san’atida Yevropa musiqa nazariyasiga asoslangan kompozitorlik uslubi ham keng rivojlandi va bu uslubda o‘zbek kompozitor - bastakorlari ham ko‘plab musiqa durdonalarini yaratmoqdalar. Kompozitorlarning asosiy ijod manbai bu xalq musiqasidir. O‘zbek bastakor va kompozitorlari ana shu cheksiz manbadan foydalanib musiqa san'atining turli janrlarida ijod qilmoqdalar. Umumta’lim maktablarda musiqa darslari - bu o‘quvchilaming dunyoqarashi, yoki haqiqiy insonning shaxsiy mukammallashidir. Ko'zga ko‘ringan pedagog V.A.Suxomilinskiy o‘zining —Insonni qanday tarbiyalash kerakll nomli kitobida shunday degan edi.
Men shunday tushunamankim, maktab shu vaqtda maktab bo‘ladi kim, unda asosiy maqsad odamiygarchilik bo‘lsa va har bir kichik odam uylanishi kerak, men kim man? Bu dunyoda men nima uchun yashamoqchiman?ll
Baxtli insonlar dunyoda sodir bo‘Iayotgan har bir voqealarga real ko‘z bilan nazar tashlab-go‘zallik, vatanparvarlik, qahramonlik, haqiqatga to‘g‘ri qarash, o‘z so‘zi ustidan chiqish kabi insoniy xususiyatlarga amal qilishlari lozim.
Musiqa bu inson qalbi, shuning uchun ham inson musiqasiz, san’atsiz tarbiya ololmaydi. Mustaqil Respublikamizning vazirlar mahkamasi chiqargan
—Kadrlar tayyorlash milliy dasturill da musiqa ta’lim vositalari bilan yosh avlodni tarbiyalash, o‘tgan davr va hozirgi zamon kompozitorlari asarlari vositalari bilan tariximizni o‘rganish va uni bilib olish imkoniyatidan foydalanish kabi maqsadlar qo‘yilgan. Sermazmunlik-bu musiqa san’atida xos xususiyatdir. Lekin —Musiqa va hayotll mavzusi umumta’lim maktablardagi musiqa darslarining asosiy negizi hisoblanadi.
Bu mavzu maktab musiqa soatlarining birinchi sinfigacha asosiy mavzu bo‘lib o‘tishi zarurdir.
Musiqa - bu hayotdir! Bolalar unga quloq tutib, musiqiy ohanglarning rivojlanishiga e’tibor berib, o‘ylanib turib, qo‘shiqlami ijro etib, katta-katta simfonik asarlargacha musiqiy mavzulami tinglab ular nafaqat musiqa ma’nolarini anglaydilar, balki musiqa sirlarini va qoida-qonunlarini ham o‘rgangan holda hayotiy voqealami ham tushunadigan bo‘lib tarbiyalanadilar. Vatan-arabcha so‘z bo‘lib-ona yurt degani. Kishilarning yashab turgan, ularning avlod-ajdodlari tug‘ilib o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati, Vatan tushunchasi tarix davomida, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot munosabati bilan o‘rganib, kengayib va rivojlanib kelgan. Ibtidoiy jamoa tizimi sharoitida muayyan qabila yoshargan Vatan hisoblangan. Qabila tuzimining yemirilishi, elatlar, sinflar va davlatlami paydo bo‘lishi bilan Vatan tushunchasi elat (xalq), davlat tushunchasini o‘z ichida oladi va sinfiy xarakterga ega bo‘ladi. Millatlarning kelib chiqishi bilan milliy chegara, milliy til va madaniyat, milliy an’analar ham vatan tushunchasiga tarkibiy qism bo‘lib berdi. Vatanparvarlik - kishilarning o‘z ona yurtiga, Vatanga sadoqat va muhabbatini ifoda etuvchi tushuncha. Vatanparvarlik - xalq ommasiga xos xislat. Mehnatkash xalq ommasining taqdiri vatan taqdiri bilan, uning mustaqilligi va taraqqiyoti bilan bog‘liq. Vatanparvarlik xalq ommasini chet el bosqinchilariga va ichki dushmanlariga qarshi, o‘z vatannini gullab yashnashi uchun kurashga safarbar qiluvchi buyuk ma’naviy kuch hisoblanadi. O‘zbekiston kompozitorlarining juda ko‘p asarlarida mehnatni, o‘z xalqini, o‘z Vatanini ardoqlash mavzulari tobora kengroq ko‘zga tashlanmoqda. Bu asarlardagi tuyg‘ular maktab o‘quvchilarini har tomonlama yuksaltirib yuqorida aytilgan mavzular vositalari bilan yosh avlodni o‘z mehnatini, xalqiga bo‘lgan humiatini va vataniga nisbatan sadoqatini e’zozlashga sababchi bo‘la oladi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi.Yoshlarda Vatanparvarlik his- tuyg‘ularini shakillantirishi pedagogika fanining dolzarb vazifalaridan biridir. O‘z tabiati bilan milliy va baynalminal bo‘lgan musiqa san’ati bu borada eng ta’sirchang vositalardan. Musiqani tushunish, ongli idrok etish va uning orombaxsh ta’sir kuchidan ma’naviy oziq olish darslarda o‘smirlarning vatanparvarlik va baynaminallik his-tuyg‘ularini o‘stirishga yordam beradi. Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida-vatanparvarlik yo'nalishidagi musiqiy asarlarni tanlash va bir tizimga solish aniq maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni mumtazamligi va samaradorligini oshirish lozim bodadi. Shu yo‘nalishda musiqiy asarlami tinglash va tahlil qilishda o‘quvchilami hissiy faolligini ta’minlash orqali ongli idrok etish darajalarini orttirish lozimdir. Maktab musiqa darslarida o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash jarayonida o‘qituvchining eng ta’sirchang va samarali pedagogic rahbarligini ta’minlashga erishish zarurdir. Shu mavzudagi xor asarlarni ijro etishida maktab musiqa o‘qituvchisi o‘quvchilaridan ko‘tarinki ruhda, bardamlik bilan, g‘urur tuyg‘ularida qo‘shiqni aytishlariga o‘rgatadi. Musiqa vositasi orqali yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mavzulari bo‘yicha respublikamizda anchagina ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Bunga I.Qudratov H. Nurmatov, B. Azimov, Q. Mamirov, A. Hasanov, B. Fayziyev, D. Jamolov, D. Saipova, R. Tursunovlami tadqiqot ishlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.O‘zbek xalq musiqa san’atining badiiy-estetik ta’lim-tarbiya doirasida o‘rganilishi holatini yaxshilash, bu borada muayyan samaradorlikka yerishish, mumtoz musiqa asarlarining inson ruhiatiga ta’siri kabi masalalami odganishga D.Omonullayev, R.tursunov, A.Nazarov, M.Ismoilova, A.R.Baxriyev, D.M.Mullajonov, D.Djalilova kabi pedagogic san’ashunos olimlaming ilmiy tadqiqotlarida salmoqli odin ajratilgan. Zamonaviy o‘zbek musiqashunosligi masalalari pedagogic-san’ashunos olimlar - R.Abdullayev, D.M.Mullajonov, O. Ibragimov, X. K.Ruzmetova, L. YU.Aksakalovalar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida batafsil yoritilgan. Auditoriyadan tashqari musiqa mashg‘ulotlari boyicha I. Razzoqov, O. Ro‘ziyeva, N. Tolliboyevlar dissertasiya ishlarida mavhum darajada yoritib bergan. Bulaming barchasi biz tomonimizdan tanlangan mavzuni mustaqil tadqiqot muammo sifatida o‘rganilganligini ko‘rsatadi va mazkur tadqiqot mavzusini dolzarb pedagogic muammo sifatida e’tibor yetish imkonini beradi