Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə50/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Erkin vazn o‘zbek she’riyatiga XX asr boshlarida kirib keladi, uning asoschisi Cho‘lpon va Fitrat edi. Bu vaznda G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir kabi shoirlar ijod qildilar; Rauf Parfi va boshqa shoirlar ham muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Erkin vazn metrik tushunchadir, bunday vaznda yozilgan she’rlar janri turkcha sarbast (erkin) deb ataladi. Sarbastda ritm yaratuvchi bo‘g‘in va turoqdir, bu hol uning alohida she’r tizimi emas, balki barmoq tizimining vazn turlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Fikr ko‘pincha yashirib beriladigan chiston, muammo, tarix janrlari rivojidan ko‘ringan “ modern she’r ” deb atalayotgan asarlar o‘lchovi ham , asosan, erkin vazndir. Fitratning “0‘gut” she’ri erkin vaznda yozilgan. Dastlabki quyidagi misralar 4 + 4 + 5 = 13 sodda vaznida:

O g‘ir yigit, sening g o ‘zal, nurli ko‘zingda 13


Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim. 13
0 ‘ylashingda, turishingda hamda o‘zingda, 13
Bu yurt uchun qutulishning borligin ko‘rdim. 13
Turm a-yugur, tinm a-tirish, bukilma-yuksal, 13
Hurkma-kurash, qo ‘rqma-yopish, yo‘rilm a-qo‘zg‘al! 13

Ammo shundan keyingi m israda 13 lik turkumdn bir bo‘g‘in ortadi:


El yo‘lini to ‘sib turgan eski bulutlarni 14


so‘ng 13 lik turkum yana davom etadi:


Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et! 13
Shundan keyingi misradan besh bo‘g‘inli turoq tushib qoladi:
Qilolmasang shu ishlarni, 8
Biroq endi to‘la misra 2 lik (vertikal) misraga bo‘lib tashlanadi:
Sening uchun xo'rlikdir bu!
Yiqil, yo'qol, ket!
Demak, she’rda ikki o'rinda erkinlik bor. Xulosa qilib aytish mumkinki, erkin vazn sodda vazndagi erkinlikdir.
Cho‘lponning mashhur “Buzilgan o‘lkaga” (1920) dostoni erkin vaznning misralari vertikal zinapoyalarga bo‘ingan shaklida yozilgan. Ammo uning “Tortishuvtongi” she’ri (1920) erkin vaznning gorizontal zinapoyali shaklida yuzaga kelgan. Gorizontal zinapoya (kulisharlar) m ana bu parchada to‘rtinchi m israning davomi sifatida ko'nnadi:
Yenggan qo‘shin boshlig‘idek gerdayib,
Botgan quyosh bulutlarning ostidan.
Bosh ko‘tarib chiqmoq uchun tirisha:
Shuning uchun beri yoqda irjayib
kulisharlar,
Unga qarshi, qarshidan
Yig'lov, siqtov, tovush, g‘avg‘o, xarxasha.
Bu zinapoya kelib chiqishini fikrning to ‘rtinchi misraga vazn jihatdan sig'maganligini talab qilgan. Bu she’rning shu misralari o‘n bir bo‘g‘inli turkum vaznidadir (4+4+3).
Suyuningiz:
Ko‘pdan beri zindonda
Quyosh ko'rmay zaxlab qolgan ko‘ngillar!
Chiqar kunlar yetdi sizga undan-da,
Munda yechib yuborilgach tugunlar.
Birinchi misrada zinapoya bor va u gorizontal, ammo band vazni o‘zgarayotgani yo‘q, bu misra ham 4+4+3 vaznida yozilgan. Lekin erkinlik bundan keyingi ikkilikda yuz beradi: Qayg'uringiz:
kishanlarni yasovchi
“ustalar” ,
Boshqalarni
“tubanlar” deb atovchi
xo‘jalar.
“Ustalar” so‘zi vazndan tashqari va ayni holda gorizontal zinapoyadir, uning ajratib ko‘rsatilishini “ustalar” ning mustamlakachilar ekanligi bilan bog‘liq bo‘lgan kinoya taqozo etadi. Metrik erkinlik va gorizontal zinapoya bu she’ming davomi bo‘lgan xotimasida ham mavjud:

Sizning uchun alvastining zoridek,


Yig‘lar kunlar keladir.
Chiqadirgan quyoshni siz behuda
Etik bilan to‘smoq uchun tirishmang,
Ahmoq bo‘lib. Azroilning oldida
Jon talashing, to o‘lguncha berishmang!

“Yig‘lar kunlar keladir” misrasi kemtik, unda to‘rt bo‘g‘inli bir turoq yetishmayotir. Demak, she’rda ikki joyda vazn erkinligi va gorizontal zinapoyadorlik uchraydi va ular she’rni erkin vaznda yozilgan asarga aylantiradi.


Biroq vertikal yo gorizontal zinapoyadorlik she’rni sodda vazndaligini o‘zgartirib yubormasligi mumkin: buni Hamid Olimjonning Hoy, yaxshi qiz!” she’rida ko‘ramiz:
Hoy, yaxshi qiz,
yaqinroq kel,
bir-ikki so‘z so‘zlayin,
Shu holingdan ta’sir emgan
ko‘nglimdan sh e’r kuylayin.
Ravshan, nurli
ko'm -ko‘k ko‘zing
hali ko‘pni ko‘rmagan,
Kulcha yuzing
qarilardek,
qat-qat bo‘lib so‘lmagan.
She’r boshdan -oxir 4 + 4 + 4 + 3 = 15 sodda vaznida yozilgan , uni zinapoyadorligi uchungina erkin vaznda bitilgan deb bo'lmaydi, zinapoyadorlik erkin vaznning yagona belgisi emas undagi asosiy fazilat vaznning erkinligidadir.
Erkin vazndagi she’r aralash bandli ham bo‘lishini yuqorida aytdik, unda qofiyalash ham metrik erkinlikka bog‘liq ravishda turlicha bo'ladi. Buni Hamid Olimjonning “Temir qonun” she’rida yaqqol ko‘ramiz:
0‘zbekiston,
yayra,
quvon...
Qayg‘udan
Keng bag‘ringda zarra bo‘lsin
asar yo‘q.
Bir polvonning
madad sochgan
otidan,
Yashin ko‘zli
bir parvoz ketidan
yuzmoqdasan:
Yo‘llar-o‘tkir,
odimlar-nur,
armon-hur,
Tomirlarda
tebrangan
jon
aytar:
-yur!
Qarashlar-to‘q...
Bu-zo‘r oqin,
bu-bir yerdan uchgan o‘q.
Ketayotir,
o'tayotir,
jon ko‘rmagan
cho‘llardan;
Og‘ir, mushkul
yo‘llardan.
Porlayotir
yuraklarda
laxcha
nur.
Bu parchada O‘zbekiston-quvon-qayg‘udan-sochgan-otidan-ketidan-tebrangan-yuzmoqdasan-armon-tebrangan-jon-yerdan-uchgan-ko‘rmagan-cho‘llardan-yo‘llardan va o‘tkir-nur-hur-yur-zo‘r-bir-ketayotir-o‘tayotir-og‘ir-porlayotir qofiyalari bor. Bu ikki qofíya misralar va ularning zinapoyalarini o‘zaro bog‘laydi va ritmni uyushtiradi. Boshqacha qilib aytganda, “0‘zbekiston” so ‘zi, ya’ni misra boshi shu misra oxiri bilan (quvon), 4-5 misra oxiri va 6-7- 8 -9 -misralar o‘rtasi (armón , tebrangan ), 10-11-misralar oxiri bilan qofiyalangan. 6-misra o'rtasi (o‘tkir-nur) shu misra oxiri, 7-misra oxiri 8-9-10-11-misralarning o‘rtasi va oxiri bilan qofiyadoshdir, demak, misra boshi, o‘rtasi yo oxiri boshqa misra zinapoyalari bilan qofiyalana oladi. Bu hol erkin vazn qofiyasining muhim tomonidir. Xullas, erkin vaznda bitilgan sh e’rlarda vazn, qofiya va band kabi she’r tuzilishi unsurlan erkin holda ish ko‘radi.
“She’riyat – shoir va o‘quvchi o‘rtasidagi dil suhbati demakdir. Shoir uchun bu suhbat-yurakni borlig‘i bilan ochar, o‘quvchi uchun bu yurak zarblarini anglamaktir. She’rni anglamakning o‘zi ham iste’dod. Biz bu iste’dodning nomini nozonli deysiz, nozik fahmlik deymiz. Bu fazilatga yangilikning anglash va baho bera olish sifati qo‘shilganda u didga aylanadi. Didni esa yoshlikdan tarbiyalamoq, bilim va tuyg‘ular boyligi bilan kamolotga yetkazmoq kerak”(E.Vohidov, ) ekan, demak shoir bo‘lish uchun ham, she’rning anglovchi iste’dod egasi bo‘lmoq uchun ham, dastavval, she’riyatning qonun-qoidalarini, uning oddiy texnikasini bilish, uni chuqurroq o‘rganishni zaruratga aylantiradi.
Qalbdagi tovlanishlarning insoniy qiyosini ravshanlashtirishda, musiqiyligini ta’minlashda, qismat tarixini – so‘z vositasida jonlashtirishda uchta asos muhim ahamiyat kasb etadi. Bular ritm (“Ritmika”), qofiya (“Ilmi qofiya” - “Fonika”), band (“Strofika”).
Bu – dunyoning yaratilish qonuniyati. U adabiyotga ham daxldordir, faqat she’riyatda ayricha xususiyat kasb etadi: musiqiylikni yaratuvchi asosiy elementlardan biriga aylanadi va “she’riy nutqning bosh alomati” (I. Sultonov), uning maftunkorligini ta’minlovchi vosita, nutqni “ziynatli nutq”qa (Aristotel) aylantiruvchi sanaladi.
“She’riy nutq ritmga, ritm she’riy nutqqa muayyan shakl, yaxlitlilik hadya qiladi. Ritm she’riy nutqni, har qanday oddiy fikrni ham bir daraja yuqori ko‘taradi. Ritmdan so‘zga sehr, ta’kid, ko‘tarinkilik nasib bo‘ladi; ritmlilik fikr-ishonch, muhimlik ato etganday bo‘ladi; she’riy ritmli so‘z obro‘li so‘zdir, ritmli fikrni yodlash oson va esdan uzoq vaqtgacha chiqmaydi... Qolaversa, ritmdorlik kishiga zavq-shavq bag‘ishlaydi, nutqdagi hissiyot, emosionallikni orttiradi; ruhiy ehtiyojni qondiradi. Aristotel aytganidek, nutqqa zebu-ziynat taqdim qiladi, g‘oyaning kishiga singishiga ko‘maklashadi.” 1
She’riyatimizda ritmni yaratuvchi doimiy elementlar – bo‘g‘in, turoq, ritmik pauza, turkum va vazn sanaladi. Albatta, ritmni yaratishda qofiya ham, band ham ishtirok etadi, lekin ular faqat o‘lchov, metrikaga aloqador (jumladan, qofiya misralar oxirini eslatadi; erkin vaznda qat’iy tartibli band yo‘q) bo‘lmagani uchun ularni alohida o‘rganish va aytilgan ushbu mulohazani doimo esda tutish ma’quldir.

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin