Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə53/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Tayanch tushunchalar: aruz atamasi, hijo, qisqa hijo, cho`ziq hijo, o`ta cho`ziq hijo, rukn, asllar, zihoflar
Savol va topshiriqlar:
1. «Aruz» atamasini ma'nosi turlicha izohlanishi sizga ma'lum. Sizningcha, bu izohlardan qaysi biri to`g`riroq? Nima uchun?
2. Aruzning o`zbеk shе'riyatidagi o`rni qanday? Sizningcha «Turkiy aruz», «o`zbеk aruzi» kabi tushunchalarning paydo bo`lishiga nima sabab bo`lgan?
3. Aruzdagi ritmik bo`laklarga ta'rif bеring. Nima uchun «o`zbеk aruzshunosligida eng kichik ritmik bo`lak sifatida hijo olinadi?
4. Aruzda yozilgan shе'r vaznini nomlash qay tartibda amalga oshiriladi? Buni konkrеt misol yordamida tushuntiring.
5. Navoiy g`azallaridan 10 tasini tanlab oling-da, yuqorida taklif qilingan tartibda ularning vaznini aniqlang, daftaringizga yozing.


17-ma’ruza
Mavzu: Poetik sintaksis.
Reja:
1.Poetik sintaksis haqida umumiy ma’lumot.
2. Ritorik so‘roq, murojaat va xitob.
3. Takror, kuchaytirish.
4.Inversiya, asindeton va polisindeton
Har bir yozuvchi tili o'ziga xos qurilishga ega. Agar uning so‘z boyligi ona tilining lug'at tarkibi tom onidan belgilansa, qoilaydigan gap tuzilishining o'ziga xos shakllari ham m azkur tilning sintaktik qurilishi taqozosi bilan ro‘yobga chiqadi. Yozuvchi poetik sintaksisining o‘ziga xosligi ijodining umumiy yo‘nalishiga, tasvir etilayotgan aniq narsa-hodisalarga va asar qanday kitobxonga mo‘ljallab yozilayotganligiga bog‘liq boMadi. Avvalo, yozuvchi ijodining umumiy yo‘nalishi, xususiyati uning poetik sintaksisiga o‘z muhrini bosadi.
L.N.Tolstoy hayotini, kishilarning yashash tarzini, xarakterlarini, “qalb dialektikasi”ni, qiyofalarini juda keng epik ko‘lamda qam rab olishga uringan. Shu bilan bog‘liq holda, uning eng yirik asartarida, xususan, “ Urush va tinchlik” epopeyasida uzun-uzun jumlalar, bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar nihoyatda ko‘p qo‘llanilgan. Gogol, Abdulla Qahhor esa fikrlarini lo‘ndaroq, ixchamroq ifodalashga, juda oz so‘z ishlatib, katta ma’noni yuzaga chiqarishga, bir-ikki ta’kid yordamida inson muhiy dunyosidagi nozik o'zgarishlarni qamrab olishga intiladilar. Shu sababli ularning asarlarida qisqa-qisqa, lekin mazmundor jumlalar, kichik-kichik gaplar, siqiq iboralar, lakonizm ko‘p uchraydi. Fikrimizning dalili sifatida Abdulla Qahhorning
“Bemor” hikoyasidan bir kichik parchani o‘qish kifoya: “ Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. Sotiboldi kasalni o‘qitdi-bo‘lmadi, tabibga ko'rsatdi. Tabib qon oldi. Betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadigan bo‘lib qoldi. Baxshi o'qidi. Allaqanday xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi, tovuq so‘yib qonladi. Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi” . Yozuvchining poetik sintaksisi ko‘p jihatdan tasvir manbayiga, ya'ni qanday kishilarni, narsa-hodisalani ko‘rsatishiga bog‘liq.
Oybek “Navoiy” romanida XV asrdagi davr ruhini berish, sharoit haroratini his ettirish maqsadida o'sha zamonning romantizm ijodiy metodiga xos takallufli gap tuzilishini ma’lum darajada “tiriltirish” yo'lini tutgan. Bu hol, ayniqsa, gaplarni tugallovchi, kesim yasovchi qo‘shimchalarda va personajlarning o‘zaro so‘zlashuvlarida ko‘rinadi: “ Chol xanjarga bir zum qarab, ko‘zlari allaqanday quvonib ketdi. Keyin To‘g‘onbekka boshdan-oyoq razm soldi, molni arzonga tushirish uchun sovuqqonlik, beparvolik bilan gapirdi: - Bek yigit, men sotuvchiman. Shunday buyumlarimning qadriga yetadigan xaridor qidiraman, lekin g‘oyat ilojsiz qolgan bo'lsang, u vaqt seni muhtojlik va zarurat panjasidan xalos etmoqqa tayyorman. Chunki umrimda masjid-madrasa soldirmadim. Aziz-avliyolar uchun maqbaralar bino qilmadim. Makkayi Mukarramaga borib, payg‘ambarimiz bosgan tuproqlarni ko'zimga surtmadim. Bas, ollohning dargohiga ne bilan borurmen?! - Q ariya, - dedi To‘g‘onbek manglayini qashib, - sotish niyatida emasmen.
~ Xo‘sh, m aqsading?-deya uzun, uchi ingichka soqolini tutamladi chol. - Xanjar sizga garovbo‘lib qolsin, — deb javob berdi To‘g‘onbek do‘kon chetiga o ‘tirib. -Menga besh dinor bering, rosa bir oydan keyin men sizga olti dinor keltirib, buyumni qaytib olaman. Agar taqdir nasib etmay, aqcha topolmay qolsam , u chog‘ savdosini qilg‘aymen. 0‘zingiz insof bilan baholarsiz...” Abdulla Qodiriy esa “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan” nomli hajviy asarida hikoyani birinchi shaxs tilidan olib borish yo‘li bilan poetik sintaksisga o ‘tm ishdagi ruhoniylar, din ahllarining bejama, hashamli nutqiga xos gap qurilishini dastak qilib oladi. Bu sintaksisning o‘ziga xosligini tasaw ur qilmoq uchun asardan quyidagi parchani o ‘qish kifoya: “ Ey boshi bo‘sh donolar. ey qovoq kiygan dindoshlar, voy m usulm oni komillar! Zamona oxir bo‘ldi: xo'b behuda ishlar chiqdi. Shariat peshvolarining ishlari avj olib, bizningdek faqirlar xor bo‘ldi. Kiyimlar qisqarib, sochlar uzaydi: crkaklar xotun, xotunlar erkak qiyofasiga kirdilar. Barchadan aql ketdi, hamma guvoh: borar yo‘lidan, qilar ishidan adashdi; ulam og‘a hurmat, yoshlarga shafqat, o‘gionlarga m uhabbat yo‘q! Bas, bularning barchasi oxir zamon alomnti bo‘lmay, nima bo‘lsun?!”
Yozuvchining poetik sintaksisi o‘ziga xosligi, asarlari qaysi davr o‘quvchisiga va qanday kitobxonga mo‘ljallanganligi bilan ham belgilanadi. Agarda muallif hozirgi davr kitobxoni uchun asar yoza turib, uning poetik sintaksisiga butunicha eski o'zbek tilidagi murakkab gap qurilishini asos qilib olsa, mazkur kitobning o'quvchilarga tiishunilishi ancha qiyinlashadi. Xuddi shuningdek, kichik yoshdagi bolalar uchun asar yozganda, nuqul keksalar nutqidagi gap tuzilishi, jumla va iboralar qo‘Ilanaversa, unday asarni ham kichik kitobxonning tushunishi va ayniqsa, undan zavq olishi oson emas.
Oybek “Navoiy” romanida XV asr kishilari nutqiga xos gap tuzilishini ma‘lum darajada “tiriltirilgan” bo‘lsa-da, XX asr kitobxoni uchun yozayotganligini hech qachon unutmagan va qadimgi sintaksis unsurlariga haddan ortiq o‘rin bermagan, me’yorni saqlagan. Demak, yozuvchi sintaksis vositalarini tanlaganda, voqelikni badiiy aks ettirishdagi o‘z prinsiplariga tayanadi, muayyan asar mavzusi va mazmunidan , tasvir manbayidan kelib chiqadi va uning qanday kitobxonga mo‘ljallanganligini nazarda tutadi. Yuqoridagi poetik leksikada tilning maxsus qatlamlari va tasviriy vositalarida muayyan vazifani o‘tashi ko‘rib o‘tiladi.
Poetik sintaksisda xuddi shunday vazifani badiiy nutq figuralari (iboralari) bajaradi. Bunday figuralar ko‘p bo‘lib, eng muhimlari bilan alohida-alohida tanishib o‘tish zarurdir. Ular qatoriga, xususan, ritorik so‘roq, murojaat va xitob, takror, kuchaytirish, parallelizm, qarama-qarshi qo'yish, inversiya, asindeton, polisíndeton kabilar kiradi.

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin