f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA
1. Ritorik so‘roq, murojaat va xitob. Yozuvchi kitobxon diqqatini muayyan hodisaga yoki muammoga jalb qilish, o‘z hayajonini muhrlash va pafosni kuchaytirish maqsadida asarda ba’zan ritorik (undovli) so'roqlar beradi. Asarda ritorik so‘roq qo‘yilar ekan, unga kim dandir javob olish m aqsadi ko‘zda tutilmaydi, balki shu orqali kitobxon yoki tomoshabinning muayyan hodisaga, masalaga jiddiyroq, e’tibor bilan qarashiga erishiladi, ya’ni o‘z hissiyotini 0‘quvchiga yuqtiradi. Quddus Muhammadiy “ Bizningkuz” she’rini bir necha ritorik so‘roq bilan boshlaydi: Kuzimizning go‘zalligin,
Og‘ayni!ar, ko‘rganmisiz?
Tog‘dan husayni, yerdan qirqma,
Shoxdan behi uzganmisiz?
Uzum uzib, sharbat suzib,
Shinniga o‘t yoqqanmisiz?
Gala-gala, shoda-shoda.
Duv-duv yong‘oq qoqqanmisiz?
Bularni ham qo‘yavering,
Dalamizga chiqqanmisiz?
Paxtazordan uyum-uyum
Oq oltínni yiqqanmisiz?
Shoir bu so'roqlar yordamida, avvalo, kitobxonni kuz haqida o‘ylab ko‘rishga da’vat etadi. Keyin shu so‘roqlarning o‘zidayoq, kuz fasliga xos ayrim xususiyatlami ta’kidlaydi. Kitobxonni kuz fasli haqida o‘ylab ko‘rishga va uning ba’zi belgilarini idrok etishga tayyorlab olgandan so‘ng mazkur saxovatli fasl manzarasini chizadi:
Har barg tilla tusin olib,
Shildirashib to‘kiladi,
Olma shoxi olmasini
Ko‘tarolmay bukiladi.
Har m uyushda to‘p -to‘p xirmon,
Tog‘-tog‘ bo‘lib uyuladi.
Kuz hosili omborlaiga
Mashinalab quyiladi.
Qo'zivoylar pushtasiga
Sig‘may sekin yumalaydi.
Ko‘kdan yog‘ib hayot suvi
Mayin-mayin shivalaydi.
She’r boshida berilgan ritorik savollar mazkur tasvirning ta’sirchanligini oshiradi. Badiiy asarlarda ko‘p uchraydigan ritorik murojaat va xitoblar ham xuddi shunga yaqin vazifani bajaradi. Ba’zan yozuvchi asarda ishtirok etuvchi shaxslaiga, tasvirlanayotgan narsa-hodisalarga murojaat qiladi. Bunday murojaat qilganda, bizda tasvirlanayotgan narsa-hodisalarga nisbatan munosabat bildiriladi. Oybek mashhur “Tovushim ” she’rini ritorik murojaat bilan boshlaydi: Og‘aynilar!
Davrimizni
Qalbga solganman.
Cho'llardagi sarob izni
Onglab olganman.
Kurashadi ikki to‘lqin,
Qarab turaymi?
Yosh tarixning temir qo‘lin
Ketga buraymi?
Shoir “O g‘aynilar!” deb murojaat qilish bilan diqqatni she’rda o‘zi ifodalamoqchi bo'lgan fikrga, yoritiladigan masalaga qaratadi. Ritorik xitoblar ezgulikka da’vatdir.
Abdulla O ripov “Yurtim shamoli” she’rida shunday xitob qiladi:
Esgin, ey bog‘larning jamoli kulsin,
Moviy nafas bilan to‘lsin etaklar,
Uchqur qo'shiqlarga bu olam to‘lsin.
Sha’ningga shoirlar aytsin ertaklar.
Esgin, Vatanimning taralsin boli,
O, yurtim shamoli, yurtim shamoli!
Bu misolda ritorik xitob dolzarb fikrga qaratilgan. U matnga jonli ruh kiritadi.