f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA
4. Inversiya, asindeton va polisindeton. Ba’zan gap bo‘laklari matnda odatdagidan boshqacharoq tartibda o‘rin oladi. Bu hodisa inversiya deb ataladi. Yozuvchi o‘zida katta mazmunni mujassamlashtirgan so‘zlarni gapda o‘zgacharoq tartibda joylashtirish yo'li bilan kitobxonni unga jiddiyroq ahamiyat berishga undaydi. Oybek “ Bolalik” asarida ko‘p o‘rinlarda gap bo‘laklarini grammatik qoidalardan farqli holda keltiradi va o‘zi istagan so‘zga mantiqiy urg‘u berib, kitobxonning diqqatini unga qaratadi: “Olisdagi toglar xavolimda juda yaqinday ko‘rinadi menga”, “Tabib qattiq tang‘ib bog‘laydi oyog'imni” , “Otda dalalar, qirlar oshib uzoq yurishni sevaman o‘zim ham ”.
Inversiya nazmiy asarlarda ko‘pincha she’r unsurlari, xususan, vazn, turoq, qofiya, band taqozosi bilan ham kelib chiqadi. “Zaynab va Omon” dagi quyidagi misralar fikrimizning dalili: Kirib keldi jimgina Anor,
Qovog'idan yog‘ar edi qor.
Ba’zan adabiy asarlarda ko‘plab uyushiq bo'laklari kelgani holda, ular orasida bironta ham bog‘lovchi bo‘lmaydi. Bu hodisa, ya’ni uyushiq bo'laklaming, so‘z va gaplarning matnda hech bir bog‘lovchisiz joy olishi asindeton deb ataladi. Asindeton nutqqa ma’lum shiddatkoriik bag‘ishlaydi va odatda tez almashib turadigan manzara yoki his-tuyg‘ular tasvirida duch keladi: Ko‘m -ko‘k,
K o‘m -ko‘k...
Ko'klam quyoshidan
ko‘kargan qirlar,
Po‘lat yag'rinlami
Ko‘targan yerlar
Ko'm-ko'k!...
Salqin saharlarda
uyqudan turgan,
Buloq suvlariga
yuzini yuvgan,
Marmar havolarning
qo‘yniga cho'mgan,
Zilol bo'shliqlarga
keng quloch qo‘ygan,
Mustaqillik
ishqi bilan yongan
dalalar,
ko‘m-ko‘k...
(Hamid Olimjon. “ Baxtlar vodiysi”).
Aksincha, badiiy asarlarda bir yoki bir necha gap davomida ko‘plab bog‘lovchilar qo‘llanishi hollari ham yo‘q emas. Bunday hodisa polisíndeton deb ataladi. Odatda, yozuvchilar boglovchilarni qo‘llash yo‘li bilan poetik nutqning ayrim qismlarini alohida ajratib ko‘rsatishga, so‘zlarning ma’nosini ta’kidlashga harakat qiladilar.
Bog‘lovchilardan unumli foydalanish hodisasi Alisher Navoiyning nasriy asarlarida ko‘p uchraydi, uning “ Mahbub-ul qulub”idan olingan quyidagi parchada “va” bog‘lovchisi bir necha marta takrorlangan: “Ammo ba’d fuqaroning gadoyi va g‘aroib masturalaming chehrayi kushoyi al-faqir ul-haqir Alisher-al- ulaqqob Ibn-Navoiy... mundoq arz qilur va adosin farz bilurkim, bu xoksori parishon ro‘zg‘or shabob ovonining bidoyatidin kuhulat zamonining nihoyatig‘a davron voqiotidin va sip ehri gardon hodisotidin va dahri fitnangiz buqalam unlig‘idin va zam onayi rangomiz gunogunlig‘idin muddati madid va ahli band har nav’ shiq va su ratd a aqdom urdum va har tavr suluk va kisvatida yugurdim ” . Badiiy til nazariyasining yuqorida qilingan tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Badiiy til tarixi quyidagi uch katta davrga bo‘linadi:
a) qadimgi turkiy til davri (XI asrgacha);
b) eski o ‘zbek tili davri (XII asrdan X IX asrgacha);
v) milliy til davri (XIX asrdan boshlanadi).