f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA
Qadimgi turkiy til hozirgi oddiy kitobxonga lug'atsiz anglashilarli emas. Eski o ‘zbek tilida esa kitobiylik, jimjimadorlik mavjud edi. Badiiy tilni estetik va lingvistik o'rganish bor, ularni aralash holda tekshirib bo‘lmaydi. Til badiiy asarning shakli emas, faqat shakl yaratish vositasidir. Ya’ni til mazmun va shaklni bog‘laydi. Til obrazga nisbatan shakldir, obraz esa asar g‘oyasiga nisbatan shakldir. “ Badiiy til nazariyasi...adabiyot nazariyasiga oid masalalarning birinchi qatorida turadi” .
Poeziya tilining xususiyatlarini, avvalo, ikki turga ajratish mumkin:
I. Faqat poeziya tilining o ‘zigagina xosbo‘lgan xususiyatlar.
II. Proza tilida mavjud, ammo poeziya tilida yanada bo‘rtibroq turgan xususiyatlar. Bu xususiyatlar uchta:
1) his va yangi ilg‘o r fikr;
2) serbo‘yoqlik;
3) siqiqlik (lakonizm ).
Faqat poeziya tilining o ‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlar quyidagicha:
1) poeziya tilining adabiy turlar va poetik jan rlar tabiati taqozo etadigan o‘ziga xos xususiyatlari;
2) musiqiylik (asosiy elem entlar: ritm, qofiya, band);
3) poeziya tilining o 'zig a xos bo‘lgan slilistik vositalari, so‘z o'yinlari, harfiy obrazlar;
4) poeziya tilining morfologiyasi va sintaksisi bilan bog‘liq bo'lgan o‘ziga xos xususiyatlari (inversiya). Nasr tilining proza tilida mavjud bo‘lgan, ammo poeziya tilida bo‘rtib turadigan xususiyatlaridan tashqari boshqa tomonlari ham yo‘q emas. Poeziya tili qayta tashkil qilinsa, proza tili jo‘ndir, soddalik, aniqlik, ko‘ptarmoqlilik, tarixiylik, xarakter yaratish proza tilining muhim fazilatlaridir. Prozaning saj’ va boshqa janrlarida qofiya ham ishlatiladi; aruzning tavil, rajaz baxrlarida yozilgn, ammo misralar va bandlarga ajratilmagan asarlar ham prozaga kiradi. “Qur’oni Karim”ning ayrim oyatlari hazaj, razaj bahrlariga mos keladi, ammo ular she’r emas, Komilning “Tavil” asari aruzda, lekin u she’r emas, chunki u misralar va bandlarga ega emas.
Badiiy til (va uning tarixi hamda nazariyasi), umumxalq tili va adabiy tilning bir bo‘lagi sifatida, murakkab, ko‘pqirrali hodisadir.
Badiiy tilning bunday vositalari ilgari she’r san’atlari yoki ilmi badi’deb atalgan, ularni arabcha-forscha murakkab atamalar bilan izohlash an’anaga aylangan.