Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə56/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

3.Antiteza. Bir yoki bir necha hodisaning belgilarini o‘zaro aloqador holda tasvirlanishi ko‘p uchraydi. Bunday figura qarama-qarshi qo‘yish yoki antiteza deb ataladi. Antiteza ko‘pincha antonim so‘zlar orqali hosil bo‘ladi. Buni yuqorida shoir Erkin Vohidovning “ Barcha shodlik senga bo‘lsin...” she'ri misolida ko‘rgan edik. Antiteza ham parallelizm kabi xalq og'zaki ijodida keng tarqalgan. Bunga iqror bo'lm oq uchun quyidagi xalq m aqollarini eslash kifoya: “ Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin!”, “Yaxshi so‘z jon ozig‘i, yomon so‘z-bosh qozig‘i’, “Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar”.
Hamid Olimjon Omonning kishilar o‘rtasida obro‘-e’tibor topganligi, yaxshi nom chiqarganligini ko‘rsatish uchun antitezani ishga soladi:
El so‘ylarkan doim yomonni,
Atamaydi hech bir Omonni.
Ba'zida sukut figurasi ham yordamga keladi. Bunda nutqdagi ayrim so‘zlar tushib qoladi, yozuvda ko‘pincha ular o‘rniga ko‘p nuqta qo'yiladi. Juda qattiq hayajonlanganda, o‘z fikrlarini to‘liq va mantiqli ifodalay olmaydigan kishining nutqini berish maqsadida mazkur figuradan bahra olinadi. Asqad Muxtor “Tug‘ilish” romanida o‘g‘rilik qilib, poyezdda Pochchayev tomonidan quvilgan va Juman tarafidan qoplar orasiga yashirib qo‘yilgan Bekning hayajonli his-tuyg‘ularini, betartib nutqini bayon etishda sukut figurasidan foydalangan:
— Oting nima? - dedi Juman bolaga.
- B e k .
— 0‘z otingmi?
_ ……………
— Ota-onang bormi?
— Dadam bor.
— Qayerda?
— Bilmayman.
— Xo‘sh... Bu ishni o‘zing bilib qilyapsanmi yo birov o'rgatdimi?
Sukut ayrim hollarda tasvirlanayotgan narsa va hodisalarning nihoyatda murakkabligini, so‘z yordamida ta’riflanishi qiyinligini anglatish uchun qo‘l keladi.
Asqad Muxtorning “Chinor” romanidagi Akbarali o‘zining bir odam halokatida aybdorligini, soxta shuhrat bilan yashab yurganligini tushunib yetgandan keyin Shodasoydan butunlay ketadi va bu hodisaning murakkab sabablarini onasiga tushuntirib berolmaydi. Sukut bu holatni ifodalashda ish beradi: “Sharofat xola shum xabar eshitgandek, ichidan qaltirab ketdi. Yo‘q, bu gapning mazmunidan emas, o‘g‘lining g‘alati tovushidan seskandi.
—. Butunlay-a?
— Boshliqlaring bilan chiqisholmadingmi?
— Nega axir, bolam?
— Yo biror ish qilib qo‘ydingmi?
— Yo‘q! Yo‘q! Yo‘q!-deb birdan lovullab ketdi Akbarali. Bo‘g‘ilib o'shqirdi.
— Ketsam haqqim yo'qmi? Istagan joyimga borolmaymanmi, so‘rayverasizmi?
-U asabiy holatda yoqasini bo'shatib, taraqlatib derazani ochib yubordi” .

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin