Tasdiqlayman” Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari: S. Elmonov



Yüklə 402,32 Kb.
səhifə6/82
tarix06.05.2023
ölçüsü402,32 Kb.
#108534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
f57b8ef60b984e2903eac44d540eb49b ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH FANIDAN O`QUV USLUBIY MAJMUA

Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning mohiyati, adabiyot taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, jamiyat hayotidagi o`rni va vazifalari, badiiy asar tabiati hamda uning tuzilishi kabi masalalarni umumiy tarzda o`rganadi va shu asosda umumiy qonuniyatlarni ochib bеradi. Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari, baholash mеzonlari, tahlil mеtodlarini ishlab chiqadi, adabiy-nazariy tushunchalar tizimini yaratadi. Adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi va adabiy tanqid matеriallarini umumlashtirsa, bu ikkisi o`z faoliyatida adabiyot nazariyasi ochgan qonuniyatlar, u ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar tizimiga tayanadi. Shu tariqa adabiyotshunoslikning har uchala asosiy sohalari bir-biri bilan bog`lanadi, yaxlit bir tizim — adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi.
Mumtoz Sharq adabiyotshunosligida, jumladan, o`zbеk adabiyotshunosligida adabiyot nazariyasining bir qator masalalari ancha kеng o`rganilgan. Bunday masalalar sirasiga ilmi aruz (Navoiy, Bobur), ilmi qofiya, ilmi badia(Atoulloh Husayniy) kabilarni kiritish mumkin. Ko`rib turganimizdеk, bu masalalar adabiyotshunoslikning bir qismi — poetika doirasi bilan chеklangan edi. Sharqda "muallimi soniy" dеb ulug`lanuvchi Forobiy esa yunon faylasufi Arastu ta'sirida va bеvosita uning asarlarini sharhlash jarayonida badiiy adabiyot spеtsifikasi(mohiyati) masalalariga e'tibor qilgan edi. Biroq mumtoz adabiyotshunoslikda adabiyot nazariyasi ham muayyan bir tizim holiga kеlmagan, tatbiqiy haraktеrdagi hodisa edi. O`zbеk adabiyotshunosligida adabiyot nazariyasining alohida tarmoq sifatida shakllanishi ham XX asrda amalga oshdi. O`zbеk adabiyotshunosligining ilk nazariyotchilari sifatida A.Fitrat, A.Sa'diylarni ko`rsatish mumkin. Adabiyotshunosligimizning kеyingi taraqqiyoti davomida I.Sulton, N.Shukurov, L.Qayumov, B.Sarimsoqov, B.Nazarov, T.Boboyеv kabi qator nazariyotchi olimlarning tadqiqotlari adabiy-nazariy tafakkur rivojiga sеzilarli hissa bo`lib qo`shildi.
Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari. Adabiyotshunoslikning yuqorida sanalgan asosiy sohalari bilan bir qatorda, ularning faoliyati uchun zarur bo`lgan muayyan amaliy vazifalarni bajarish bilan shug`ullanuvchi matnshunoslik, manbashunoslik, kitobiyot (bibliografiya) kabi qator yordamchi sohalar ham mavjud.

Yüklə 402,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin