9. Jismoniy tarbiya, sog’lom himoya muhitini va sog’lom hayot tarzini shakllantirish Maqsad: sog’lom hayot tarzini, shaxsiy sifatlarni shakllantirish, yosh insonga shaxsiy
faoliyati uchun kerakli bo’lgan psixologik turg’unlikni shakllantirish; ma’rifiy ishlarni tushuntirish jarayonida sog’lom hayot tarzini, inson organizmi haqida tushuncha beradigan, uning ishlash
xususiyatlari,jismoniy uyg’unligi,insonning psixologik va ruhiy holatini hamda tarbiyalanuvchilarni turli xil sport mashg’ulotlariga jalb qilishni shakllantirish.
10. Mehnat va iqtisodiy tarbiya Maqsad: O`quvchilarda, o’sib kelayotgan yosh avlodda o’z-o’ziga xizmat korsatish malakasini, vijdonan javobgarlikni his qilgan holda va turli xil mehnat faoliyatiga moddiy tomondan yondashgan holda jamoa bilan ishlash mahoratini shakllantirish; insonning mustaqil, faol va javobgarlikni his qilgan holda harakat qilishini, kerakli resurslarni safarbar qilishini, o’zining xatti- harakatini baholashni va uning natijasini tushuna bilishni shakllantirish, yoshlarda mehnatga bo’lgan layoqatni birinchi hayotiy zaruriyat sifatida yuksak qadriyat va hayotdagi asosiy muvaffaqiyatlarga yetishishni shakllantirish.
11. Kasbiy tarbiya
Maqsad: o’quvchilarning kasb tanlashi va hayotda faol o’ringa ega bo’lishi uchun yordam berish.