Tasdiqlayman” “Tasdiqlayman” 51- sonli maktab ma`naviy-ma`rifiy 51-sonli umumiy o`rta ta`lim ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari maktabi direktori


bob. Sinf rahbarlarining huquq va majburiyatlari



Yüklə 244,61 Kb.
səhifə5/48
tarix17.09.2023
ölçüsü244,61 Kb.
#144457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
51-makatba Синф дафтари

bob. Sinf rahbarlarining huquq va majburiyatlari

  1. Sinf rahbarlari ushbu yo`riqnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

sinf o`quvchilarining dars mashg`ulotlari va imtihonlarida ishtirok etish; bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun qo`shimcha darslar tashkil etish bo`yicha ta`lim muassasasi rahbariyatiga taklif kiritish;
o`quvchilar tarbiyasiga oid ilg`or ish tajribalarini amalga oshirish bo`yicha ta`lim muassasasi rahbariyatiga tashabbus bilan chiqish;
sinf faollari ishini nazorat qilish, ular bilan birgalikda yig`ilish kun tartibini belgilash va sinf yig`ilishlarini uyushtirish;
o`qishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol o`quvchilarni taqdirlashga tavsiya etish;
sinf soatlarini rejalashtirishda o`quvchilar yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan mavzularga o`zgartirishlar kiritish;
sinf soatlari mavzularining ta`sirchanligini oshirish uchun maktab psixologi bilan yaqindan hamkorlik qilish, zarur holatlarda dars jarayoniga maktab psixologini taklif qilish;
o`quvchilarning ota-onalari bilan ta`lim-tarbiya masalalari yuzasidan suhbatlashish, hamkorlik qilish, pedagogik maslahatlar berish; o`quvchilar xulqini baholash;
hamkorlikda olib boriladigan tadbirlarda muntazam qatnashmaydigan, farzandi tarbiyasiga e`tiborsiz ota-onalar bo`yicha maktab kuzatuv kengashiga, “Oila-mahalla- ta`lim muassasasi hamkorligi” Jamoat kengashiga murojaat qilish.
Sinf rahbarlari o`z vazifa va majburiyatlarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.

  1. Sinf rahbarlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

sinf o`quvchilarining davomatini nazorat qilish, sababsiz darsga kelmagan o`quvchilaming ota-onalari bilan (telefon orqali) bog`lanib, darsga kelmaganlik sabablarini o`rganish, natijalari bo`yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritish;
“O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizom”, “Umumiy o`rta ta`lim maktabi o`qituvchi va o`quvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” hamda “Davlat umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to`g`risidagi nizom” mazmun-mohiyatini va talablarini sinf o`quvchilari va ularning ota-onalariga yetkazish;
o`quvchining xulqi, xatti-harakatlarida o`zgarishlar aniqlansa, ularning ota- onalariga xabar berish, hamkorlikda ish olib borish, natijalari bo`yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritish;
amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko`ra, farzand tarbiyasida ota-onaning mas`uliyati, majburiyati va javobgarligi to`g`risida o`quvchilarning ota-onalari o`rtasida tushuntirish ishlarini olib borish;
pedagogik jamoa, o`quvchilar, ularning ota-onalari bilan muloqotda vazmin va xushmuomala bo`lish;
o`zining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish.

  1. bob. Sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish tartibi

  1. Sinf rahbarlari ta`lim muassasasi direktori tomonidan mazkur yo`riqnomaning 3-bandida belgilangan mezonlarga javob beradigan o`qituvchilar tarkibidan tayinlanadi va ozod etiladi.

  2. Bir o`qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o`rinbosarlari, psixologlar sinf rahbari bo`lishi mumkin emas.

  3. Sinf rahbarlari faoliyatini ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.

    1. Sinf rahbarlari tomonidan o`tiladigan “Sinf soati”ning yillik taqvim mavzular rejasi ta`lim muassasasining umumiy rejasi asosida ishlab chiqiladi va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

  4. Sinf rahbarlarining yillik ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o`tkazishga yordam berish, ularning samaradorligini oshirish, ishlarini muvofiqlashtirish, ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari tashkil etiladi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasiga barcha sinf rahbarlari a`zo hisoblanadi.

  5. Sinf rahbarlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

  • sinf rahbari daftari;

  • maktabning ichki ro`yxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi og`ir va surunkali dars qoldiruvchi o`quvchilar bilan amalga oshirilgan ishlar yig`ma jildi.

        1. Sinf rahbarlari o`quv yili choraklari va yakuni bo`yicha hisobotlar tayyorlaydi hamda faoliyat yo`nalishlari bo`yicha hisobotlarni ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosariga topshiradi.

  1. bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. Ta`lim muassasasi ma`muriyati sinf rahbarlari yordamidan faqat ushbu yo`riqnomada belgilangan vazifalar doirasida ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.

Mazkur yo`riqnoma talablari buzilishida aybdor bo`lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.
6


To`raqo`rg`on tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 51- maktab direktori


D. Xudoynazarovaga
51-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining
___-“___”-sinf rahbari _________________
____________________________________ dan



Yüklə 244,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin