SO‘ZGA CHIQDI: Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor R.Norliyev so‘nggi 5 yilda yoshlarni oliy ta’limga qamrovi keskin oshganligi, Universitetda faoliyat olib borayotgan talabalar turar joylari talabalarning juda kam qismini qamrab olganligi sababli, talabalarning aksariyati xususiy uylarda ijara huquqi asosida yashashga majbur bo‘layotganligi, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida quvonch bilan so‘zlar ekan, Prezidentimizning 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-sonli Farmonida yoshlarga juda katta imkoniyatlar yaratilganligini va ularni ijtimoiy himoyaga olish ham belgilanganligini aytib o‘tdi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarori ijara huquqi asosida yashashga majbur bo‘layotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning barchasi uchun manzur bo‘ldi va hukumatimiz tomonidan yoshlarga bo‘lgan davlat siyosatining yorqin ifodasi bo‘lganligini ta’kidladi.
SO‘ZGA CHIQDI: Talabalarni turar joy bilan ta`minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo`lim boshlig`i D.Xidirova Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarorining ilovasida keltirilgan “Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan qoplab berish bo`yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasining namunaviy tarkibi”dan kelib chiqqan holda, 2023-yil yanvar oyida institut tuzilmasida bir qator o`zgarishlar bo`lganligini inobatga olgan holda “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan qoplab berish bo`yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasining tarkibi”ni tasdiqlashni taklif etdi
Yig`ilish raisi va a’zolari tomonidan Talabalarni turar joy bilan ta`minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo`lim boshlig`i D.Xidirovaning Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarorining ilovasida keltirilgan “Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan qoplab berish bo`yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasining namunaviy tarkibi”dan kelib chiqqan holda, 2023-yil yanvar oyida institut tuzilmasida bir qator o`zgarishlar bo`lganligini inobatga olgan holda “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan qoplab berish bo`yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasining tarkibi”ni tasdiqlash to`g`risidagi taklifi bir ovozdan ma`qullandi.
Komissiya yig‘ilishi yuqoridagi fikr va mulohazalarni inobatga olib,