Q A R O R Q I L A D I : 1. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi tarkibini tasdiqlash yuzasidan o`tkazilgan yig‘ilishida so‘zga chiqqan ma’ruzachilarning fikr-mulohazalari, bergan axborotlari, taklif hamda tavsiyalari ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan qoplab berish bo`yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalaridan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qaroriga asosan arizalarni qabul qilish fakultetlar yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosarlari va Talabalarni turar joy bilan ta`minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo`lim zimmasiga yuklatilsin.
4. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan qoplab berish bo`yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi har oyda tushgan arizalarni ko`rib chiqib, qaror qabul qilsin.
3. Ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor R.Norliyev zimmasiga yuklatilsin.
Komissiya raisi: A.Jurayev
Kotib: A.Tog`aynazarov
Kelishildi: Talabalarni turar joy bilan ta`minlash ishlarini
muvofiqlashtiruvchi bo`lim boshlig`i D.Xidirova
Agrobiologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash
bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Mamayusupov
Agrologistika va biznes fakulteti yoshlar bilan
ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Xolmurodov
Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti
yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Annaqulov
Magistratura bo`limi uslubchisi O`.Allayorov
Yoshlar yetakchisi S.Jaxonov
Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi S.Boynazarova
Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti tyutori I.Mengliyev
Agrobiologiya fakulteti tyutori F.Nomozov
Agrologistika va biznes fakulteti tyutori O.Absamatov
Buxgalteriya bo‘limi mas’ul xodimi N.Turopov