7
shaxarlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi.
O‘z maxsulotini mo‘ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo‘jaliklari
ekspluatatsiyani kuchaytirishi talab etilgan.
Oqibatda klassik yoki antik
qulchilik yuzaga kelgan (Gretsiya va Italiya).
Qadimgi Misrdan farqli ravishda mesopatamiyada xususiy mulkchilik va
tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Bu-bobil
(Vavilon) da podsholik qilgan hammurapi qonun to‘plamlari (jami 282ta)
diqqatga sazovar. Bunda ishlab chiqarishni, birinchi navbatta qishloq
xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mexnatsiz daromat
topishga qarshi ko‘rashilgan. Qarzni qarz xisobiga
uch yildan ortiq ushlab
turish mumkin bo‘lmagan umuman, xususiy mulkchilik shu jumladan yerga
ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko‘z olaytirgan, unga zarar
yetkazganlar iqtisodiy jixatdan jazolangan. Bu qonunlar tuplami davlatning,
mamlakatlarning iqtisodiy boshqarish sohasidagi
dastlabki tajribasini
ko‘rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashgan ham
iqtisodiy ravnaq topdi.
Qadimgi xindistonning "Manu qonunlari "da (e.a.1V-111 asrlar) ijtimoiy
mexnat taxsimotining xukmronligi va buysunush institutlarining mavjudligi
aytiladi.
Xindistondagi iqtisodiy g‘oyalarni aks ettiruvchi Qadimgi yodgorlik
"Artxashastra"dir (e.a.1V-III asrlar oraligida) unda qulchilikni
mustaxkamlash
asosiy vazifa qilib kuyilgan. Asarda "Buyumning qiymati" muammosi, qiymat
miqdori, davlatning boshqarish bo‘yicha takliflar va bir qancha iqtisodiy
g‘oyalar ilgari surilgan.
Qadimgi Xindistonda yaratilgan "Veda"larda bir qancha muxim iqtisodiy
g‘oyalar keltirilgan.
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g‘oyalari Konfutsiy yoki Kun-Szi (e.a. 551-
478 y y.) va boshqa iqtisodchilarning asarlarida jamlangan bo‘lib, tabiiy xuquq
nazariyasi ilgari suriladi.
Ularda mexnat taxsimoti,
davlatning roli, xalq boyligi va xunarmandlar
mulki o‘rtasidagi boglanish, iqtisod va qonun masalalariga bagishlanadi.
Respublikamiz
olimlarining
tadqiqotlariga
ko‘ra,
zardushtiylik
(Zaroastrizm) dinning (islomgacha) mukaddas kitobi bo‘lgan "Avesto" (asli
"Ovesta")da ham muxim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan.
Jumladan, sun’iy sugorish asosida dexqonlik yuritish, ona tabiatni
ezozlash, xayvonlarni asrash, noo‘rin suymaslik, unga zulm qilmaslik, tuprok
sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi 11 ming
yillik oxiri - 1 ming yillik boshlaridagi vokealarni aks ettiradi va juda qadimiy
yodgorlikdir. Bu dinning ta’sir doirasi juda keng bo‘lib, xozirgi Eron, markaziy
Osiyo Kavkaz orti yurtlari (ayniqsa Ozarboyjon) va boshqa joylarda tarqalgan.
8
Avesto ma’lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning
ijtimoiy axvolini
bilib olish mumkin. Bu davrda urug jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta) lar
paydo bo‘lganligi ayondir, ular koxinlar, xarbiylar, chorvadorlar va
xunarmandlar, demak ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo‘lgan. Axoli
ko‘proq yarim kuchmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstesiv chorvachilik
yetakchi edi.
Dostları ilə paylaş: