1. Iqtisodiy fikr, g’oya, qarash,
ta’limotlarning paydo bo’lishi
Iqtisodiy ta'limot
lar tarixini o`rganishda ma'lum davrlashtirish
tizimidan foydalaniladi.
Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: "Amalda iqtisodiy g`oyalar
o`z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo`lib, ular bilan
chambarchas bog`langandir; bu g`oyalarni ular tushuntirib berayotgan
dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu
dunyo esa
doimo o`zgarishda bo`ladi, agar bu g`oyalar o`z maqsadlariga to`la javob
berishni ko`zlasalar, doimo shunga mos ravishda o`zgarib turishlari kerak",
deb yozgan edi.
Kapitalizm davrida xo`jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik
(internatsionalizm) kuchayganligi tufayli, iqtisodiy fikrning rivojlanishi
ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy
maktab asoschilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida
butun jahonga ma'lum bo`ldi, vaholanki undan avvalgi ko`pgina
nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko`pchilikka ma’lum bo’lmasdan, “o’lik
mol" sifatida yotgan.