2. Ehtiyojlarning mazmuni va
ularning turkumlanishi.
Insonlarning talab va ehtiyojlari ko‘p va
turlichadir. Biologik nuqtayi nazardan olib
qaralganda, insonlarga faqatgina havo, suv, oziq-ovqat, kiyim-kechak
va oddiy boshpana bo‘lsa
kifoya qiladi. Ammo biz yashayotgan zamonaviy jamiyatda inson
lar o‘z turmush tarzini va
yashash sharoitlarini yaxshilash uchun
ko‘proq
yangi tovar va xizmatlarga talab bildiradi. Endi
insonlar daryodan oqib turgan oddiy suvga emas, balki bejirim idishlarda chiroyli qadoqlangan
suv, salqin ichimliklar va sharbatlarga ehtiyoj sezadilar.
К
iyinish borasida ham avvalgi eng sodda
kiyim-kechaklarni emas, balki yuqori sifatli, bejirim kiyim-
boshlarga ega bo‘lishni xohlaydilar,
albatta.
Avvalgidek insonlar oddiy uyda emas, balki ko‘p qavatli binolarda,
hashamdor imoratlarda
kun kechirishni istaydilar. Insonlar ehtiyojining chek-
chegarasi yo‘q. Shuningdek, biz o‘zi
mizda
kundalik hayotimizni yaxshilashga va yengillashtirishga yordam beradigan uy jihozlariga, sifatli
ta’lim olishga, ishonchli xavfsizlikka, sog‘likni saqlash xizmatiga va hokazolarga ehtiyoj sezamiz.
Ayni vaqtda insonlar ehtiyojini qondirish uchun Yer, foydali qazilma boyliklari, ish qurollari,
texnika, mehnat qilish layoqati kabi ishlab chiqarish resurslari mavjuddir. Xuddi mana shu
resurslar iqtisodiyotda qo‘llanilib, biz uchun turli
-tuman mahsulotlar ishlab chiqariladi va
ko‘pgina ehtiyojla
rimiz qondiriladi. Lekin oddiy haqiqat shundan iboratki, bizningehtiyoj-
larimizni qondirish uchun zarur mavjud resurslar cheklangan.
Iqtisodiyotningdoimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda uni qondirish
uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. Iqtisodiyotning bosh masalasi
o‘zining ikki tomoniga ega: ehtiyojlar cheksiz va iqtisodiy resurslar cheklangan.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi
–
iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz
ehtiyojlarini qanday qilib
to‘laroqqondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo‘l
lari:
– iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish;
–
resurslar unumdorligini oshirish;
–
resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlash;
–
jamiyat ehtiyojlarini cheklash.
Bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, bilan
shug‘ullanishlari uchun
hayotiy
ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari va turli xil xizmatlardan
bahramand bo‘lishlari kerak.
К
ishilar bunday hayotiy
vositalarga ega bo‘lishi uchun turli sohalarda faoliyat ko‘rsatadi.
Insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, ularning yashashi va kamol topishini ta’minlaydigan
iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish (hamda xizmatlar ko‘rsatish)
dan
iborat bo‘lgan iqtisodiy
faoliyatdir.
К
ishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan
hayotiy
ne’matlar va vositalarni ishlab
chiqarish hamda iste’molchilarga yet
kazib berishga qaratilgan, bir-
biri bilan bog‘liqlikda amal qila
-
digan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Iqtisodiyot murakkab va
ko‘pqirrali tushuncha bo‘lib, turlicha mazmun va talqinga ega.
|