18
yerda o‘z ishchi kuchini ishlab chiqarish faktori sifatida sotishga majbur edilar.
Bozor jamiyati uchun xayotiy zarur bo‘lgan ishlab chiqarish omillari tarixiy
o‘zgarishlar tufayli yuzaga keldi. Oqibatda mexnat tovarga aylandi, yer
kuchmas mulk bo‘lib qoldi. Ammo kapitalizmning iqtisodiy erkinligi ba’zilar
uchun yutuk, ko‘pchilik uchun esa qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Bozor
tizimi bir tomondan ishonchsizlik, azob-ukubat sababi bo‘lsa, shu vaqtning
o‘zida taraqqiyot, imkoni va yutuklari manbai hamdir.
XVIII asrning ikkinchi yarmida «Texnik yo‘nalishda» gi ishbilarmonlar
guruxi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga keltirdi.
Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoat, xususan, tukimachilik sohasida
boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nixoyalandi, J.Key
tukimachilik moqkisini, 1733 yilda J.Xargrivs o‘z kizining nomi bilan atalgan
«Jenni» mexanik to‘quv dastgoxini kashf etdi, sanoat inqilobi iqtisodiyot va
ijtimoiy xayotga keskin o‘zgarishlarga olib keldi.1701-1802 yillar oraligida
tukimachilik rivoji tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga
usdi.
1788-1838 yillarda cho‘yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming
tonnagacha oshdi.
Dostları ilə paylaş: