Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tishi. Bozor



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

5.O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tishi. Bozor 
munosabatlariga o‘tish davrining tarixiy zaruriyati. Boshqariladigan 
ijtimoiy bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlab olinishi va uning xususiyatlari. 
1991 yilning 31 avgo‘stida O‘zbekiston respublikasining mustaqilligi 
e’lon qilindi. Shu kundan boshlab respubliqaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va 
boshqa sohalarida yangi o‘zgarishlar davri boshlandi. 
O‘zbekistonning tarixiy, milliy, an’anaviy, demografik va boshqa 
xususiyatlarini xisobga olib, respublikamizda ijtimoiy jixatdan yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish mustaqil jumxuriyatimiz ichki siyosatining negizi 
deb qabul qilindi. Bu yo‘nalish o‘z davrida nemis iqtisodchilari Vilgelm 
Rebke (1899-1966), Volter Oyken (1891-1950), Lyudvig Erxard (1897-1977) 
lar tomonidan ilgari surilgan edi.
Tulik erkin bozor munosabatlariga o‘tish ma’lum tarakkiyot davrini talab 
etadi, bu tarixan anik faktdir. Bozor munosabatlari nisbatan to‘la amalga 
oshgan davlatlar tarixiga nazar tashlansa, bu davr bir necha asrlardan tortib bir 
necha un yillarni tashqil etadi. Masalan, klassik bozor munosabatlari tarkib 
topgan Buyuk Britaniyani oladigan bo‘lsak, unga deyarli 200 yil,Fransiyaga 
150 yil, Germaniya va AQShga 50-100 yil vaqt talab etildi. 
Insoniyatning tarixiy rivojlanishi davomida iqtisodiyotda bozor 
munosabatlarining kuyidagi shakllari farqlanadi: 
1.Yovvoyi bozor (dastlabki paytda); 
2.Ma’muriy - buyruqbozlik bozori (bir vaqtlar sobik sssrda va 
"sotsialistik" deb atalgan mamlakatlarda); 
3.Boshqariladigan bozor(xozirgi deyarli barcha rivojlangan yetakchi 
mamlakatlarda). 
Erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun kuyidagi zarur shart-sharoitlar 
talab etiladi: 
A) tanlash va tadbirkorlik erkinligi; 


80 
B) baxolarning erkinligi (baxoni talab va taklif asosida bozor belgilaydi); 
V) erkin raqobat (monopologiyaga qarama -qarshi); 
G) mulklarning turli tumanligi va ularning xuquqiy jixatdan qonun oldida 
tengligi (davlat, xususiy, jamoa mulklari...); 
D) davlatning iqtisodiyotga imkoni boricha kamroq aralashuvi va 
boshqalar. 
Respublikamizning bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi 
O‘zbekiston respublikasi prezidenti, akademik i.a.Karimovning asarlari, risola 
va nutklarida izoxlab berilgan. O‘zbekistonning tarixiy, milliy, an’anaviy, 
eqologik va boshqa sohalardagi tajribalariga asoslanib, Respublikada ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li makbo‘l deb topildi. Bu o‘tish
yo‘li tadrijiy (evolyusion), ketma-ket, boskichma-boskich amalga oshiriladi. 
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga tez va buxronsiz o‘tishi 
uchun qulay sharoitlar anchagina. Bu avvalo siyosiy mustaqillikning 
mavjudligidir; xalqimizning boy tajribasi va mexnatkashligi, intelektual 
boyligi tufayli xatto ma’muriy-buyruqbozlik davrida ham bozorlar mavjud 
bo‘lgan va asosiy talab-extiyojni kondira olgan. Agar ishlab chiqarishga ilgor 
texnologiya, Fan - texnika yutuklari joriy etilsa, boy moddiy texnika 
resurslarimiz ishga solinsa, xalqimiz va davlatimiz tezda rivojlanib, nisbatan 
kiska davr ichida ilgor mamlakatlar qatoriga kushiladi. Bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishning "O‘zbek modeli" konsepsiyasi O‘zbekiston respublikasi prezidenti 
akademik I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. 
Uning besh tamoyili mavjud: 
1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi va bunda iqtisodiyotning 
mafkuradan xoli bo‘lishi. 
2.Davlat bosh isloxotchi. 
3.Qonunning hamma narsadan ustun turishi. 
4.Kuchli ijtimoiy siyosat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor. 
5.Bozorga boskichma-boskich, tadrijiy (evolyusion) yo‘l bilan borish. 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin