2.2. Bu fanni talabalar tomonidan to’liq o’zlashtirilishi, «Bojxona ishi» fanining namunaviy o’quv
rejasida belgilangan «Iqtisodiyot nazariyasi», «Jahon iqtisodiyoti va XIM», «Makroiqtisodiyot»,
«Mikroiqtisodiyot», «Marketing», «Menejment» kabi fanlar bilan bog’liq. Ushbu fanni o’qitishda ta’limning
ma’ruza, amaliy mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim kabi shakllaridan foydalaniladi.
2.3. Fanni ishlab chiqarishdagi o’rni.
Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan tashqi savdoning davlat tomonidan boshqarilishini ta’minlovchi
asosiy mexanizm bo’lgan bojxona xizmatini takomillashtirish borasida doimiy ravishda aniq maqsadga
yo’naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Bu esa o’z navbatida boshqaruvning zamonaviy tizimiga ega bo’lgan
bojxona xizmatini shakllantirish, an’anaviy ishlatib kelinayotgan bojxona taomillarini takomillashtirishning
yangi strategiyalarini ishlab chiqishni talab etadi. Uzbekiston Respublikasining bugungi bojxona xizmati
dunyodagi ilg’or tajribalarni o’zida mujassamlashtirishga va XXI - asr bojxona xizmati samarali faoliyatining
namunasi bo’lgan Bojxona taomillarini soddalashtirish va uyg’unlashtirish bo’yicha xalqaro konventsiya
(Kioto) tamoyillariga mos kelishga xarakat qilayotgan rivojlanayotgan tizimdir, «Bojxona ishi» fanining asosiy
tavsiyalari Uzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo’mitasi viloyat va shahar boshqarmalarida, DBQ, Oliy
Xarbiy bojxona instituti xamkorligida o’quv va o’quv-uslubiy majmualarida ishlatilishi tavsiya qilinadi. Ushbu
“Bojxona ishi” fani bo’yicha ishchi o’quv dasturi
Dostları ilə paylaş: |