“Bojxona ishi” fani bo’yicha ishchi o’quv dasturi
4
«Bojxona ishi» fanini o’qitishdan maqsad talabalarda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda
bojxona ishini tutgan o’rni, bojxona chegarasi orqali olib o’tilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona
nazorati va rasmiylashtiruvidan o’tkazishni, ulardan bojxona qonunchiligida belgilangan bojxona to’lovlari
undirilishini ob’ektivligini ta’minlashni, kontrabanda va bojxona qoidalarini buzilishiga qarshi kurashni,
bojxona ishi bo’yicha xalqaro xamkorlikni, bojxona xizmati uchun kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirishni, mamlakat iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilishidagi axamiyati to’g’risida, nazariy va
amaliy bilimlar xosil qilishdan iborat. Fanni o’qitilishining asosiy vazifalari joxon moliyaviy inqirozining
O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bulgan omilarni
urganish, xalqaro xamjamiyat bilan o’zaro savdo iqtisodiy aloqalarini kengayishi sharoitida respublikamiz
bojxona organlarini faoliyatini jaxon amaliyotida qabul qilingan me’yorlar asosida takomillashtirish zarurligi
to’g’risida talabalarda ilmiy izlanishlar olib borishga qiziqish uyg’otishdir.
2. 1. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, uquviga va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar
Dostları ilə paylaş: