30-mavzu: Elementar zarralar fizikasi.
Elementar zarralarning xozirgi zamon tizimi. Kosmik nurlar. Myuonlar,mezonlar va ularning xususiyatlari. Elementar zarralarning uzaro ta’siri. Giperonlar va kvarklar.Elementar zarralar klassifikatsiyasi.
Laboratoriya mashg’ulot bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Laboratoriya mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Og’irlik kuchining tezlanishini matematik mayatnik yordamida aniqlash.
Qattiq jismlarning zichligini gidrostatik usul bilan aniqlash.
Gorizontga 450 burchak ostida otilgan snaryadning boshlang’ich tezlanishi va ko’tarilish balandligini aniqlash.
Havoning nisbiy namligini aniqlash.
Suyuqliklarning ichki ishqalanish koeffitsiyentini Stoks usuli bilan topish.
Diffuziya tezligining temperaturaga bog‘ligini o‘rganish.
Qattiq jismlarning issiqlik sig’imini aniqlash.
Fizik mayatnikning tebranishlarini o’rganish va erkin tushish tezlanishini o’lchash.
O’zgarmas tok ko’prigi yordamida qarshiliklarni o’lchash.
Kichik qarshiliklarni o’lchash va o’tkazgichlarning solishtirma qarshiligini aniqlash.
O’zgaruvchan tok ko’prigi yordamida kondensator sig’imini aniqlash
Elektrolitik vanna yordamida elektrostatik maydonlarni o’rganish
Chug’lanma lampaning qarshiligi va quvvatini aniqlash
Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlash
Linzalarning fokus masofasini aniqlash.
Mikroskopning kattalashtirishini aniqlash.
Fotometriya qonunlarini o’rganish.
Laboratoriya mashg‘ulotlari zarur jihozlar bilan jihozlangan maxsus o‘quv xonalarda kichik guruhlarda o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik texnologiyalar qo‘llanishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |