"tasdiqlayman"



Yüklə 123,99 Kb.
səhifə3/8
tarix31.12.2021
ölçüsü123,99 Kb.
#49584
1   2   3   4   5   6   7   8
0239-07 3 25.07.2017

Vaksinalarni turlari

Vaksinalar nomi, dozalari va yuborish usullari

Saqlanish shartlari

Tirik vaksinalar

OPV (1 doza = og‘izga 2 tomchi ),

KPK (1 doza = 0,5 ml teri ostiga),

BSJ (1 doza = 0,05 mg yoki 0,1 ml teri ichiga)

Rota (rotavirus vaksinasi)

(1 doza=og‘izga 1,5 ml)


Faqat OPVni muzlatish mumkin.

KPK, BSJ, RVV vaksinalari +2 °S dan +8 °S gacha haroratda saqlanadi,

muzlatish mumkin emas


Inaktivirovannie

O‘ldirilgan

Ko‘kyo‘talga qarshi (AKDS tarkibida bo‘ladi)

Barcha o‘ldirilgan vaksinalar, anatoksinlar va rekombinant vaksinalarni muzlatish man etiladi, saqlash harorati +2 °S dan +8 °S gacha.

Anatoksinlar

AKDS, ADS, ADS-M, AD-M (1 doza = 0,5 ml mushak orasiga),

Qoqsholga qarshi (0,5 va 1,0 ml)



Rekombinant vaksinalar

Pentavalent vaksinalar



Virusli gepatit V ga qarshi (1 doza = 0,5 ml mushak orasiga)

Virusli gepotit V ga, ko‘kyo‘talga, bo‘g‘maga, qoqsholga va XIB-infeksiyasiga qarshi (1 doza = 0,5 ml mushak orasiga).



Eslatmalar:

barcha turlari tirik vaksinalar, ayniqsa BSJ va KPK yorug‘likka o‘ta sezuvchan, shu sabali, bu vaksinalar sovutgichni qorong‘i joyida saqlanishi lozim.

barcha turdagi vaksinalarni erituvchilarini muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

EMLASh QOIDALARI

1. Bolalar emlashdan oldin vrach ko‘rigidan o‘tkazilishi lozim. Bolalarni profilaktik emlanishidan oldin birinchi navbatda emlanayotgan bolaning umumiy holatiga baho beriladi. Emlanayotgan bolaning umumiy holatiga baho berishlik bolani sog‘ligi haqida ota-onasi yoki bolani olib kelgan shaxsdan so‘raladi, bunda emlashga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganligi, avvalda emlash o‘tkazilganda nojo‘ya reaksiyalar kuzatilganligi aniqlanadi.

2. Homilador ayolda (tuqqan ayolda) VGV markeri NBsAg aniqlanganda chaqaloq tug‘ilgandan so‘ng 3 — 12 soat ichida VGVga qarshi emlanishi lozim. Bu maqsadda, emlashni o‘z vaqtida o‘tkazishlik uchun NBsAg musbat natijasi qayd etilgan ayollarni tug‘ruq va chaqaloqlik tarixlari varaqalarini yuza qismining o‘ng tomoniga qizil to‘rt burchak (1x1 sm) belgi, farqlanadigan qilib qo‘yiladi. Emlash xonalarida NBsAg musbat natijasi qayd etilgan ayollarni ro‘yxatlari turishi lozim (O‘zb.Res. S.S.V.ning 5.01.2012-yil kundagi 5-sonli buyrug‘i).

3. OIV infeksiyali bolalar va OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan bolalar O‘zb.Res. S.S.V.ning 10.01.2010-yil kundagi 10-sonli buyrug‘iga muvofiq emlanadilar.

4. Emlashlar oralig‘idagi muddatlar (intervallar).

Bir xil vaksinalar dozalarini yuborib, emlash o‘tkazish oralig‘idagi muddat kamida bir oy. Emlashlar o‘tkazishdagi intervalni davomiy bo‘lishi, antitelalar ishlab chiqarishni kuchaytiradi, lekin seriyalarni tugallanishi va infeksiyadan himoyalanishni cho‘zib yuboradi.

Turli tirik vaksinalarni yuborish o‘rtasidagi vaqt kamida bir oy bo‘lishi lozim (yuborilgan vaksinalar o‘rtasida interferensiyasi sodir bo‘lishi ehtimolligi bo‘lganligi sababli).

Emlash davrida navbatdagi vaksina dozasi bilan emlamasdan o‘tkazib yuborilganda bola bilan birinchi muloqot qilinganda zudlik bilan o‘tkazib yuborilgan emlatkilarini takrorlamay, navbatdagi emlash o‘tkaziladi.

Bir vaqtni o‘zida bir necha turdagi vaksinalarni alohida shpritslarda tanani turli joylariga yuborish mumkin.

5. Qon va qon komponentlari quyilganda emlash qoidalari.

Qon va qon komponentlari quyilgandan keyin (eritrotsitar va leykotsitar massalar), qizamiq, qizilcha va epid parotitga qarshi emlash 6 oydan so‘ng, trombotsitar massa yoki qon plazmasi quyilganda 7 oydan so‘ng emlanadi.

Emlanadiganlarga immunoglobulin yuborilgan bo‘lsa, qizamiq, qizilcha va epid parotitga, rotovirus infeksiyalariga qarshi emlash 3 oydan so‘ng, shol va grippga qarshi emlash bir yarim oydan so‘ng. AKDS, ADS, ADS-M bilan emlash immunoglobulin yuborilgandan keyin bir oydan so‘ng emlanadi.

EMLAShLARGA BO‘LADIGAN QARShI KO‘RSATMALAR

Amaliyotda emlashga bo‘lgan barcha qarshi ko‘rsatmalar vaqtincha hisoblanadi va bu qarshi ko‘rsatmalar muntazam ravishda kuzatilib, birinchi imkoniyat paydo bo‘lishi bilan bola emlanishi lozim.

Barcha turdagi vaksinalar bilan emlashga bo‘lgan qarshi ko‘rsatma:

avvalda emlash o‘tkazilganda kuzatilgan kuchli reaksiyalar yoki asoratlar hisoblanadi, xususan:

1. O‘rtacha — og‘irlikdagi va og‘ir holatdagi somatik va yuqumli kasalliklar bilan kasallanganlarni emlash, bemor sog‘aygandan so‘ng, 3 — 14 kun o‘tkazib, emlanishi lozim. O‘tkir nafas yo‘llari kasalliklari va og‘ir holatda bo‘lmagan diareya bilan kasallanishlar emlash o‘tkazish uchun qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi. Bolani umumiy holati qoniqarli bo‘lgan holatlarda emlash o‘tkazilishi lozim. Surunkali yurak, jigar, buyrak, o‘pka kasalliklari va shuningdek boshqa turdagi endokrin kasalliklari bilan kasallanganlar kasallikni qaytalanmay turgan davrida emlanishlari lozim.

2. Oldingi vaksina dozalari yuborilganda kuzatilgan kuchli reaksiyalar:

Agar, AKDS — vaksina dozasi bilan avval emlash o‘tkazilganda ensefalopatiya reaksiyalari, anafilaksiya, kollaps holatlari kuzatilgan bo‘lsa, tarkibida ko‘k yo‘tal antigeni bo‘lgan vaksinalar bilan emlash o‘tkazilmaydi. Emlash davomiyligini yakunlash uchun ADS-AS-anatoksin ADS-M dan foydalanish kerak.

Bolada tana haroratini yuqori (40 °S dan baland) ko‘tarilishi va 3 soatdan ko‘p bo‘lgan davomiy chinqirib-qichqirishi kuzatilishi, keyingi emlash o‘tkazishda tarkibida ko‘kyo‘tal komponenti bo‘lgan vaksina bilan emlash o‘tkazishni istisno qilishga asos hisoblanadi.

Vaksinalarning tarkibiy qismlaridan birontasi (tuxum oqsili, anti biotik)ga anofilaktik reaksiya kuzatilgan shaxslar shu tarkibiy qismli vaksina bilan emlanmaydi.

3. Rivojlanib boruvchi asab tizimi buzilishlari xastaliklari bo‘lgan bolalar tarkibiy qismida ko‘kyo‘tal antigeni bo‘lgan vaksinalar bilan emlanmaydi.

Asab tizimi buzilishi tashxisi bilan tug‘ilgan bolalar 2 oylikka to‘lgunga qadar rivojlanib boruvchi asab tizimi buzilishlari xastaligini istisno qilishlik uchun vrach nevropatolog ko‘rigidan o‘tkazish lozim.

4. Allergik kasalliklar — astma, senna — isitma, teri qoplamalari allergik kasalliklari va qo‘tir kasalliklari bilan kasallangan bolalar (sholga qarshi emlash bundan mustasno) kasallikni qaytalanmay turgan davrida, agar zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, antigistamin preparatlarini qo‘llab (yoki kunduzgi shifoxona sharoitida) emlanadi.

5. BSJ va VGV vaksinasi bilan tug‘ruqxonada vaqtinchalik tibbiy cheklovlar sababli emlanmay qolgan bolalar, kasal chaqaloqlar bo‘limi (OPN)da davolanib, uyga chiqarilishidan oldin yoki chaqaloqlik davri (tug‘ilgandan keyin 29 kun ichi)da emlanishlari lozim.

6. Sil kasalligini bakteriya ajratib chiqaruvchi faol shakllari bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan bolalar 2 oy muddatga onalaridan alohida ajratilib, silga qarshi (BSJ bilan) emlanishi lozim.

VAKSINANI TURLARI BO‘YIChA QARShI KO‘RSATMALAR


Yüklə 123,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin