"tasdiqlayman"


Emlash xonasining hujjatlari



Yüklə 123,99 Kb.
səhifə6/8
tarix31.12.2021
ölçüsü123,99 Kb.
#49584
1   2   3   4   5   6   7   8
0239-07 3 25.07.2017

Emlash xonasining hujjatlari:

profilaktik emlashni o‘tkazishda foydalaniladigan hamma preparatlarni qo‘llash yo‘riqnomalari;

o‘quv — uslubiy qo‘llanmalar;

vaksina va boshqa preparatlarni, shprits, igna va kartalarni ro‘yxatga olish va sarflanishini qayd qilish jurnali,

sovutgich jihozlarini ishlash tartibi, haroratni ro‘yxatga olish varaqasi;

oylik o‘tkazilgan emlatkilarni monitoring grafigi;

har oyda olingan va sarflangan vaksinalar, o‘tkazilgan emlashlar bo‘yicha 6-shakl, yillik hisobot bo‘yicha 5-shakl hamda muassasaga taalluqli bo‘lgan statistik hisobotlarni tuzish bo‘yicha yo‘riqnomalar;

O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2006-yil 26-iyundagi 287-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “profilaktik emlash kartasi” 063-shakl;

aholini yoshma-yosh ro‘yxat;

tibbiy cheklovlarni ro‘yxatga olish jurnali va immunologik komissiyaning qarorlari;

emlashdan so‘ngi reaksiyalar asoratlarni ro‘yxatga olish jurnali;

DPM rahbari tomonidan tasdiqlangan favqulodda holatlarda shoshilinch choratadbirlar o‘tkazish rejasi (elektr energiya uchirilganda va boshqalar)

EMLAShLARNI O‘TKAZISh

Davlat Sanitariya Epidemiologiya Nazorat Markazi (DSENM) va DPM lari barcha bo‘g‘inlarda bakterial va virusli preparatlarni tashilishni va saqlashni amaldagi qonun hujjatlaridagi yo‘riqnomalar va O‘z.Res.SSVning 11-aprel 2006-yil 148-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Barcha bo‘g‘inlarda saqlanadigan vaksinalarni effektiv boshqarish bo‘yicha Standart Ishchi Muolajalari” uslubiy qo‘llanmasiga muvofiq to‘g‘ri amalga oshirilishi lozim. DSENMlari profilaktik maqsadda va epid ko‘rsatmalar bo‘yicha o‘tkaziladigan barcha tadbirlarni nazorat qiladi va vaksinalar bilan ta’minlaydi.

Diagnostik maqsadda foydalaniladigan preparatlar, shuningdek, tuberkulin, qoqshol, bo‘g‘ma, gangrena, botulizmga va ilon hamda qoraqurtga qarshi zardoblar DPMlarni mablag‘i hisobidan sotib olinadi.

Emlashlarni joylardagi belgilangan poliklinikalarda, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va har yili emlash xonasida ishlash uchun ruxsat beruvchi sertifikat olgan tibbiy xodim-vaksinatorlar amalga oshirishlari lozim. Har yili silga qarshi emlash o‘tkazadigan tibbiy xodimlar tayyorgarligini silga qarshi kurashish dispanseri mutaxassislari o‘tkazadilar.

Sertifikati bo‘lmagan va emlash xonasida ishlashga bosh vrach buyrug‘i bilan tayinlanmagan xodimni emlash xonasida ishlashga ruxsat etilmaydi.

Emlash ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazishda qatnashadigan har bir tibbiy xodim bilishi va bajarishi lozim:

yuqumli kasalliklar immunoprafilaktikasi bo‘yicha sanitariya qoida va me’yorlarini bilishi;

immunoprofilaktika bo‘yicha maxsus sinovdan o‘tishi;

vaksinalar bilan ishlash qoidalarini (tashilishi, saqlanishi, qo‘llanishi, sifatini nazorat qilishni,) emlashlarni xavfsiz amalga oshirish qoidalarini, xavfsiz inyeksiyalar va “ochiq flakonlar” siyosatiga rioya qilishni;

qizamiq, qizilcha, epidparatit, BSJ vaksinasining eritgandan so‘ng 6 soat davomida ishlatilishini ushbu vaqt davomida ishlatilmay qolgan vaksinani yo‘q qilinishini esda tutish;

BSJ vaksinasining 50,0% gacha, qizamiq, qizilcha, epidparatitga qarshi vaksinalarni, virusli gepatit “V”, AKDS, ADS, ADSM, AD-M, rotovirus infeksiyalarga qarshi vaksinalarni va poliovaksinalarni 15 %gacha ortiqcha sarflanishiga ruxsat etilishini;

emlashdan so‘ngi reaksiyalar va asoratlar ustidan nazorat qilib borishni;

har oyda emlash kartalari (063/u va 112/u-shakllar)ni emlash bilan qamrab olish darajasini aniqlash uchun ko‘rib chiqib, 6-shakl bo‘yicha hisobot tuzishni.

zarur bo‘lib qolganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi;

aholi o‘rtasida emlashning ahamiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borishni;

3. Emlash o‘tkazishdan oldin emlash hamshirasi (vaksinator) bajarishi lozim:

emlashga kelgan shaxsni sog‘lig‘i to‘g‘risida vrach xulosasini mavjudligini, shuningdek emlash uchun qarshi tibbiy ko‘rsatma yo‘qligini tekshirishi;

qo‘lini yuvishi;

vrach ko‘rsatmasi bilan ampuladagi (flakondan) preparatning nomini solishtirish;

preparatlarni qo‘llanishi bo‘yicha yo‘riqnomalariga muvofiq ishlatishga tayyorlash (adsorbsiyalangan vaksinalarni yaxshilab siltab, aralashtirish, antiseptika qoidalariga rioya qilgan xolda ampulani eritish va ochish, lofillangan vaksinalarni erituvchisi bilan eritish).

4. Emlash o‘tkazish davomida bajarilishi lozim:

Preparat yuboriladigan joyni to‘g‘ri zararsizlantirish;

faqat bir martalik shprits va ignalardan foydalanish;

vaksina dozasini to‘g‘ri olish, emlash joyi va emlash usulini to‘g‘ri tanlash;

xavfsiz emlash amaliyotlari ( uslubiy qo‘llanmaga muvofiq ) talablarini to‘la bajarish

5. Emlash o‘tkazib bo‘lgandan so‘ng bajarilishi lozim;

Emlash o‘tkazilishi haqida emlangan shaxsning tibbiy hujjatlari (112\u, 026\u, 025\u, 063\u-shakllari) ga hamda 064-shakliga, emlashlarni ro‘yxatga olish jurnaliga yuborilgan preparat nomini, yuborilgan kuni, dozasi va seriyasini ko‘rsatib yozib quyilishi;

emlangan shaxsni (yoki uning ota-onasini ) emlashdan so‘ng yuz berishi mumkin bo‘lgan reaksiyalar va vrach kelgunga qadar yordam ko‘rsatish to‘g‘risida xabardor qilinadi va kuchli yoki noana’naviy reaksiyalar sodir bo‘lganda tibbiy yordamga zudlik bilan murojaat etishi tushuntiriladi;

emlangan shaxs, emlangandan so‘ng birinchi 3 kunida, har kuni emlashdan so‘nggi reaksiyalarni va asoratlarni aniqlash maqsadida hamda bir oy davomida emlashni o‘tishi yuzasidan kuzatuv olib boriladi.

EMLAShDAN KEYINGI REAKSIYALAR VA ASORATLAR

Emlashdan keyingi reaksiyalar — u yoki bu turdagi vaksinani yuborgandan keyin yuz beradigan klinik va laboratorik o‘zgarishlarga aytiladi.

Ba’zi turdagi vaksinalar yuborilganda (BSJ, Sariq isitmaga qarshi vaksinalar) yuz beradigan mahalliy o‘zgarishlar immunitet hosil bo‘lishi uchun zarur shartlar hisoblanadi.

Yuz beradigan reaksiyalar kechish darajasi yengil holatdan o‘ta og‘ir holatgacha bo‘lishi mumkin.

Yengil darajasidagi mahalliy reaksiyalar (vaqtincha haroratni ko‘tarilishi, inyeksiya qilingan joyda qichishishni bo‘lishi) aksariyat xollarda AKDS vaksinasi bilan emlanganlarni 20-50%da uchraydi. Tana haroratini biroz ko‘tarilishi, qisqa muddatli injiqlik va ishtahani yomonlashgani me’yor darajasidagi reaksiya deb baholanib, davolash o‘tkazish talab etilmaydi.

Emlashdan keyingi asoratlar (PVO) — organizmda kechadigan klinik buzilishlarning kechish tezligi, xarakteri va og‘ir bo‘lishi bilan emlashdan keyingi reaksiyalardan farq qiladi.

Emlashdan keyingi asoratlarda bemorning holati o‘ta og‘ir holatda bo‘lishi, ayniqsa uzoq kechadigan davomiy asoratlar yuz berishi kam uchraydi. Emlashdan so‘ngi reaksiyalar va asoratlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (klassifikatsiyasi, klinikasi, diagnostikasi) O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2015-yildagi 36-sonli buyrug‘ini 5-ilovasida keltirilgan.

Tibbiy patranaj hamshirasi tomonidan emlash o‘tkazilgandan so‘ng, emlashdan keyingi reaksiyalar va asoratlarni aniqlash uchun majburiy tartibda 3-kun davomida uyiga borib ko‘rib turishi va har bir emlashdan so‘nggi asorat yoki gumon qilingan holatlarni ro‘yxatga olishi va holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazish uchun hududiy DSENM ga shoshilinch xabarnoma berishi lozim.

Emlashdan so‘ngi asoratlar qayd qilinib, tekshiruv olib borilayotganda, O‘zbekiston Respublikasi SSVning 28-dekabr 1999-yil 759-sonli buyrug‘ini 2-ilovasida ko‘rsatilgan, emlashdan so‘nggi asoratlarda epidemiologik va klinik — laboratorik tekshiruvlar o‘tkazish algoritmini qo‘llab o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olinishi va DSENM ga xabarnoma berilishi lozim bo‘lgan asoratlarga kiradi:

BSJ vaksinasi bilan emlash o‘tkazilishda paydo bo‘ladigan limfoadenitlar;

vaksinalar bilan inyeksiya qilingan joyda absetslar paydo bo‘lganda;

tibbiy xodimning yoki aholining fikriga ko‘ra vaksina o‘tkazilgandan so‘ng 1 oy davomida yuz bergan emlash bilan bog‘liq deb hisoblangan hamma o‘lim holatlari (BSJdan keyin 1 yilgacha);

aholining yoki tibbiy xodimning fikriga ko‘ra 1 oy davomida emlashdan keyin yuz bergan barcha og‘ir va noan’anaviy emlashdan so‘nggi reaksiyalar sababli shifoxonaga yotkizilish holatlari;

Bolalarda emlash bilan bog‘liq bo‘lgan emlashdan so‘nggi reaksiyalar va asoratlarni aniqlash va ro‘yxatga olishga barcha DPM (davlat va xususiy sektor) tibbiy xodimlari javobgar hisoblanadi.

Zudlik bilan telefon orqali emlash o‘tkazilgan joyni tibbiy muassasa rahbariyatiga va hududiy DSENMga xabar berishi, u joydan ma’lumotlar yuqori tashkilotlarga — viloyat Davlat sanitkriya epidemiologiya nazorati markaziga, Respublika sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga va O‘zbekiston Respublikasi SSVning sanitariya epidemiologiya nazorati Bosh boshqarmasiga yuborilishi lozim;

shoshilinch xabarnoma berilishi bilan bir vaqtning o‘zida 063 va 112-shakllarga yoziladi. Barcha emlashdan keyingi reaksiyalar, holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘z.Res SSVning 2015-yil 27-yanvardagi 36-sonli buyrug‘iga muvofiq va “Profilaktik emlash hisoboti” 6-shaklini “D” bo‘limidagi “Emlashdan keyingi reaksiyalar va asoratlar” to‘g‘risidagi 3-jadval bo‘yicha oylik hisobotlarga kiritilishi lozim.

EMLAShLARNI RO‘YXATGA OLISh

Kartateka hujjatlarini to‘g‘ri yuritilishi va bolalarni to‘liq emlov bilan qamrab olinishiga DPM bosh vrachi o‘rinbosari va vrach immunolog javobgar hisoblanadi, bu maqsadda muntazam ravishda nazorat qilib borishlari lozim:

bolalarni to‘liq ro‘yxatga olinishi, jumladan uyda tugilganlarini ham;

emlashlarni o‘z vaqtida o‘tkazilishini;

emlashga berilgan tibbiy cheklovlarni asoslanganligi va tibbiy cheklov berilgan bolalarning hisobotini yuritilishini;

vrachlar tomonidan emlashga buyurilganligi to‘g‘risida yoki tibbiy cheklov berilganligi to‘g‘risidagi xulosalarni yozilib borilishini;

belgilangan tartiblarga asosan, hisobot shakllari bo‘yicha o‘tkazilgan emlashlarni yozib borilishini;

PROFILAKTIK EMLASh HISOBOTLARINI TUZISh

Davolash profilaktik muassasasi bosh vrachi mas’ul hisoblanadi:

aholini bir yilda 2-marta ro‘yxatdan o‘tkazilishi, reja tuzilishi, emlashlarni o‘tkazilishiga, profilaktik emlashni hisobotlarini haqqoniy yuritilishiga;

hududiy DSENMga o‘z vaqtida profilaktik emlash to‘g‘risida hisobotni, tibbiy cheklovlar va emlashdan keyingi sodir bo‘lgan nojo‘ya holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berilishiga;

davolash profilaktika muassasalari o‘z hisobotlariga bolalar o‘quv tarbiya muassasalarida o‘tkazilgan emlashlarni, bolalarni yashaydigan joylaridan qat’iy nazar barchasini kiritishlari lozim;

VAKSINALARNI SAQLASh, ULARDAN FOYDALANISh VA HISOBOTINI YuRITISh TARTIBLARI

Profilaktik emlashni o‘tkazish uchun faqat mamlakatimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan dori vositalari, tibbiy texnikalarni sifatini nazorat qilish Bosh Boshqarmasi tomonidan ro‘yxatga olingan va sertifikatlangan, belgilangan tartiblarga asosan O‘zbekiston respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilgan vaksinalar bilan o‘tkaziladi;

Davolash profilaktika muassasasi bosh vrachlari, vaksinalarni va boshqa immunobiologik preparatlarni hamda shpritslarni, inyeksiya materiallarini xavfsiz yo‘qotish uchun qutilarni o‘z vaqtida olinishi, to‘g‘ri saqlanishi va taqsimlanishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi;

Vaksinalarni hisobga olish, saqlash va sarflash DPM bosh vrachi buyrug‘i bilan muassasaning bosh hamshirasi zimmasiga yuklatiladi, undan tashqari alohida, sovutgich jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha va vaksinalarni to‘g‘ri saqlash va tashish bo‘yicha maxsus o‘qitilgan tibbiy xodim tayinlashini lozim.

Vaksinalarni tarqatish joylardan (DSENM), foydalaniladigan joylarga — hududiy DSENMlarga, poliklinikalarga, tug‘ruq uylariga, MTMlarga, maktablarga va boshqa joylarga belgilangan tartiblar asosida “sovuqlik zanjiriga” amal qilgan holda, olib kelishlari uchun maxsus termoelementlari bo‘lgan sovutgich sumkalar bo‘lishi lozim.

Olingan bakterial preparatlar, shpritslar va inyeksion materiallar xavfsiz utilizatsiya qilish karobkalarining hisoboti Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti, YuNISSEF tomonidan tavsiya etilgan maxsus, “Vaksinalar, shprits ignalarni nazorat qilish jurnali” bo‘yicha olib boriladi.

Emlash xonalarida tibbiy immunobiologik preparatlarni O‘z Res.SSVning 11-aprel 2006-yil 148-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Barcha bo‘g‘inlarda, saqlanadigan vaksinalarni effektivligini boshqarish bo‘yicha Standart Ishchi Muolajalar”i uslubiy qo‘llanmani hisobga olgan xolda saqlanishi lozim.

Emlash xonalarida vaksinalarni saqlaydigan sovutgich jihozlari me’yorda ishlaganda va elektr ta’minoti uzluksiz bo‘lganda saqlanish muddati 1 oy. Shu belgilangan muddatni e’tiborga olgan xolda DPMlarda avvaldan 1 oyda sarflanadigan vaksinalarning hisobi qilinib, vaksina olinishi lozim.

Sovutgich jihozlari nosoz bo‘lganda elektr ta’minotida uzilishlar ko‘p bo‘lganda vaksinani 1 kunda, ya’ni emlash o‘tkazadigan kunga berish masalasi hal etilishi kerak.

Vaksinalarni saqlash tartiblari:

Vaksinalar erituvchilarini muzlatish mumkin emas, ularni +2 °S dan +8 °S gradus gacha bo‘lgan haroratda saqlash lozim. Erituvchilarini xona haroratida yoki sovutgichda bo‘sh joy bo‘lsa, uning ichida saqlash mumkin. Emlash kunida erituvchilar sovutgichda +2 °S gradusdan +8 °S gradusgacha bo‘lgan haroratda saqlanishi lozim.

VG V, AKDS, ADS, ADS-M, AD-M va rotovirusga qarshi vaksinalarni muzlatish qat’iyan man etiladi, ularni sovutgichni o‘rtasidagi polkada saqlash kerak. Sholga qarshi vaksinani muzlagan holda saqlanishiga faqat DSENMlarda ruxsat etiladi.

Foydalanishga yaroqsiz vaksinalar:

fizikaviy xususiyatlarga mos kelmasa;

ampula butunligi buzilgan bo‘lsa;

flakon yoki ampuladagi yozuv belgilari yo‘q bo‘lsa yoki noaniq bo‘lsa;

yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa;

sovuqlik tizimiga rioya etilmasdan saqlangan yoki tashilgan bo‘lsa, ayniqsa, muzlagan bo‘lsa (intikator ko‘rsatgichlari bo‘lsa)

+8 °S va yuqori harorat ta’sirida bo‘lgan, flakondagi indikator rangi (III-IV darajada) o‘zgargan bo‘lsa barcha vaksinalar yo‘qotiladi.

Foydalanishga yaroqsiz xolga kelib qolgan vaksinalarni yo‘q qilish uchun uch kishi (UASh, bosh hamshira, o‘rta tibbiyot xodimi)dan iborat komissiya tuzilib, dalolatnoma yoziladi. Dalolatnomada preparatni foydalanishdan chiqarib tashlash sabablari ko‘rsatiladi.

Muassasa bosh vrachi buyrug‘i bilan emlashda foydalanilgan shpritslarni, ignalarni va boshqa inyeksiya materiallari yig‘ilgan maxsus karobkalarni yo‘q qilish uchun maxsus o‘qitilgan, sertifikati bo‘lgan o‘rta tibbiy xodim yoki kichik tibbiy xodim tayinlanadi.

BOShQARILADIGAN YuQUMLI KASALLIKLARNI EPIDEMIOLOGIK NAZORATI

Respublika sanitariya — epidemiologiya xizmati ta’minlashi lozim:

kasallanish va tashuvchanlik darajasi bo‘yicha epidemiologik kuzatuv o‘rnatish;

kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan hudud (bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal, qizamiq, shol, koksholga 2 yoshgacha bolalarni emlashga to‘liq qamrab olinmagan, oxirgi 5 yilda kasallanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan)lar birinchi navbatda profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish uchun aniqlab olish;

immunitet tarangligi nazoratini tashkil etish;

boshqariladigan yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarini odamlar o‘rtasida va tashqi muhitdagi sirkulatsiyasini kuzatish.

BO‘G‘MA KASALLIGINI EPIDEMIOLOGIK NAZORATI

bo‘g‘ma kasalligiga gumon qilingan shaxslar (rinit, laringotroxeit, laringit, nafas bo‘g‘ilishi) barcha turdagi angina bilan bemorlarni laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish;

aholi qatlamlarini bo‘g‘maga qarshi immunitetini nazorat qilish;

kasallik o‘choqlarida muloqotdagilarini, kasallanish avj olganda esa xavfli guruhdagi shaxslarni ham tekshirish;

profilaktik maqsadda-bolalar uylariga, maktab internatlariga, sil bilan kasallanganlar sanatoriyalariga, bolalar va katta yoshdagilar psixonevrologik muassasalariga yangi ishga qabul qilinganlar tekshiriladi;

O‘TKIR BO‘ShAShGAN ShOL (O‘BSh) EPIDEMIOLOGIK NAZORATI VA ShOL KASALLIGINI ChETDAN KIRIB KELIShINI YO‘L QO‘YMASLIK

shol kasalligiga gumon qilingan shaxslar shuningdek o‘tkir bo‘shashgan shol belgilari mavjud bo‘lgan, noma’lum sababga ko‘ra falajlik kuzatilgan bolalarni virusologik va serologik tekshiruvlardan o‘tkazish;

shol kasalligi bilan kasallangan va kasallikka gumon qilingan bolalar bilan muloqotda bo‘lganlarni, O‘BSh infeksiyasi o‘chog‘ida bo‘lgan bolalarni va tashqi muhitni laboratoriya usuli bilan tekshirish;

bolalarni sholga qarshi immunitet tarangligini o‘rganish;

epidemik o‘choqda bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni emlash;

oqova suvlarni, tuproqni, ochiq suv havzalarini laboratoriya usuli bilan nazorat qilib borish (hamma virusologik va serologik tekshiruvlarni 50 % ni tashkil etishi lozim)

O‘BSh ustidan faol epid nazorat o‘tkazish;

shol bilan kasallanish holati chetdan kirib kelganligini aniqlanganda “Milliy chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq barcha chora-tadbirlar o‘tkaziladi.

QIZAMIQ QIZILChA VA TUG‘MA QIZILChA SINDROMI EPIDEMIOLGIK NAZORATI

(O‘z.Res.SSVning 24-aprel 2003-yil kunidagi 192-sonli buyrug‘i va SSVning 11-mart 2013-yil kunidagi 202-sonli farmoyishi)

Maqsad — 2013-yildan boshlab qizamiq va qizilchani batamom tugallashga erishish jarayonlari tizimini tatbiq etib, 2018 — 2020-yillarda qizamiq va qizilchani Respublikada batamom tugatish buning uchun epid nazorat bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish lozim.

qizilcha va qizamiqqa gumon qilingan shaxslarni virusologik va serologik tekshiruvlardan o‘tkazish;

qizamiq va qizilcha kasalligi bilan kasallangan bemor yoki gumon qilingan shaxslar bilan kasallik o‘chog‘ida muloqotda bo‘lgan shaxslarni serologik laboratoriya usuli bilan tekshirish;

bolalarni qizamiq va qizilchaga immunitet tarangligini o‘rganish maqsadida tekshiruvlar o‘tkazish;

epidemiologik o‘choqda bemor bilan muloqotda bo‘lgan 6 oylikdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni qizamiq va qizilchaga qarshi emlash;

qizamiq, qizilcha va TQS bo‘yicha faol epid nazorat o‘tkazish.

EMLAShDAN SO‘NGI REAKSIYALAR VA ASORATLAR EPIDEMIOLOGIK NAZORATI

(O‘zbekiston Respublikasi SSVning 27-yanvar 2015-yildagi 36-sonli buyrug‘i.)

emlashdan so‘ngi reaksiyalarni (ESR) va emlashdan so‘ngi asoratlar (ESA) ni aniqlash va ro‘yxatga olish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish hamda kelib chiqish sabablarini aniqlash;

ESR va ESAlarni xususiyatlarini va sonini har bir preparat uchun alohida o‘rganib, aniqlash;

olingan ma’lumotlarni tahlil qilish;

ESR va ESAlarni keltirib chiqaruvchi xavf — omillarini aniqlash.

EPIDEMIOLOGIK KO‘RSATMA BO‘YIChA PROFILAKTIK EMLASh KALENDARI

Oldingi tahrirga qarang.


Yüklə 123,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin