“TASDIQLAYMAN“
Zafarobod tuman hokimi
o‘rinbosari v.v.b.
_______ J.Adilov
11.08.2023 yil
Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONI
2023-yil 11-avgust Zafarobod tumani
Raislik qildi: J.Adilov - tuman hokimi o‘rinbosari v.v.b.
Ishtirok etdilar: S.Usmanov, Sh.G‘ayirov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʻektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hududiy vakillari,
R.Xasanov - Savdo-sanoat palatasi jizzax hududiy boshqarmasi boshlig‘i
Taklif etilganlar: Tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i A.Azizov, Savdo-sanoat palatasi Zafarobod tuman bo‘limi xodimlari, tumandagi tadbirkorlik sub‘ektlari hamda tegishli tashkilot va korxonalar raxbarlari.
Kun tartibi:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023 yil 07 iyuldagi 279-sonli ““20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori mazmun mohiyatini tadbirkorlik sub‘ektlari hamda korxona va tashkilotlarga tushuntirish.
“Tadbirkorlar kuni” o’tkazilishi munosabati bilan tadbirkorlarni yanada qo’llab-quvvatlash hamda muammolarini bartaraf etish.
(J.Adilov, A.Azizov, J,Hayitboyev, J.Adilov)
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman hokimi o’rinbosari J.Adilov so‘zga chiqib, aholini tadbirkorlikka jalb qilishni yanada jadallashtirish, tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirish uchun qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni ta’minlash. Tumanimiz tadbirkorlik sub’ektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvini kengaytirish borasidagi ishlar. jumladan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023 yil 07 iyuldagi 279-sonli ““20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaror Nizomlari tasdiqlandi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag’allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub‘ektlari bilan o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida“gi 2023 yil 12 iynldagi PF-93-son Farmoniga muvofiq “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini (keyingi o’rinlarda – Dastur) amalga oshirishda “Hamkorlik shartnomasi“ni tuzish va Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlik sub‘ektlariga imtiyoz va preferensiyalar berish tartibi tadbirkorlarga tushuntirildi.
tuman Savdo-sanoat palatasi J.Hayitboyev so’zga chiqib tadbirkorlik sub‘ektlari hamda korxona tashkilotlarga ushbu jarayonda tadbirkorlarning muammo va takliflarini o’rganish, masalalarni joyida o’rganib echimini hal qilib borish tashabbusini ilgari surib, tadbirkorlarni yanada qo’llab-quvvatlash masalasi qoyilganligi to’g’risida tushuntirildi.
2023 yil 1 fevrldan boshlab mikro, kichik va o’rta tadbirkorlik sub‘ektlari Savdo-sanoat palata a’zoligiga a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda tekin qabul qilinishini hamda qonunda nazarda tutilgan a’zolik bilan bog;liq Palata xizmatlaridan to’la qonli foydalanish huquqiga ega ekanliklari to’g’risida bildirib o’tildi.
Shuningdek, tadbirkor va tadbirkorlik istagidagi fuqarolarning murojaatlari bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar berildi.
Kun tartibiga qo’yilgan masala yuzasidan yig’ilish ishtirokchilarining axborotlari tinglanib hamda tadbirkorlik faoliyatidagi muammolar va takliflarini muhokama qilib yig’ilish
Q A R O R Q I L A D I:
1. Tuman Savdo-sanoat palatasi J.Hayitboyevning “Tadbirkorlar kuni” o’tkazilishi munosabati bilan tadbirkorlarni yanada qo’llab-quvvatlash bo’yicha xisoboti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimi o’rinbosari A.Azizov, tuman Savdo-sanoat palatasi J.Hayitboyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023 yil 07 iyuldagi 279-sonli ““20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaror ijrosini ta’minlasin.
3. Mazkur yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini o’z zimmamda qoldiraman.
Bayonni yozib bordi: O’.Jingilboyev
Ўзбекистон Республикаси Савдо-саноат палатаси
Жиззах вилояти худудий бошқармаси бошлиғи в.в.б М.Исмоиловга
Зафаробод туман бўлими бошлиғи Ж.Хайитбоев томонидан
Б и л д и р г и
Зафаробод туманида иш самарадорлигини ошириш учун октябр ойида керак бўладиган керак бўладиган зарурий концелария моллари
Рўйхати:
Оқ қоғоз 2 пачка
Фолер папка 10 дона
Органайзер 1 дона
Маркер 1 пачка
Принтер барабани 2 та
Принтер бўёғи 4 та
Бўлим бошлиғи: Ж.Хайитбоев
19.10.2023 йил
Dostları ilə paylaş: |