Tasdiqlayman



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə11/14
tarix25.11.2016
ölçüsü0,72 Mb.
#8
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Kam harakatli o‘yinlar – shaxmat, shashka va h.z. Bunda bemorlarni kasallikdan chalg‘itish, emotsional-ruhiy holatiga ta'sir etish, e'tiborini kuchaytirish amalga oshiriladi.

Harakatli o‘yinlarstol tennisi, badminton, kegelban, kreket va h.z. Ular yordamida bemorlarning emotsional holati yaxshilanadi, harakat kengligi oshiriladi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizm moslashtiriladi.

Sportga oid o‘yinlar – voleybol, basketbol, futbol va h.z. Ular ham bemorlarning emotsional holatini yaxshilaydi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizmni moslashtiradi.

Aeroterapiya – havo bilan davolash.

Gidroterapiya – suv bilan davolash.

Tallasoterapiya – dengiz suvlari bilan davolash.

Gelioterapiya – quyosh nurlari bilan davolash.

Mehnat bilan davolash. Bemorning emotsional ruhiy holatlariga oid savollarni xal qilish uchun qo‘llaniladi. Mehnat bilan davolash shifoxona va uy sharoitlarida olib boriladi. Shifoxonada, ayniqsa asab kasalliklari, travmatologiya, revmatologiya va boshqa bo‘limlarda muhim ahamiyatga ega. Asab kasalliklari bo‘limida bemorlarning o‘ziga-o‘zi xizmatini tiklash, travmatologiyada – mehnat stendlaridan foydalanib, bemorni hayot faoliyatida zarur mehnat-larga o‘rgatish. Uy sharoitida meva va sabzavotlarni tozalash, hamirli ovqat qilish, tugish, bichish mashqlari, bog‘ va polizlarda me'yorli ishlash.

Davolovchi gimnastika muolajasi - shifoxonada o‘tkziladigan shakllarning asosiysi bo‘lib hisoblanadi.

Davolovchi gimnastika muolajasining kirish qismi - bunda organizm asosiy yuklamani bajarishga tayyorlanadi.

Davolovchi gimnastika muolajasining asosiy qismi - bunda organizmga aso-siy mashqlar beriladi va uning jismoniy yuklamaga moslashishi amalga oshiriladi.

Davolovchi gimnastika muolajasining tugallanish qismi – bunda organizmga yengil, bo‘shashtiruvchi mashqlar beriladi, organizmning dastlabki holati-ga qaytishi ta'minlanadi.

Dastlabki holat – mashqlar bajariladigan holat.

Ertalabki badan tarbiya - 15 – 20 minut davomida bajariladi, qo‘llashdan maqsad organizmning umumiy tonusini ko‘tarish, tetiklashtirish. Shakl yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi.

Terrenkur -har xil ko‘tarilib tushish burchagiga, masofa uzunligiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yo‘lka. Bu shakl asosan sanatoriya-kurortlarda, dispan-serlarda qo‘llaniladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas organlari, oshqozon-ichak yo‘li, tayanch-harakat apparati kasalliklari va modda almashinuvi buzilishi bor bemorlarga tavsiya etiladi.

Sog‘lomlashtiruvchi yugurish - me'yorli sur'atda yugurish uchun oyoqlar ma'lum balandlikka ko‘trilib yuguriladi.

Sayr qilish, ekskursiya - sog‘lomlashtirish, organizmni mustahkamlash, chiniqtirish, emotsional tonusni tiklash maqsadida foydalaniladi.

Yaqin turizm - asosan sanatoriya-kurortlarda, tog‘li sharoitda qo‘llanilib, bemorlarga kuniga ko‘p emas, kam emas o‘rta hisobda 15 kmgacha yurish tavsiya etiladi.

O‘yinli darslar - shifoxonadan tashqarida o‘yin vositalaridan foydalangan holda o‘yinli darslar amalga oshiriladi. Bu bilan bemorlar organizmini o‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirib boriladi.

Massaj – bu kasallikni davolash va oldini olish usulidir. U bilan tana yuzasiga yoki ba'zi organlarga maxsus usullar bilan ta'sir tiladi. massaj asosan qo‘l bilan qilinadi, lekin maxsus asboblar yordamida apparat bilan ham o‘tkaziladi.

Sport massaji - Bu massaj turi sportchilarning funksional holatini, sport formasini yaxshilash, jismoniy ish bajarish qobiliyatini oshirish, jarohat va tayanch-harakat apparati kasalliklarining oldini olish uchun qo‘llaniladi. Sport massaji dastlabki (mobilizatsion) va tiklovchi massajlarga bo‘linadi.

Dastlabki massaj trenirovkadan (musobaqadan) oldin o‘tkaziladi. Bundan maqsad – nerv-mushak apparatini, yurak-qon tomir va nafas sistemalarini tayyorlash, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirish, tayanch-harakat apparati jarohatlarining oldini olishdir. Bajariladigan ish xarakteriga, sport turiga, sportchining ruhiy holatiga qarab tinchlantiruvchi va tetiklashtiruvchi massaj farqlanadi.

Tiklovchi massaj katta jismoniy va ruhiy yuklamalardan so‘ng bajariladi. Uning vazifasi bo‘lib hisoblanadi : sportchining funksional holatini tiklash, jismoniy ish bajarish qobiliyatini oshirish, umumiy holsizlanishni chetlashtirish. Asosan umumiy tiklovchi massaj, kam holatlarda mahalliy (kurashchi, bokschi, gimnastlar uchun tanaffus vaqtida) tiklovchi massaj qilinadi. Katta jismoniy yuklamalardan so‘ng avaylovchi xarakterda bo‘ladi, dam olish kunlari massaj ancha chuqur o‘tkaziladi. Massajning qo‘llanilish soni holsizlanish darajasiga, tayyorgarlik bosqichiga va boshqa omillarga bog‘liq holda qilinadi.

Davolovchi massaj - har xil jaroxatlar va kasalliklarni davolashda samarali davolash usuli bo‘lib hisoblanadi. Organizm funksiyalarining buzilish xarakteriga qarab massajning modifikatsiyasi o‘zgaradi, u o‘zining uslublariga, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalariga ega.

Gigienik massaj - undan kasalliklarning olidini olish, organizmning normal funksional holatini saqlash uchun tanani parvarishlash, sog‘liqni mustahkamlash maqsadida foydalaniladi. Massaj natijasida organizmning qarshiligi oshadi, immuniteti ko‘tariladi. Gigienik massaj umumiy va mahalliy bo‘lib, alohida yoki ertalabki badan tarbiya bilan birgalikda, hamda saunada, rus hammomida qo‘llaniladi. U ko‘p hollarda o‘zini-o‘zi massaj qilish qo‘rinishida qo‘llaniladi. Uni vanna va dush qabul qilishda qo‘llash mumkin. Bunda asosiy bo‘lgan silash, surtish, siqib chiqarish, yumshatish, vibratsion usullaridan foydalaniladi.

Kosmetik massaj - bu massaj faqat mahalliy holda o‘tkaziladi. U qarishni oldini olish uchun normal teri parvarishida, har xil kosmetik kamchiliklarida, kasalliklarda qo‘llaniladi. Kosmetik massaj uch xil bo‘ladi : gigiepnik (profilaktik), davolovchi va plastik.

Umumiy massaj - bunda butun tana yuzasi massaj qilinadi. Massajning davomiyligi uning turiga, massaj olayotgan tana vazniga, yoshiga, jinsiga va bashqalarga bog‘liqdir. Umumiy massaj qilinayotganda massaj usullarining ketma-ketligi inobatga olinadi. Avval silash, siqib chiqarish, surtish keyin yumshatish va vibratsion usullari qilinadi. massaj silash bilan tugatiladi. Oddatda massaj tananing katta yuzali sohasida va yirik mushaklaridan boshlanadi, shuning uchun umumiy massajni orqadan boshlagan ma'qul.

Mahalliy massaj - bunda tananing alohida bir bo‘lagi massaj qilinadi, masalan: bo‘yin, orqa, oyoq va h.z. Zaruriyat tug‘ilganda ma'lum bir mushak, bo‘g‘im, bog‘lam va boshqalar massaj qilinadi. Massajning davomiyligi tananing qaysi qismi uqalanishiga bog‘liq. Oddatda mahalliy massaj 3 minutdan kam, lekin 25 minutdan ko‘p qilinmaydi. Massaj usullarining ketma-ketligi xuddi umumiy massajnikidek.

O‘zini-o‘zi massaj qilish - bunda inson o‘zini-o‘zi massaj qiladi. U ko‘pincha ertalabki badan tarbiyadan so‘ng, hamomda, jarohat va kasalliklarda, sportda keng qo‘llaniladi.

Juft massaj - bu massaj turi ertalabki badan tarbiyadan so‘ng, saunada, sport musobaqalaridan oldin va keyin, sport mashg‘ulotlaridan oldin va keyin qo‘llaniladi. Juft massaj ba'zi kasallik va jarohatlarda, umurtqa pog‘anasi jarohatlarida, bel-dumg‘aza radikulitida, qo‘l-oyoq paralichida, bronxial astmada, surunkali zotiljam va o‘pkaning boshqa kasalliklarida, gastritda, kolitda, xoletsistitda va h.z.larda qo‘llanilmaydi.

O‘zaro massaj - o‘zaro massaj saunada, maishiy hayotda, ishlab chiqarishda va h.z.larda qo‘llaniladi. Bunda ikki kishi bir-birini massaj qilib, massajning asosiy usullarini qo‘llaydilar. O‘zaro massaj qo‘l va apparat yordamida umumiy va mahalliy ko‘rinishda o‘tkazilishi mumkin.

Qo‘l massaji - massajning an'anaviy usulidir. Qo‘l massaji yordamida massajning hamma usullarini qo‘llash mumkin, hattoki lozim bo‘lganda ularni kambinatsiyalash va ketma-ketligini o‘zgartirish mumkin. Bu massajning salbiy tomoni massajistning charchashidir.

Apparatli massaj - bu usulning kamchiligi shundaki, massajist uqalanayotgan sohani sezmaydi, ba'zi massaj usullarini qo‘llab bo‘lmaydi. Shuning uchun apparatli massaj qo‘lli massajga qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llaniladi. Amaliyotda ko‘p hollarda vibriomassaj, pnevmomassaj (vakuumli) va gidromassaj qo‘llaniladi.

Kombinatsiyalangan massaj - bu apparatli massajning klassik yoki segmentar massajning birgalikda o‘tkazilishidir. Kombinatsiyalangan massaj organizmga fiziologik ta'sirini kuchaytiradi, massaj muddatini qisqartiradi va ko‘pchilikka o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bu massaj sport amaliyotida keng qo‘llaniladi. Shuningdek jarohatlarda, tayanch-harakat apparatining kasalliklarida va asab sistemasi kasalliklarida keng qo‘llaniladi.
ReFeRAT MAVZULARI

Stomatologiya fakultet uchun

  1. Yuz nervi jarohatlari va kasalliklarida davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash.DJTning shakl va vositalarini tanlash va organizmni tiklash uchun reabilitatsiya kompleksini tuzish.

  2. Noa'nanaviy nafas mashqlari.Nafas mashqlarni turlari: statik, dinamik va mahsus. Noa'nanaviy nafas mashqlari: u-shu, pranayyama-yoga va h.q. Ta'sir mexanizmlari, o‘tkazilish tartibi.

  3. Sog‘lom turmush tarzi.Organizmning jismoniy rivojlanishiga, salomatlik holatiga, ichki organlarning rivojlanishi va funksional holatiga jismoniy mashqlarning ta'siri. Organizmning salomatligini mustahkamlashda harakat faolligini tanlash, DJTning vosita va shakllarini aniqlash va qo‘llash.

  4. Plastik va tiklanish operatsiyalaridan so‘ng davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash.DJTning shakl va vositalarini tanlash va organizmni tiklash uchun reabilitatsiya kompleksini tuzish.

  5. Stomatologiyada massajni qo‘llash.Massaj turlari: davolash, gigienik, kosmetik. Ta'sir mexanizmi. Uslublari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

  6. Yuz jag‘ sohasi tug‘ma va orttirilgan defekt va deformatsiyalarni davolashda jismoniy tarbiya usullarni qo‘llash. Tish jag‘ anomaliyalarda DGsi. Ta'nlagning tug‘ma yoriqlarida DJTni qo‘llash. Yuzning mimika mushaklari va chaynash apparatining anatomiya fiziologik tafsifi va yoshga oid jag‘ni rivojlanishida DJT usullarini qo‘llash.


ADABIYoTLAR RO‘YXATI

Asosiy (A):

1.yepifanov V.A., Apanasenko G.L. «Lechebnaya fizkultura i vrachebnыy kontrol» M., 1990 g.

2.yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000

3.Popov V.I. Chogovadze V.G. « Fizicheskaya reabilitatsiya» Rostov na Donu 2001g.

4.yepifanov V.A. “ Lechebnaya fizicheskaya kultura” M. 2003g.

5.Dubrovskiy V.A. “ Lechebnaya fizkultura” M. 2004 g

6. Sokolov A.A., Zausaev N.K. «LFK v chelyustno-litsevoy xirurgii» M., 1990g

7. Sokolov A.A. «Lechebnaya fizkultura v stomatologii» 1988g.



Qo‘shimcha (Q):

1.yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000

2.Rixsieva O.A. «Massaj» T. 1996 g.

3.yevdokimova T.A. Milyukova I.V. Noveyshiy spravochnik“ Lechebnaya fizkultura” M. 2004g.

4.«Meditsinskie osnovы fizicheskogo vospitaniya i formirovaniya zdorovya i garmonichnogo razvitiya detey i podrostkov» prof. Nazirov F.G. prof. Axmedova D.M. prof. Suyumov F.A. dots. Vasilev V.D, prof. Shayxova G.I. Tashkent 2003g

5.Karpman V.L. «Serdse i sport» M., 1999

6.Edvard T. Xouli, B. Don-Frenks « Rukovodstvo instruktora ozdorovitelnogo fitnessa» Kiev 2004g

7.Bet Shou “Yoga fit Trening dlya zdorovya” M. 2005 g.

8.Milyukova I.V. yevdokimova T.A. “Gimnastika dlya detey” M. 2004 g.

9.A. Bokov S. Sergeev “ Yoga dlya detey” M. 2004 g.

10.yepifanov V.A., Moshkov V.N. «Lechebnaya fizkultura (spravochnik)» M.1997

11.Aulik I.V. «Opredelenie fizicheskoy rabotosposobnosti v klinike i sporte» M., 1990

12.Yuldashev K.Yu. «Nemedikamentoznыe metodы lecheniya profilaktiki i meditsinskoy reabilitatsii». Sb. nauch. trudov. T.-1994g.

Chet el adabiyoti:


  1. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

  2. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

  3. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DO Sports Medicine Study Guide and Review for Boards

  4. Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000

  5. Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.

  6. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  7. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.

  8. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing.

Internet saytlari:

http://www.medscap.com

http://www.sportsinjuryclinic.net

http://www.about. com.

http://www.healthline. com

http://www.medlinks.ru



http://www.sportmed.com

O‘QUV MATeRIALLARI



1-Ma'ruza. ShIFOBAXSh JISMONIY TARBIYaNING UMUMIY ASOSLARI . JISMONIY MAShQLARNI

ODAM ORGANIZMIGA TA'SIR MeXANIZMI ASOSLARI. DJTni STOMATOLOGIYaDA QO‘LANIShI.


Toshkent - 2013


1-Ma'ruza. ShIFOBAXSh JISMONIY TARBIYaNING UMUMIY ASOSLARI . JISMONIY MAShQLARNIODAM ORGANIZMIGA TA'SIR MeXANIZMI ASOSLARI. DJTni STOMATOLOGIYaDA QO‘LANIShI.

Ma'ruza stomatologiya fakultetining 4-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan.



Ma'ruzaning maqsadi

Talabalarni jismoniy mashqlarning shifobaxsh ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va toshxisiga qarab shifobaxsh gimnastika kompleksini tuzishni o‘rgatish.

Tarbiyaviy maqsadi

Talabalarni fan orqali deontologiya haqidagi tushuncha, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash. Ularni aholining sog‘lig‘ini yaxshilash, ish va mehnat qobiliyatini oshirish, shu bilan bir qatorda shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalari yordamida kasallikning oldini olish va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazishga o‘rgatish.

Ma'ruzaning vazifalari

1.Talabalarda bemorning holatiga javobgarlikni tarbiyalash.

2.Fan haqida tushuncha, maqsad va vazifalarini berish.

3.Talabalarni shifobaxsh jismoniy tarbiya usullarining o‘ziga xosligi va jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmi bilan tanishtirish.

4.Talablarni shifobaxsh jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari, shakllari va harakat tartibotlari bilan tanishtirish.

Ma'ruzada ko‘riladigan savollar

1.Shifobaxsh jismoniy tarbiya fani, uning maqsadi va vazifalari.

-10 dakika

2.Shifobaxsh jismoniy tarbiya – davolash usullari, jismoniy mashqlarning shifobaxsh ta'sir mexanizmi. -10 dakika

3.Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning vositalari. -25 dakika

4.Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning shakllari. -20 dakika

5.Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlari, shifobaxsh gimnastika kompleksini tuzish prinsiplari. -25 dakika

Shifobaxsh jismoniy tarbiya (ShJT) – bu jismoniy tarbiya vosita-larini kasallikni davolash, oldini olish va bemorlarni reabilitatsiyasi maqsadida qo‘llashdir.

ShJTning o‘ziga xos xususiyatlari yoki davolash usullari :

-ShJT tabiiy biologik davolash usulidir. Bunda davolash jarayonida tabiiy bo‘lgan harakatlar va tabiiy omillardan foydalaniladi;

butun davolanish jarayonida bemorlar faol ishtirok etadilar;

-ShJT patogenetik davolash usulidir. Jismoniy tarbiya vositalari yordami bilan kasalliklrning patogeneziga ta'sir ko‘rsatiladi. Masalan : bronxial astmada bronxlarning torayishi (spazmi) kuzatiladi. Beriladigan maxsus mashqlar yordamida bronxlarning torayishiga ta'sir etib, yo‘qotiladi. Bunda o‘pka ventilyasiyasi oshiriladi, drenajlovchi nafas mashqlari yordamida turib qolgan sekretlar haydaladi;

-ShJT nospetsifik davolash usulidir. Davolash maqsadida beriladi-gan mashqlar spetsifik ta'sir qilish bilan bir vaqtda, organizmning umumiy reaktivligi,modda almashinuv jarayonlari,organlarning qon bilan ta'minlanishlarini kuchaytiradi;

-ShJT funksional davolash usulidir. Patologik jarayonning rivojlanishi hisobiga organ va sistemalarning funksional holatlarida buzilishlar kuzatiladi. ShJT vositalari bilan buzilgan funksional holatlar yaxshilanadi va tiklanadi. Masalan : jarohat vaqtida singan suyak-larga gips qo‘yiladi, bunda yaqin bo‘lgan ikki bo‘sh bo‘g‘im fiksatsiyalanadi. Natijada uzoq vaqtga qo‘yilgan gips bo‘g‘imlardagi harakatlarni chegaralaydi, ularning qon bilan ta'minlanishi buziladi va mushaklar atrofiyaga uchraydi. Bemorlarga beriladigan jismoniy tarbiya vositalari bu holatlarni kamaytirishga, yo‘qotishga va funksiyasini yaxshilashga va qisqa vaqt davomida tiklashga qaratiladi. Shifobaxsh gimnastika muolajasi gips qo‘yilgan birinchi kundan boshlab ochiq joylarga, bo‘sh bo‘g‘imlarga beriladi. Gips olinganidan so‘ng har xil mashqlar beriladi (tuzatuvchi, mexanotera-piya, muvozanatga, koordinatsiyaga va h.z) va ular yordamida buzilgan funksiyalar yaxshilanadi va tiklanadi.

Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning ta'sir mexanizmlari :



1.Neyro-reflektor-gumoral ta'sir– jismoniy mashqlar nerv retsep-torlarining nospetsifik qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib hisoblanadilar. Ular nerv retseptorlariga ta'sir etib, markazga intiluvchi yo‘l orqali MNSga bora-dilar. U yerda gipofiz-gipotalyamus sistemasi orqali o‘tib, retikulyar for-matsiya va po‘stloq ostida joylashgan har xil markazlarga ta'sir etib, impulslarni o‘zgartirilgan holda markazdan qochuvchi nerv yo‘llari orqali patologik o‘chog‘iga qaytib tushadi va quyidagilarga olib keladi:

-qon va limfa aylanishi yaxshilanadi;

-modda almashinuv jarayoni faollashadi;

-biologik aktiv moddalarning ajralishi kuchayadi;

-regeneratsiya va reporatsiya jarayonlari yaxshilanadi;

-to‘qima trofikasi yaxshilanadi.

Bunday ta'sirlar natijasida og‘riq susayadi va qoladi, yallig‘lanish holatlari kamayadi, spazmalitik ta'sirni yuzaga keltiradi.

2.Kompensator (to‘ldiruvchi) ta'sir bunda organizmdagi patologik o‘zgarishlar o‘rni to‘ldiriladi va patologik jarayonning avj olib ketishi-ning oldi olinadi. Masalan : nafas organlari kasalliklarida, nafas jarayo-nida ishtirok etuvchi mushaklarga mashqlar beriladi, ya'ni diafragmaga, qovurg‘alar oralig‘iga, yelka kamariga, orqa mushaklariga. Hazm organlari kasalliklarida qorin oldi mushak pressiga mashqlar, tos tubi organlari kasalliklarida oraliq va anus sfinkteriga mashqlar va h.z.

3.Trofik ta'sir qo‘llanilayotgan jismoniy tarbiya vositalari ta'si-rida tomirlar kengayadi, qon aylanishi yaxshilanadi, modda almashinuvi yaxshilanadi, natijada jarohatlangan joyning trofikasi yoki oziqlanishi yaxshilanadi.

Shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalariga quyidagilar kiradi :

1.Jismoniy mashqlar

2.Tabiatning tabiiy omillari

3.Shifobaxsh massaj

4.Mehnat bilan davolash

Jismoniy mshqlar.

Jismoniy mashqlar ShJTning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy mashqlar quyidagilarga bo‘linadi :

1.Gimnastik mashqlar

2.Amaliy sport mashqlari

3.O‘yinlar

Gimnastik mashqlar jismoniy mashqlarning asosini tashkil etadi. Gimnastik mashqlar o‘z navbatida bo‘linadi :

A.Nafas mashqlariga :



a)statik yoki turg‘un nafas mashqlari

-ko‘krak nafas mashqlari

-diafragmal yoki qorin orqali nafas mashqlari

-to‘liq yoki aralash nafas mashqlari

-lokal yoki mahalliy nafas mashqlari

b)dinamik nafas mashqlari

-fiziologik nafas mashqlari

-Strelnikova bo‘yicha paradoksal nafas mashqlari – o‘pkaning venti-lyasiyasini oshirish va drenajini yaxshilash uchun beriladi, qo‘l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilinib, asosiy e'tibor nafas olishga qaratiladi.

v)maxsus nafas mashqlari

-ritmik yurish – bunda nafas olish yurishga moslashtiriladi, ya'ni 1-nafas olinadi, 2-nafas chiqariladi.

-tovushli nafas mashqlari – tovushli nafas mashqlarini bajarish maqsadida unli va undosh harflardan foydalaniladi. Bu mashqlar o‘pka ventilyasiyasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi, masalan : nafas olib, nafas chiqarishda unli harflardan foydalaniladi. Shuningdek nafas yo‘lla-ridan balg‘amni haydash maqsadida nafas chiqarishda undosh harflarni aytish bilan amalga oshiriladi.

-drenajlovchi nafas mashqlari – asosiy e'tibor drenajlovchi dastlab-ki holatlarga qaratiladi, ya'ni unga talab shuki, patologik o‘chog‘ bronxlar bifurkatsiyasidan, tananing bosh qismidan yuqori turishi kerak. Quyidagi dastlabki holatlar qo‘llaniladi :

a) sog‘ yon boshda yotgan;

b) tizza-tirsak;

v) qorinda yotib, boshi pastga tushurilgan;

g) qorinda yotib, oyoq qismi 15, 30, 45 graduslarga ko‘tarilgan;

d) o‘tirgan, bosh qismi pastga engashtirilgan.

B.Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarga :

Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar belgilari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi :

a) anatomik belgisi bo‘yicha

-yuz, ensa mushaklari uchun mashq

-bo‘yin, yelka va orqa mushaklari uchun mashq

-qo‘l mushaklari uchun mashq

-qorin oldi mushaklar pressi va tos tubi mushaklari uchun mashq

-oyoq mushaklari uchun mashq

-butun tana mushaklari uchun mashq

b) faollik belgisi bo‘yicha mashqlar

-passiv mashqlar – tushak tartibotidagi bemorlar uchun tavsiya etiladi, metodist, shifokor, hamshira yoki boshqalar yordamida mashqlar bajariladi

-faol mashqlar – bemorlar o‘zi mustaqil mashqlarni bajaradi

-ideomotor mashqlar – hayolan bajariladigan mashq, organizmga neyroreflektor ta'sir ko‘rsatadi

v) snaryadlarni qo‘llash belgisi bo‘yicha mashqlar

-snaryadsiz bajariladigan mashqlar

-snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar (gimnastik tayoqcha, meditsin-bol, koptok, sakratgich, halqa, espander, gantella va h.z)

-snaryadlarda bajariladigan mashqlar (gimnastik skameykalar, sog‘lomlashtiruvchi narvon, sog‘lomlashtiruvchi disk va h.z)

-mexanoterapiya – bunda tibbiy asboblar, apparatlar va trenajerlardan foydalaniladi. Tibbiy asboblar – og‘izni va lablarni kengaytiruvchi, apparatlar – ortopedik moslamalar, yordamchi moslamalar va Jom apparati, trenajerlar – veloergometr, velotrenajer, yuguruvchi yo‘lka, “eshkak eshish”, kuch talab qiluvchi trenajerlar, “chigiritka” trenajeri va h.z.

g) o‘quv-tarbiyaviy belgisi bo‘yicha mashqlar

-intizomlashtiruvchi mashqlar

-tayyorlovchi mashqlar

-tuzatuvchi (korreksiyalovchi) mashqlar

-mos harakatli (koordinatsiyaga) mashqlar

-ritmoplastik mashqlar

-muvozanat uchun mashqlar

-tirmashish mashqlari

-o‘rmalash mashqlari

-osilib turish mashqlari

-irg‘itish mashqlari

-sakrash mashqlari

-qarshilikda bajariladigan mashqlar

Amaliy sport mashqlari – bu mashqlar yordamida yuklamalarga mos-lashtirish, oshirib borish, qon va limfa aylanishlari, modda almashinuvi-ning yaxshilanishi amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi : yurish, yugurish, o‘tirgan va turgan holatlarda eshkak eshish, suzish, chang‘i va konki uchish, velosiped haydash.

O‘yinlar – ular quyidagilarga bo‘linadi :

-kam harakatli o‘yinlar – shaxmat, shashka va h.z. Bunda bemorlarni kasallikdan chalg‘itish, emotsional-ruhiy holatiga ta'sir etish, e'tiborini kuchaytirish amalga oshiriladi;

-harakatli o‘yinlar – stol tennisi, badminton, kegelban, kreket va h.z. Ular yordamida bemorlarning emotsional holati yaxshilanadi, harakat kengligi oshiriladi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizm moslashtiriladi;

-sportga oid o‘yinlar – voleybol, basketbol, futbol va h.z. Ular ham bemorlarning emotsional holatini yaxshilaydi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizmni moslashtiradi.

Tabiatning tabiiy omillari

Tabiatning quyidagi tabiiy omillaridan foydalaniladi :

-aeroterapiya – havo bilan davolash;

-gidroterapiya – suv bilan davolash;

-tallasoterapiya – dengiz suvlari bilan davolash;

-gelioterapiya – quyosh nurlari bilan davolash.

Bu omillardan organizmni chiniqtirish, kasallikning oldini olish va davolash maqsadida qo‘llaniladi.

Shifobaxsh massaj

Massaj qo‘l yoki apparat yordamida amalga oshiriladi. Qo‘l bilan massaj qilinganda quyidagilarga e'tibor beriladi, qo‘l har doim limfa oqimi bilan yaqin yotgan limfatugunlari tomon harakat qiladi. Qo‘l bilan massaj qilinganda quyidagi usullar qo‘llaniladi :

-silash;

-siqib chiqarish (qon tomirlardagi qon haydaladi);

-yumshatish (bo‘yin, orqa, qo‘l, qorin, sonning oldingi yuzasi, dumba mushagi, boldir);

-surtish (ko‘krak qafasi, orqa, hamma bo‘g‘imlar);

-tebratish.

Massaj doim silash bilan boshlanadi va silash bilan tugatiladi, bundan tashqari har bir usuldan so‘ng silash o‘tkaziladi. Qo‘l yordami bilan quyidagi massajlar amalga oshiriladi : klassik, segmentar-reflektor va nuqtali. Klsssik massajda odam tanasi bir necha qismlarga bo‘linib massaj qilinadi, ya'ni qo‘l, oyoq, qorin va h.z(1 birlik 10 minut). Segmentar-reflektor massajda ta'sir ma'lum segmentlarga ko‘rsatiladi, masalan : yoqa sohasi, bo‘yin-ensa sohasi, yuqori ko‘krak sohasi va h.z., ya'ni ichki organlar-ning nerv sistemasi tomonidan inervatsiyasiga bog‘liq holda amalga oshiri-ladi. Nuqtali massajda odam tanasidagi ma'lum nuqtalar massaj qilinadi, ya'ni biologik aktiv nuqtalar. Bunda massaj ko‘rsatkich yoki uchinchi barmoq bilan o‘tkaziladi.

Apparat bilan massajga taalluqli :

-gidromassaj;

-vibriomassaj;

-pnevmomassaj;

-baromassaj;

-vakuum massaj.

Vakuum massaj asosan o‘pka, nafas yo‘llari kasalliklarida, osteoxon-drozda qo‘llaniladi. Tananing tuzilishiga va teri osti yog‘ qatlamining rivojlanishiga qarab yoki unga bog‘liq holda vakuum massaj tibbiy bankalar yoki 200 ml, 500 mlli bankalar yordamida o‘tkaziladi. Bunda bemor kushetkaga shunday yotishi kerakki, uning orqasi tekis bo‘lishi shart. Shundan so‘ng orqa maz bilan surtiladi va banka orqaga vakuum hosil qilgan holda qo‘yiladi. Vakuum massaj o‘tkazilganda quyidagilarga amal qilinishi kerak, ya'ni banka aylanma holida sekin harakat qildiriladi yoki ilon izi holida harakat qildiriladi, masalan : zotiljamda, bronxial astmada, bronxitda va h.z. Osteoxondrozda bankalar paravertebral soha bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakat qildiriladi.

Massaj organizmga trofik, mexanik, neyroendokrin, reflektor va neyrogumoral ta'sir ko‘rsatadi. Bu ta'sir mexanizmlari natijfsida fizio-logik ta'sirlar yuzaga keladi, ya'ni terining funksiyasini yaxshilaydi, qon va limfa aylanishini, modda almashinuvini, asab sistemasining qo‘zg‘atuv-chanligining pasayishini oshiradi, tashqi nafas funksiyasini yaxshilaydi, mushak va bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi va h.z. Massajga qarshi ko‘rsatmalar : teri butunligining buzilishi, piodermiya, dermatitlar, ekzema, angiomalar, haroratli holat va h.z.



Mehnat bilan davolash

Bemorning emotsional ruhiy holatlariga oid savollarni xal qilish uchun qo‘llaniladi. Mehnat bilan davolash shifoxona va uy sharoitlarida olib boriladi. Shifoxonada, ayniqsa asab kasalliklari, travmatologiya, revmatologiya va boshqa bo‘limlarda muhim ahamiyatga ega. Asab kasalliklari bo‘limida bemorlarning o‘ziga-o‘zi xizmatini tiklash, travmatologiyada – mehnat stendlaridan foydalanib, bemorni hayot faoliyatida zarur mehnat-larga o‘rgatish. Uy sharoitida meva va sabzavotlarni tozalash, hamirli ovqat qilish, tugish, bichish mashqlari, bog‘ va polizlarda me'yorli ishlash.



Shifobaxsh jismoniy tarbiya shakllari

ShJT shakllari ikki guruhga bo‘linib o‘rganiladi :



1.Shifoxonada qo‘llaniladigan ShJT shakllari :

-ertalabki badan tarbiya

15 – 20 minut davomida bajariladi, qo‘llashdan maqsad organizmning umumiy tonusini ko‘tarish, tetiklashtirish. Shakl yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi;

-shifobaxsh gimnastika muolajasi

shifoxonada o‘tkziladigan shakllarning asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Muolaja 3 qismdan iboratdir, ya'ni


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin