Tasdiqlayman



Yüklə 0.72 Mb.
səhifə1/14
tarix25.11.2016
ölçüsü0.72 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

TASDIQLAYMAN”



O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor,

professor Teshaev O.R.__________

«____» _______________2013 yil


Kafedra: XALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA JISMONIY TARBIYA

Fan: DAVOLOVCHI JISMONIY TARBIYA FANI BO‘YICHA

STOMATOLOGIYA FAKULTETI



4 KURS TALABALARI UCHUN
O‘QUV- USLUBIY MAJMUA

TOSHKENT-2013

O‘QUV USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI




MUNDARIJA

BeTLAR

1

Namunaviy o‘quv dasturi

3-18

2

Ishchi o‘quv dasturi

19-35

3

Ta'lim texnologiyasi

36-80

4

Masalalar va mashqlar to‘plami

80-83

5

Test savollari

83-96

6

Nazorat uchun savollar (JN, YaN)

96-104

7

Umumiy savollar

104-105

8

Tarqatma materiallar

106-118

9

Glossariy

119-122

10

Referat mavzulari

122

11

Adabiyotlar ro‘yxati

123-124

12

Tayanch konspekt

-

13

O‘quv materiallari

125-137

14

Xorojiy manbalar

137

15

Kurs ishi mavzulari

-

16

Annotatsiyalar

138-139

17

Mualliflar to‘g‘risida

139

18

Foydali maslahatlar

-

19

Normativ hujjatlar

140-232

20

Baholash mezonlari

233 -237


O‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201_ yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:



Usmanxodjaeva A.A.

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedra mudiri, dotsent, t.f.n.

Visogorseva O.N.

Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi qatta o‘qituvchisi, t.f.n.


Taqrizchilar :


Fedorova M.V.

TTA ichki kasalliklar propedevtikasi XDT, gematologiya va kasb kasalliklar kafedrasi dotsenti. t.f.n.

Xamrabayeva F.I.

ToshVMOI gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi mudiri t.f.d, professor

Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (201_ yil ________dagi «_____» «____»-sonli bayonnoma)



Kirish

Vrach nazorati, shifobaxsh jismoniy tarbiya va fizioterpiya bo‘yicha dastur. Davlat o‘qitish standarti asosida tuzilgan va tibbiy oliygohlarning tibbiy-pedagogika, davolash, stomatologiya fakultetlari uchun mo‘ljallangan. Dastur umumiy fizioterapiya, jismoniy reabilitatsiya va shifokor nazorati sohasida tibbiy ta'limni va ma'lumot savsiyasini oshirishga qaratilgan.



O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanlarni o‘qitishdan maqsad – axolini salomatligini yaxshilash va mustaxkamlash, tibbiyot sifatini oshirish da davolash-profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish. Shifoxona, shifomaskan (sanatoriy) va ambulator (poliklinika) sharoitida turli kasalliklar bilan xastallangan bemorlarni davolashda, asoratlarini oldini olishda va profilaktika maqsadida fizikaviy va davolovchi jismoniy tarbiya usullarni qo‘llanishiga o‘rgatish.Aholining sog‘ligini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash. Shifokor nazoratida -jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganligini, organizmning funksional holatini, asosiy tizimlarni holatini, jismoniy yuklamalarning organizmga ta'sirini, organizm tomonidan berilayotgan javob reaksiyalarini baholashni o‘rgatish.

Faninng vazifalari:


  • fizik muolajalarni organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;

  • turli kasalliklarda davolash va reabilitatsiya davrida to‘laqonli kompleks tuzib organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni o‘rgatish;

  • jismoniy mashqlarning organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini o‘rgatish;

  • davolash va reabilitatsiya davrida davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlashni va qo‘llashni o‘rgatish;

  • aholining turli kontingentlari orasida, ularni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga ko‘nikishlari uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalarini o‘rgatish;

  • aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash uchun jismoniy yuklamaning organizmga ta'sirini baholash usullarini o‘rgatish.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

«Vrach nazorati, shifobaxsh jismoniy tarbiya va fizioterpiya» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- Organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullarini, mustaqil ravishda somatoskopiya va antropometriyani o‘tkazishni, mustaqil funksional sinamalarni o‘tkazishi va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni funksional holatlarini baholashni, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarning berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholashni, sport inshoatlarga bo‘lgan sanitar-gigienik talablarni, vrach-jismoniy tarbiya dispaserlarining turlari va tashqil etilishini, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, davolash jismoniy tarbiya vositalari va uning turlarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning davolash usullarini, davolash jismoniy tarbiya shakllarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini va davolovchi jismoniy tarbiyaning samaradorligini baholashni. Asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolash gimnastik mashqlar kompleksini tuzishni, DJT harakat tartiboti vazifalarini aniq belgilashni, DJTning vositalarini to‘g‘ri tanlashni, DJT xonasini jihozlashni, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishni, turli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalarini to‘g‘ri tavsiya etishni, fizik muolajalarni optimal ta'sirini aniqlashni, bemorlarni shifomaskani kurortlarga tanlash va davolash masalalarini xal etishni, sanator-kurort kartalarni to‘ldirishni, fiziodavolashda va elektrojarohat holatidagi patologik reaksiya paytida birinchi yordam ko‘rsatishni, fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish tartibini, umumiy davolash tadbirlari bilan bir qatorda (dori-darmon, parhyez, jarrohlik operatsiyalari va h.z.) maxsus fizioterapektik usullarini belgilash va dozalashni aniqlashni bilishi kerak;

- Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy va funksional holatini baholash usullari, dispansirizatsiya o‘tkazishda vrach nazoratining asosiy usullari, nafas va yurak-qon tomir tizimlarining organizmga ta'sir etayotgan jismoniy yuklamaga nisbatan bo‘ladigan javob reaksiyalari, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy guruhlarga saralashlar, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida jismoniy mashqlarning samaradorligini baholash usullari, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarida shug‘ullanish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, sport inshoatlariga qo‘yilgan sanitar-gigienik talablarning bajarilishi va davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimi, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, davolovchi jismoniy tarbiya vositalari va uning turlari, davolovchi jismoniy tarbiyasi davolash usullari, davolash jismoniy tarbiya shakllari, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlari va davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish effektivligini baholash, turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mo'neliklarga rioya qilish, davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni xisobga olish, normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmi, fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish, sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



- Mustaqil tibbiy xulosa berish va vrach nazorti kartasini to‘ldirish, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlari mashg‘ulotlarida shug‘ullanishga ruxsat berish uchun tibbiy ko‘rik turlarini va o‘tkazilish tartiblari, akademik guruhlarda va davolovchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida vrach - pedagogik nazoratini o‘tkazish va shifokor nazorati xonasini jihozlash, organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash va usullarini o‘tkazish, somatoskopiya va antrepometriyani o‘tkazish, funksional sinamalarni o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarini funksional holatlarini baholash, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholash, sport inshoatlarini sanitar-gigienik baholash va sport inventar normativlar, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish va mashg‘ulotlarda (sporchilarda) qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektiligini baholash, bemorlarga DJTni rejalash va to‘g‘ri tavsiya qilish, bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar oborish, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish, mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektiligini baholash, reabilitatsiya bosqichida poliklinika va shifoxonada DJT vazifalarini va harakat tartibotlarini aniqlash, fizik muolaja usullarini mustaqil bajarish, fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish, fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlash, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakalariga ega bo‘lishi kerak.


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.

Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan odam anatomiyasi, normal va patologik fiziologiya, biologiya, biofizika, umumiy gigiena, jismoniy tarbiya fanlarini bilishi, ichki kasaliklar propedevtikasi, pediatriya, fakultet terapiyasi va xirurgiyasi, akusher(doya)-ginekologiya, travmatologiya fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.



Sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalarida reabilitatsiya bo‘limlari, fizioterapiya bo‘limlarni bo‘lishi va ularda olib boriladigan fizioterapiya va davolovchi jismoniy tarbiya usullari odam organizmida sog‘lomlashtirishda, chiniqtirishda kasallikni davolash vaqtini qisqartirishda va asoratlarni oldini olishda qo‘llanilishi dolzarb masala xisoblanadi. Chunki yuqoridagi uslublarni qo‘llanishi asosiy terapiyani ta'sirini kuchayishiga va dori moddalardan kuzatiladigan asoratlarni oldini olishiga imkoniyat beradi. Sport tibbiyoti bo‘limlarida sportchilarni salomatligini saklashda va mustaxkamlashda axamiyati yuqori.



Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, kompyuter dasturlari, elektron materiallar, amaliy darslarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.


Asosiy qism

Shifokor nazoratni asosiy vazifalari. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi aholining har xil toifalarini tibbiy tekshiruvi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati.

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ulanuvchilarda o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik turlari bilan tanishtirish. Tibbiy guruhlar haqida tushuncha berish. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning anamnezini yig‘ish xususiyatlari. Shifokor nazorati kartasi bilan tanishtirish va rasmiylashtirishni o‘rgatish.



Jismoniy rivojlanish. Jismoniy rivojlanganlikni antropometriya va somatoskopiya ma'lumotlariga asoslanib aniqlash va baholash usullari. Tana tuzilishi tiplari. Sport turiga saralash.

Jismoniy rivojlanganlikning antropometrik ko‘rsatkichlarini olish: spirometriya, dinamometriya, tana uzunligi va vaznini, ko‘krak qafasining aylanasini o‘lchash. Somatoskopiya ko‘rsatkichlarini olish : umurtqa pog‘anasi, qadi-qomat, ko‘krak qafasi, oyoq, tovon shakllari. Kaliperometriya : tana vaznining tarkibiy qismini aniqlash (suyak, mushak va yog‘). Jismoniy rivojlanganlikning baholash usullari, ya'ni standartlar, korrelyasiya va indekslar haqida tushuncha berish. Antropometrik ko‘rsatkichlarini indekslar usuli yordamida Ketle, Pine, farqlash, hayotiy, Erisman va boshkalar, qo‘l va bel mushaklari indekslarini aniqlash. Olingan natijalarga asoslangan holda jismoniy rivojlanishni aniqlash.



Shifokor nazoratida qo‘llniladigan funksoinal sinamalar. Yurak-qon tomir tizimini funksional sinamalari.

Muntazam shug‘ullanish natijasida organizmda kuzatiladigan funksional va morfologik o‘zgarishlar. Yurak-qon tomir tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan sinamalar (Letunov va Martine sinamalarining o‘tkazilish tartibi). Sinamasini o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir tizimini funksional holatini baholash, javob reaksiya tiplarini aniqlash.



Nafas va vegetativ nerv tizimlarni

funksional sinamalari

Nafas tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan Shtange, Gench, Serkin va Rozental sinamalarining o‘tkazilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Vegetativ nerv tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan ortostatik va klinoortostatik sinamalarining o‘tkazilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Talabalar bilan Shtange, Genche va Serkin sinamalarini o‘tkazish va olingan natijalarni baholash.



Tashqi nafas olishning funksional holatini aniqlash

Tashqi nafas olishning ochiq va yopiq usullari haqida tushuncha. Tekshiriluvchidan olingan spirogramma yordamida nafasning minutlik hajmini, nafas olish sonini, nafasning o‘rtacha chuqurligini, o‘pkaning tiriklik sig‘imini, o‘pkaning maksimal ventilyasiyasini, maksimal nafas olganda nafaslar soni va chuqurligini, rezerv nafasni, kislorod hajmini aniqlash. Sportchilarda va jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlardan olingan spirogrammalarni baholash.



Jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullari.

Organizmning ish bajarish qobiliyati va tiklanish jarayonlari haqida tushuncha. Garvard step- testining o‘tkazilish tartibi, olingan natijalar asosida Garvard step-testi indeksini aniqlash, olingan indeks orqali organizmning tiklanish jarayonlarini baholash. Sportchilarda va jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlar bilan Garvard step-testini o‘tkazish va olingan natijalarni baholash.

PWC-170 submaksimal testi haqida tushuncha, o‘tkazilish tartibi, olingan natijalar asosida organizmning ish bajarish qobiliyatini baholash. Kislorodning maksimal iste'mol qilinishini aniqlovchi bevosita va bilvosita usullari haqida tushuncha. Sportchilarda jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlar bilan PWC-170 submaksimal testini veloergometrda bajarish va olingan natijalarni baholash.

Shifokor- pedagogik nazorati. Jismoniy yuklamalar ta'sirida shug‘ullanuvchi organizmida bo‘ladigan o‘zgarishlar. Sport bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘p uchraydigan patologik xolatlar. Sport jaroxati profilaktikasi.

Shifokor-pedagogik nazoratining vazifalari, nazorat usullari, ya'ni o‘tkazilayotgan mashg‘ulot zichligi (xronometraj), fiziologik egri chizig‘i va holsizlanish darajalarini aniqlash bilan tanishtirish. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida shifokor-pedagogik nazoratining usullarini qo‘llash va olingan natijalarini baholash.



Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma

va qarshi ko‘rsatmalar. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri.

Vrach nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilish

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar haqida tushuncha berish. Tibbiy guruxlar va ularga saralash prinsiplari. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri turlari, tuzilishi, faoliyati. Talabalar tomonidan shifokor nazorati kartasini rasmiylashtirish va uni himoya qilish. Kartani topshirish.



Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari –

vositalari, shakllari. Harakat tartibotlari

Davolovchi jismoniy tarbiya, davolash usullari va jismoniy mashqlarning asosiy ta'sir qilish mexanizmlari haqida tushuncha berish. Davolovchi jismoniy tarbiyaning vositalari, ularning turlari va qo‘llanilish maqsadlari. Shakllari, ularning guruhlari, turlari va qo‘llanilish maqsadlari. Bemorlarga davolash jismoniy tarbiya tavsiya etilganda qo‘llaniladigan harakat tartibotlari, ularning vazifalari haqida tushuncha berish



Davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari

DJT vositalari va shakllari. Harakat tartibotlari. DJT muolajasini belgilash prinsiplari. DJT bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish. Bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan DJT usullarining samaradorligini aniqlash. Massaj turlari haqida tushuncha berish. Shifobaxsh massajda qo‘llaniladigan asosiy usullari, ta'sir mexanizmlariga tushuncha. Shifobaxsh massajni talabalarda ko‘rsatish.



Yurak qon-tomir tizimini kasalliklarida DJTni qo‘llash

MO‘I, GK, YUIK, NSD kasalliklarida DJTning davolash usullarini tanlash va asoslash, vosita shakl va xarakat tartibotlarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llash, davolash samaradorligini aniqlash kriteriylari.



Nafas tizimi kasaliklarida DJTni qo‘llash

Zotiljam, plevrit, surunkali bronxit, o‘pka emfizemasi, bronxial astma, bronxoektatik kasalliklarida DJTni qo‘llash maqsadi va vazifalari, xususiyati, davolash usullarini tanlash va asoslash, davolash gimnastika kompleksini tuzish va samaradorligini aniqlash. Mustaqil bemor qabul qilish.



Ovqat-hazm qilish va harakat-tayanch tizimlari va modda almashinuvi kasalliklarida DJTni qo‘llash.

Oshqozon-ichak yarasi, gastrit, kolit, enterit, enterokolit, splanxnoptoz, gepatit, xoletsistit, artrit, poliartrit, artroz, qandli diabet, semirish, podagra kasalliklarida DJTni qo‘llash maqsadi va vazifalari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. DJTning davolash usullarini tanlash va asoslash, davolash gimnastika komplesini tuzish. hujjatlarni to‘ldirish, poliklinikada bemor qabul qilish.



Jarrohlik kasalliklarda va travmatologiya-ortopediyada

DJTni qo‘llash

Tomir kasalliklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ida o‘tkaziladigan operatsiyadan oldingi va keyingi davrlari, qo‘l-oyoq suyaklari va umurtqa pog‘anasi sinishlarining immobilizatsiya va undan keyingi davrlari, yassi tovon, osteoxondroz, skolioz, kifoz, lordoz kasalliklarida DJTni qo‘llash maqsadi va vazifalari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. DJTning davolash usullarini tanlash va asoslash, davolash gimnastika komplesini tuzish. Hujjatlarni to‘ldirish, poliklinikada bemor qabul qilish.



Akusherlikda va ginekologik kasalliklarida va

pediatriyada DJTni qo‘llash

Homiladorlikda, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrlarda jismoniy mashqlarni qo‘llash. Ginekologik kasalliklarda (yallig‘lanish, ptoz va anomaliya) va operatsiyalarda DJTni qo‘llash xususiyatlari. Davolash gimnastika kompleksini tuzish. Mashg‘ulotlar samaradorligini aniqlash. Ayollar maslahatlarida bemorlarni qabul qilish.

Pediatriyadagi DJTning o‘ziga xos xususiyatlari. Bolalarni chiniqti-rishda davolash gimnastikasi usullarini qo‘llash. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə