Tasdiqlayman



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə9/14
tarix25.11.2016
ölçüsü0,72 Mb.
#8
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Masala №7.

Bemor 26 yoshda. Diagnoz: Surunkali adneksit. Shikoyatlar: 6 yildan beri farzand ko‘rmaslik.

Savol:


  1. Qanday dastlabki holatlar qo‘llaniladi?

  2. Qanday mashqlar tavsiya etiladi?

Javob:

  1. Dastlabki xolatlar: yotgan holatda, oyoqlar bukilgan, tizza-tirsak holatlari.

  2. Nafas va umumiy rivojlantiruvchi mashqlar tavsiya etiladi.


TeST SAVOLLARI

1.Davolovchi jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos 5 ta usulini ko‘rsating



  1. tabiiy biologik usuli*

  2. davolash jarayonida bemorning faol ishtiroki zarur *

  3. patogenetik davolash usuli*

  4. nospetsifik davolash usuli*

  5. funksional davolash usuli*

  6. nerv-reflektor davolash usuli

  7. gumoral usuli

  8. umumiy mustahkamlovchi davolash usuli

  9. stimulyasiyalovchi davolash usuli

  10. spetsifik davolash usuli

2.Jismoniy mashqlarning 5 ta davolovchi ta'sir mexanizmini ayting

  1. neyrogumoral*

  2. kompensator*

  3. trofik*

  4. normallashtiruvchi*

  5. stimullovchi*

  6. funksional

  7. jismoniy

  8. spetsifik

  9. nospetsifik

  10. umumiy mustahkamlovchi

3. Anatomik belgisi bo‘yicha mashqlar qaysi asosiy 5 ta mushak guruhlariga ko‘llanilishini ko‘rsating.

  1. bosh, buyin va ensa mushaklari uchun mashqlar*

  2. qo‘l va yelka kamari mushaklari uchun mashqlar*

  3. tana mushaklari uchun mashqlari*

  4. qorin devori oldi va toz tubi mushaklari uchun mashqlar*

  5. oyoq mushaklari uchun mashqlar*

  6. ko‘krak mushaklari uchun mashqlar

  7. orqa mushaklari uchun mashqlar

  8. toz mushaklari uchun mashqlar

  9. nafas mushaklari uchun mashqlar

  10. silliq mushaklar uchun mashqlar

4.O‘pkaning har xil segmentlaridan balg‘am evakuatsiyasi uchun 5 ta drenajlovchi holatni ko‘rsating.

  1. yiringli o‘chog‘ pastki segment- orqada va qorinda yotgan oyoq ko‘tarilgan holatda *

  2. pastki segment cho‘qqisi - sog‘ yonboshda qorin tomonga yarim o‘girilgan*

  3. yuqori segment - o‘tirgan holat tana oldinga va orqaga engashtirilgan*

  4. o‘rta segment-orqada yotib, oyoqlarni ko‘krakka tortgan holat*

  5. bronxlarning 2 tomonlama jarohati- har xil dastlabki holatlarda va tanani aylantirish, bukish *

  6. tozni ko‘tarish bilan kasal yonboshda yotgan holat

  7. pastki segment cho‘qqisi-kasal yonboshda yetib, qoringa o‘girilgan holat

  8. yuqori segment-boshni pastga tushirgan holat

  9. o‘rta segment-bosh tomonni ko‘targan holat

  10. yonboshga galma-galdan o‘girilish

5.Mexanoterapiyaga 5 ta ko‘rsatmani ko‘rsating

  1. bo‘g‘imlardagi qiyin harakat*

  2. mushak qontrakturasi*

  3. yumshoq to‘qimaning chandiqli bitishi*

  4. parezlar*

  5. qo‘l-oyoq mushaklarining gipotrofiyasi va gipodinamiyasi*

  6. bo‘g‘imlar deformatsiyasi

  7. skelet mushaklarining gipertonusi

  8. suyaklarning sekin bitishi

  9. ankilozlovchi spondiloartrit

  10. siringomieliya

6.Mexanoterapiyaga 5 ta qarshi ko‘rsatmani ayting

  1. yaqqol og‘riq sindromi*

  2. bo‘g‘imlar deformatsiyasi*

  3. singan suyaklarning yetarlicha bitmaganligi*

  4. yuqori darajali miopiya*

  5. qandli diabetning og‘ir shakli*

  6. bo‘g‘imlarda harakatning qiyinligi

  7. mushak kontrakturasi

  8. bo‘g‘imlarda chegaralangan harakat

  9. parezlar

  10. yumshoq to‘qimalarning chandiqli bitishi

7.Mehnat bilan davolashga asosiy 5 ta qarshi ko‘rsatmani ko‘rsating

  1. yallig‘lanish kasalliklarining xuruj davri*

  2. qon ketishga moillik*

  3. kauzalgiya (kuydiruvchi og‘riqlar)*

  4. yomon sifatli shishish*

  5. tromboflebit*

  6. gipertoniya kasalligi

  7. xomiladorlik

  8. ruhiy kasalliklar

  9. revmatizm

  10. neyrotsirkulyar distoniya

8.Klassik massajning asosiy 5 ta usullarini ko‘rsating

  1. silash*

  2. siqib chiqarish*

  3. yumshatish*

  4. surtish*

  5. tebratish*

  6. chimchilash

  7. ishqalash

  8. kesish

  9. urish

  1. vakuum massaj

9.Odam organizmiga massajning 5 ta fiziologik ta'sirini ko‘rsating

  1. terida trofik jarayonlarning yaxshilanishi*

  2. infiltratlarning surilishini yaxshilaydi*

  3. modda almashinuvini faollashtiradi*

  4. qon oqimi va limfa aylanishini yaxshilaydi*

  5. mushaklarning tonus va elastikligini oshiradi*

  6. suyaklarning bitishini faollashtiradi

  7. rezorbtiv ta'sir ko‘rsatadi

  8. simpato-adrenal funksiyani faollashtiradi

  9. proliferatsiyaga olib keladi

  10. ko‘zning ichki bosimini pasaytiradi

10.Organizmning funksional holatiga massajning asosiy 5 ta ta'sir qilish turlari

  1. Organizm tonusini oshiruvchi ta'siri*

  2. Tinchlantiruvchi ta'siri*

  3. Trofik ta'siri*

  4. Energotrop ta'siri*

  5. Organizm funksiyasini normallashtiruvchi ta'siri*

  6. Og‘riq qolduruvchi ta'siri

  7. Qon bosimini tushuruvchi ta'siri

  8. Mushak kuchlarini oshiruvchi ta'siri

  9. Dimlanishni kamaytiruvchi ta'siri

  10. Og‘riq kuchaytiradi

11.Amaliy sport turiga harakterli 5 ta mashqni ko‘rsating

  1. Yurish*

  2. Yugurish*

  3. suzish va eshkak eshish*

  4. changida yurish va konkida uchish*

  5. velosiped xaydash*

  6. futbol uynash

  7. voleybol uynash

  8. basketbol uynash

  9. suv polosi

  10. gandbol

12.O‘qituvchi-tarbiyalovchi belgisi bo‘yicha 5 ta mashqni ko‘rsating

  1. korreksiyalovchi yoki to‘g‘rilovchi*

  2. harakat koordinatsiyasini rivojlantiruvchi va muvozanatga mashqlar*

  3. irg‘itishga mashqlar*

  4. qarshilikda mashqlar*

  5. osilib chiqishga va emaklashga mashqlar*

  6. faol mashqlar

  7. mehnat ko‘nikmalarini tarbiyalovchi mashqlar

  8. funksiyani yaxshilovchi mashqlar

  9. muvozanatni susaytirvchi mashqlar

  10. funksiyani yomonlashtiruvchi

13.Massajga qarshi 5 ta ko‘rsatmani ko‘rsating

  1. teri kasalligi, jarohati va sezuvchanligining ortishi*

  2. gangrena*

  3. limfoadenit*

  4. tanosil kasalliklar*

  5. surunkali osteomielit*

  6. gipertonik kasallik

  7. shishishlar (otek)

  8. kontraktura

  9. bo‘g‘imlar ankilozi

  10. neyrotsirkulyator distoniya

14. Shifoxonadan tashqarida qo‘llaniladigan DJTning 5 ta shaklini ko‘rsating

  1. terrenkur*

  2. sog‘lomlashtiruvchi yugurish*

  3. ekskursiya va sayr etish*

  4. yaqin turizm*

  5. o‘yinli darslar*

  6. jismoniy mashqlar

  7. massaj

  8. amaliy-sport mashqlari

  9. me'yorli yurish

  10. ertalabki gigienik gimnastika

15.Davolovchi gimnastika muolajasini o‘tkazishda zaruriy 5 ta qoidani ko‘rsating

  1. jismoniy yuklamani asta-sekin oshirish va pasaytirish*

  2. har xil mushak guruhiga jismoniy yuklamani ketma-ket taqsimlash*

  3. kayfiyatni yaxshilash uchun muolajani har xil va qiziqarli o‘tkazish*

  4. me'yorli yuklamalar (har bir mashqning qaytarilish soni)*

  5. adekvat dastlabki holatlarni qo‘llash*

  6. albatta ertalabki nonushtagacha o‘tkazish

  7. muolaja vaqtida mashg‘ulot zichligini albatta aniqlash

  8. har bir mashq vaqtini fiksatsiyalash

  9. har bir mashqdan so‘ng pulsni o‘lchash

  10. mashqlar ritmikligining bo‘lishi

16.Jismoniy mashqlarni me'yorlash uchun ko‘zda tutilgan 5 ta prinsiplarni ko‘rsating

  1. dastlabki holatni tanlash*

  2. muolajaning umumiy davomiyligi va mashqlarning umumiy soni*

  3. bir mashqning qaytarilish soni*

  4. harakatga mos holda surat, ritm va amplituda*

  5. ishlash va dam olishning galma-gal qo‘llash*

  6. davolovchi gimnastika kompleksini tuzish

  7. muolaja effektivligini hisobga olish

  8. izometrik va izotonik mashqlarni albatta galma-gal qo‘llash

  9. har bir muolajaning zichligini albatta aniqlash

  10. har bir mashqdan keyin pulsni albatta aniqlish

17.Terrenkur tavsiya etish uchun 5 ta ko‘rsatmani ko‘rsating

  1. yurakning ishemik kasalligi*

  2. gipertonik va gipotonik kasalliklar*

  3. nevrozlar*

  4. tayanch-harakat apparati va nerv sistemasining travmatik jarohati*

  5. modda almashinuvining buzilishi*

  6. surunkali osteomielit

  7. infraktdan so‘ng yurak yetishmovchiligi og‘ir darajasi

  8. siringomieliya

  9. gipoglikemiya

  10. leykoz

18.Yarim to‘shak tartibotining 5 ta vazifasini ko‘rsating

  1. qon aylanishning ekstrakardial omillarini asta-sekin chiniqtirish*

  2. yengil jismoniy yuklamalarga organizmni asta moslashtirish*

  3. dimlanish holatlari bilan kurashish*

  4. bemorning ruhiy ezilishini yengish*

  5. qon aylanishning ekstrakardial omillarini faollashtirish*

  6. o‘sib boruvchi yuklamaga yurak-qon tomir sistemasini moslashtirish

  7. organizm sistemalarining korrelyasiyasini yaxshilash

  8. maishiy va kasb faoliyatiga bemorlarni tayyorlash

19.Yurak-qon tomir kasalliklarida davolovchi gimnastika samaradorligini baholovchi 5 ta ko‘rsatkichni ayting

  1. puls soni, arterial bosimni o‘lchash*

  2. EKG, FKG, vektokardiografiya*

  3. Polikardiografiya*

  4. Sfigmografiya*

  5. yurak-qon tomir sistemasining funksional sinamalari*

  6. pnevmotaxometriya

  7. spirografiya

  8. oksigemometriya

  9. Rozental ko‘rsatkichi

  10. o‘pkaning maksimal ventilyasiyasi

20.Nafas a'zolari kasalliklarida davolovchi gimnastika samaradorligini baholovchi 5 ta ko‘rsatkichni ayting

  1. nafas harakatining soni hisoblash*

  2. spirografiya*

  3. pnevmotaxometriya*

  4. ko‘krak qafasining rentgenskopiyasi*

  5. nafas sistemasining funksional sinamalari*

  6. kardiotaxometriya

  7. miotonometriya

  8. kaliperometriya

  9. Letunov sinamasi

  10. Martine sinamasi

21.Operatsiyadan oldingi va keyingi davrda davolovchi gimnastika samaradorligini baholovchi 5 ta ko‘rsatkichni ko‘rsating

  1. puls soni, arterial bosim*

  2. spirografiya*

  3. pnevmotaxometriya*

  4. qorin devori oldi mushaklariga statik yuklamalar-Djekson sinamasi*

  5. qorin devori oldi mushak tonusini aniqlash*

  6. uglometriya

  7. goniometriya

  8. kaliperometriya

  9. Letunov sinamasi

  10. Astrand sinamasi

22.Davolovchi gimnastika muolajasini o‘tkazishning 4 ta usulini ayting

  1. individual*

  2. kichik guruh*

  3. guruh*

  4. konsultativ*

  5. to‘shak

  6. yarim to‘shak

  7. birgalikda

23. Chiniqtiruvchi trenajerlarda mashq bajarish uchun asosiy 4 ta ko‘rsatmani ko‘rsating

  1. yog‘ almashinishning buzilishi*

  2. o‘pkaning surunkali nomaxsus kasalliklari*

  3. yurak-qon tomir sistemasi kasalliklari (qon aylanish buzilmagan)*

  4. tayanch-harakat apparati kasalliklari*

  5. qandli diabet

  6. Bexterev kasalligi

  7. surunkali osteomielit

  8. Parkenson kasalligi

24.Jismoniy mashqlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan 4 ta trenajerni ko‘rsating

  1. veloergometr*

  2. harakatli yo‘lka*

  3. «eshkak eshish» trenajeri*

  4. gimnastik komplekslar trenajeri*

  5. og‘iz kengaytiruvchi

  6. «sport» trenajeri

  7. «boks» trenajeri

  8. gimnastik devor

25.Davolovchi jismoniy tarbiyaning 4 ta asosiy guruh vositalarini ko‘rsating

  1. jismoniy mashqlar*

  2. tabiatning tabiiy omillari*

  3. mehnat bilan davolash*

  4. davolovchi massaj*

  5. me'yorli yurish

  6. terrenkur

  7. ertalabki gigienik gimnastika

  8. davolovchi gimnastika muolajasi

26.4 ta statik nafas mashqlarining ayting

  1. ko‘krak*

  2. diafragmal*

  3. to‘liq yoki aralash*

  4. lokal yoki mahalliy*

  5. Buteyko bo‘yicha VLGD

  6. Strelnikova bo‘yicha nafas gimnastikasi

  7. nafas olishda nafasni ushlash bilan

  8. nafas chiqarishda nafasni ushlash bilan

27.Shifoxona bosqichida qo‘llaniladigan DJTning 4 ta shaklini ko‘rsating

  1. ertalabki gigienik gimnastika*

  2. davolovchi gimnastika muolajasi*

  3. mustaqil bajarish uchun individual topshiriqlar*

  4. me'yorli yurish*

  5. terrenkur

  6. massaj

  7. jismoniy mashqlar

  8. nafas mashqlari

28.Davolovchi yurishni tavsiya etishda hisobga olinadigan 4 ta holatni ko‘rsating

  1. harakatning tezligi*

  2. masofaning uzunligi*

  3. qadamning uzunligi*

  4. joy relefi*

  5. qatnashuvchilar soni

  6. qatnashuvchilar yoshi

  7. qatnashuvchilar jinsi

  8. borish vakti

29.Hazm a'zolari kasalliklarida davolovchi gimnastikasining samaradorligini baholovchi 4 ta ko‘rsatkichni ko‘rsating

  1. oshqozon sokini tekshirish*

  2. gastrofibroskopiya*

  3. mushakka yuklama bilan funksional sinama*

  4. Djekson sinamasi*

  5. Rozental sinamasi

  6. Serkin sinamasi

  7. Genchi sinamasi

  8. Letunov sinamasi

30.Modda almashinuvi buzilishida davolovchi gimnastikaning samaradorligini baholovchi 4 ta ko‘rsatkichni ayting

  1. vazn-bo‘y ko‘rsatkichi*

  2. qon va siydikda qand*

  3. uglometriya*

  4. dinamometriya*

  5. Erisman indeksi

  6. farqlash indeksi

  7. goniometriya

  8. Pine indeksi

31.Tayanch-harakat apparati kasalligida va jarohatida davolovchi gimnastika samaradorligini baholovchi 4 ta ko‘rsatkichni ayting

  1. bo‘g‘imlarda harakat amplitudasini va harakatchanligini aniqlash*

  2. umurtqa poganasidagi harakat amplitudasini aniqlash*

  3. bo‘g‘imlarda xajmning o‘zgarishini o‘lchash*

  4. mushak kuchini aniqlash*

  5. rentgenskopiya

  6. Djekson sinamasi

  7. vazn-bo‘y ko‘rsatkichi

  8. kaliperometriya

32.DJT vositasi sifatida qo‘llaniladigan tabiatning 3 ta asosiy tabiiy omilini ayting

  1. gelioterapiya*

  2. aeroterapiya*

  3. gidroterapiya, talassoterapiya*

  4. balneoterapiya

  5. peloidoterapiya

  6. kislorodli terapiya

33.Shifoxonalarda qo‘llaniladigan 3 ta mehnat bilan davolashni ko‘rsating

  1. umumiy mustahkamlovchi*

  2. tiklovchi*

  3. professional*

  4. tinchlantiruvchi

  5. faollashtiruvchi

  6. funksional

34.Hazm organlari kasalliklarida DJTning vazifasini ayting

  1. *qorin oldi devori va toz tubi mushaklarini mustaxkamlash

  2. qon aylanishning ekstarkardial omillarini chiniqtirish

  3. oshqozondan qon ketishni oldini olish

  4. nafas yetishmovchiligini oldini olish

35.Hazm qilish organlari kasalliklarida DJTni qo‘llashga ko‘rsatmani ko‘rsating

  1. *surunkali gastrit va oshqozon yara kasalligi

  2. oshqozon yarasi penetratsiyasi

  3. oshqozon yarasi perforatsiyasi

  4. peritonit

36.Hazm a'zolari kasalliklarida DJT ga qarshi ko‘rsatmani ayting

  1. *oshqozon yarasi yoki ichakdan qon ketishi

  2. najasda yashirin qon aniqlanishi

  3. epigastral soxada og‘riq

  4. kungil aynishi

37.Qorin oldi devori mushagi uchun yuklamali hisoblangan mashq turini ko‘rsating

  1. *orqada yotgan holatda to‘g‘ri oyoqlarni ko‘tarish va 30-45 gradus burchakda ushlash

  2. to‘g‘ri oyoqlarni 90 gradus burchakda ko‘tarish

  3. katta suratda va katta amplitudada oyoqni verikal holatda xarakatlantirish

  4. to‘g‘ri oyoqlarni 90 gradus burchakda ushlab turish

38.Diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasida qarshi ko‘rsatilgan mashq turini ko‘rsating

  1. *sakrash

  2. meyorli yurish

  3. qo‘l-oyoq distal qismlari uchun mashqlar

  4. talassoterapiya

39.Diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasida tavsiya etiladigan mashq turini ko‘rsating

  1. *nafas chiqarishga aksent bilan diafragmal nafas

  2. tomonlarga tanani bukish

  3. ideomotor mashqlar

  4. izometrik mashqlar

40.Splanxnoptozlarda qarshi ko‘rsatilgan mashk turini ko‘rsating

  1. *sakrash

  2. meyorli yurish

  3. talassoterapiya

  4. diafragmal nafas

41.Atonik kolitda qo‘llaniladigan DJTning vositasini ko‘rsating

  1. *qorin mushaklari kuchlanishini chaqiruvchi mashqlar

  2. bukilgan oyoqlar bilan orqada yotgan dastlabki holat

  3. tizza- tirsak dastlabki holat

  4. tizza-kaft dastlabki holat

42.O‘t yo‘li diskeneziyasining gipokinetik shaklida qo‘llaniladigan mashq turini ayting

  1. *safroni xaydalishi uchun chap yonboshda mashqlar

  2. safroni xaydalishi uchun o‘ng yonboshda mashqlar

  3. tizza-tirsak holatida mashqlar

  4. tizza-kaft holatida mashqlar

43.Yurak-qon tomir sistemasining funksional holati yaxshi, semirish bor bemorlarga tavsiya etiladigan jismoniy yuklamani ayting

  1. *trenajerlarda mashqlar

  2. kam harakatli o‘yinlar

  3. aeroterapiya

  4. qo‘l-oyoq distal qismlari uchun mashqlar

44.Insulinga qaram diabetni davolashda DJTning vazifasini ko‘rsating

  1. *qandning so‘rilishini yaxshilash

  2. kichik intensivlikdagi jismoniy yuklamalarni qo‘llash

  3. oshqozondan qon ketishini oldini olish

  4. izometrik mashqlarni buyurish

45.Qandli diabetda DJTga qarshi ko‘rsatmani ko‘rsating

  1. *atsedoz va keton tanachalarini siydikda paydo bo‘lishi

  2. qandli diabetning 1 tipi va semirishini hamkorlikda kelishi

  3. qandli diabetning 1 tipi va angiopatiyaning hamkorlikda kelishi

  4. davolash dinamikasida qondagi qand miqdorining ortishi

46.Artritning ekssudativ bosqichida DJTning vazifasini ayting

  1. *bo‘g‘imlar harakati qiyinlashishini oldini olish

  2. bo‘g‘imlarda harakat amplitudasini oshirish

  3. izometrik mashqlarni tavsiya etish

  4. ideomotor mashqlarni tavsiya etish

47. Oraliq jarohatida va tos tubi mushaklari operatsiyalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jismoniy mashqni ayting

  1. *yuqori yelka kamari uchun mashq

  2. «gorizontal qaychi» mashqi

  3. «vertikal qaychi» mashqi

  4. tashqariga son rotatsiyasi

48.Operatsiyagacha bo‘lgan davrda davolovchi gimnastika qo‘llashning maqsadini ayting

  1. *tromboemboliyani oldini olish

  2. qon ketishning oldini olish

  3. churra qisilishini oldini olish

  4. qorin oldi devor mushak kuchini mustaxkamlash

49.Operatsiyagacha bo‘lgan davrda davolovchi gimnastika tavsiya etishga qarshi ko‘rsatmani ayting

  1. churraning bo‘lishi

  2. shishning bo‘lishi

  3. *yurak faoliyatining dekompensatsiyasi

  4. ko‘ngil aynishi

50.Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i organlarida operatsiyadan keyingi erta davrda DJTning vazifasini ko‘rsating

  1. qon ketishini oldini olish

  2. *gipostatik zotiljamning oldini olish

  3. churrani oldini olish

  4. qorin oldi devori mushaklarini kuchini oshirish

51.Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i organlarida operatsiyadan keyingi kechki davrida DJTning vazifasini ko‘rsating

  1. qon ketishni oldini olish

  2. ichak parezini oldini olish

  3. *elastik chandikni shakllantirish

  4. gipostatik zotiljamning oldini olish

52.Operatsiyadan keyingi kechki davrda davolovchi gimnastika tavsiya etishga qarshi ko‘rsatmani ayting

  1. churrani olib tashlash

  2. O‘TSning kamayishi

  3. shish

  4. *tromboflebit, tromboemboliya

53.Qo‘l-oyoq,umurtqa pog‘onasi va tos suyaklari sinishida davolovchi gimnastika tavsiya etishga asosiy qarshi ko‘rsatmani ayting

  1. gipsning bo‘lishi

  2. skelet tortib qo‘yish

  3. *singan suyak bo‘laklari repozitsiyasining yo‘qligi

  4. metalli shtiftlarning bo‘lishi

54.Qo‘l-oyoq suyaklari sinishida DJTning mahalliy vazifasini ayting



  1. gipsni tez olish

  2. qon ketishning oldini olish

  3. *mushak gipotrofiyasini oldini olish

  4. mushak kuchini rivojlantirish

55.Qo‘l-oyoq suyaklari singanda mahalliy vazifani bajarish uchun qo‘llaniladigan DJTning vositasini ayting

  1. terrenkur

  2. ertalabki badan tarbiya

  3. yaqin turizm

  4. *simmetrik qo‘l-oyoq uchun mashqlar

56.Qo‘l-oyoq suyaklari jarohatida immobilizatsiyadan keyingi davrda DJTning asosiy vazifasini ayting

  1. *harakat ko‘nikmalarini chiniqtirish

  2. izotonik mashqlarni buyurish

  3. izometrik mashqlarni buyurish

  4. yuqori yelka kamari mushagi uchun mashq buyurish

57.Qo‘l-oyoq suyaklari sinishida DJT samaradorligini baholovchi usulni ayting

  1. goniometriya

  2. kaliperometriya

  3. antropometriya

  4. *dinamometriya

58.Umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismining egilgan sinishida immobilizatsiyaga talabni ayting

  1. yumshoq tushak

  2. bosh ostiga yostiq

  3. *yelka ostiga katta bo‘lmagan yostiq

  4. ensa katta teshigi ostiga gipsli yarim korset

59.Umurtqa pog‘anasi sinishida jarohatning birinchi kunida DJTning vazifasini ayting

  1. *bemorning hayotiy tonusini ko‘tarish

  2. umurtqa pog‘anasi bo‘yin qismining qon bilan ta'minlanishini yaxshilash

  3. bo‘yin mushagi tonusini yaxshilash

  4. orqaning uzun mushagi uchun mashqni buyurish

60.Umurtqa pog‘anasi sinishining birinchi kunida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan mashqni ko‘rsating

  1. *oyoqlar uchun yengillashtirilgan sharoitda mashq

  2. 30 gradus burchak ostida to‘g‘ri oyoqlarni ko‘tarish

  3. 45 gradus burchak ostida to‘g‘ri oyoqlarni ko‘tarish

  4. 90 gradus burchak ostida to‘g‘ri oyoqlarni ko‘tarish

61.Umurtqa pog‘anasi sinishida davolashning 2-davrida DJTning vazifasini ayting

  1. *jarohat sohasida qon aylanishini yaxshilash

  2. bo‘yin mushaklari uchun izometrik mashqlarni buyurish

  3. orqa mushaklari uchun izometrik mashqlarni buyurish

  4. yelka kamari mushagi uchun izometrik mashqlarni buyurish

62.Orqa miya jarohati bilan umurtqa pog‘anasi jarohatining xususiyatini ayting

  1. orqa miya neyronlarida gipertrofik jarayonlarining rivojlanishi

  2. mushaklarda atonik holatlar

  3. *orqa miya neyronlarida distrofik jarayonlarining erta rivojlanishi

  4. Paraparez

63.Orqa miya jarohati bilan umurtqa pog‘anasi sinishida asoratlarni oldini olish uchun zaruriy shartni ko‘rsating

  1. *mushaklarning erkin relaksatsiyasi

  2. mushak tonusini oshirishga qaratilgan mashqlarni qo‘llash

  3. mushak tonusini erkin oshirish

  4. massaj: vibratsiya, kesish

64.Tos suyaklari sinishida DJTning mahalliy vazifasini ko‘rsating

  1. qon ketishning oldini olish

  2. *jarohatlangan sohada qon aylanishni yaxshilash

  3. tos mushagi uchun izometrik mashqlar

  4. oyoqlarda shishishning olini olish

65.Tayanch qobiliyatini, ressor funksiyasini tiklash va trofik jarayonlarga ta'sir etish uchun immobilizatsiya davrida qo‘llaniladigan mashqni ayting

  1. *fiksatsiyalangan qo‘l-oyoq mushaklari uchun ideomotor mashqlar

  2. immobilizatsiya qilinmagan qo‘l-oyoq uchun passiv harakatlar

  3. fiksatsiyalangan qo‘l-oyoq uchun passiv harakat

  4. orqa mushaklari uchun izometrik mashqlar

66.Tosning qo‘zg‘algan bo‘limlarining repozitsiyasi uchun tavsiya etiladigan mashq turini ko‘rsating

  1. *qorin oldi devori mushaklari uchun mashqlar

  2. krovatning oyoq qismiga sog tomondagi oyoq bilan «tortilish»

  3. qov suyagi ajralganida oyoqlarning kesishishi (kasal oyoq yuqorida)

  4. sonning tashqi rotatsiyasi

67.Tos suyagi sinishida bemorni turg‘azish uchun vaqt va shartni ayting

  1. *boshida bemorni qoringa o‘girish

  2. davolashning 3-davr oxiri

  3. bemorni yon boshga o‘girish

  4. tos son bo‘g‘imida oyoqlarni bukish

68.Skoliozni davolashning asosiy usulini ayting

  1. Astrand usuli

  2. *umurtqa pog‘anasining mobilizatsiyasi

  3. Pine usuli

  4. Martine usuli

69.Skoliozni davolash uchun qo‘llaniladigan asosiy mashq turini ko‘rsating

  1. koordinatsiyaga mashq

  2. qarshilikda mashq

  3. Buteyko usuli bo‘yicha nafas

  4. *korreksiyalovchi

70.Osteoxondroz bilan bemorga DJT mashg‘ulotlariga qo‘llanilishi zurur bo‘lgan avsosiy qoidani ayting

  1. *bo‘shashtirishga qo‘llaniladigan mashqlar

  2. turgan dastlabki holat

  3. mushaklar tonusini oshirishga mashqlar

  4. umurtqa pog‘onasini yoyishga mashqlar


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin