Tasdiqlayman



Yüklə 0.72 Mb.
səhifə8/14
tarix25.11.2016
ölçüsü0.72 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14

Stomatologiyada davolovchi massajni qo‘llash

Ko‘pgina stomatologik kasalliklarda davolovchi massaj qo‘llaniladi : yuzning yumshoq to‘qimalari jaroxatlanganda, jag‘ suyaklari singanda va ularning asoratlarida; odontogen yallig‘lanish jarayonlarining kamayish bosqichida; jag‘ kontrakturalarida; tishjag‘ sistemasining anomaliyalarida va paradonpatiyada; yuzning tug‘ma va ortirilgan defektlari bo‘yicha tiklovchi operatsiyalarda.



Stomatologiyada massajni tavsiya qilishga qarshi ko‘rsatmalar:organizmning yaqqol reaksiyasi namayon bo‘ladigan o‘tkir va o‘tkir osti holati (tana haroratining va EChT ning ko‘tarilishi,yuzning yumshoq to‘qimalariga keng miqyosda qonning quyilishi va yallig‘lanish shishishi); yuz–jag‘ sohasidagi yiringli jarayon (abssess, limfadenitlar, tufuk bezining o‘tkir yallig‘lanish kasalligi va x.z.); o‘tkir osteomielit, yuz–jag‘ sohasining shishish kasalligi; yuz terisining yiringli kasalliklari, virusli dermatozlar; yuz va bo‘yinning yirik tomirlari yaqinida yot tanalarning bo‘lishi.

Yuzda massaj o‘tkazilgan qo‘llar harakati limfa oqimi bo‘ylab harakatlanishi kerak. Bunda quyidagi usullar qo‘llaniladi : silash, surtish, yumshatish va tebratish.Silash usuli qo‘llanilganda qon va limfa oqimi tezlashadi, nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi kamayadi, og‘riq sezgisi kamayadi va yaqqol so‘rilish samarasi yuzaga keladi.

Surtish to‘qimalar harakatchanligini kattalashtiradi, bitishma va chandiqlarni cho‘zadi, mahalliy qon aylanishini va infiltratlarning so‘rilishini tezlashtiradi, mushaklar tonusini va ularning qisqaruvchanlik xususiyatini oshiradi, nevrit va nevralgiyalarda sezuvchanlikning pasayishiga va og‘riqningkamayishiga erishiladi.

Yumshatish asosan bo‘yin mushagi va og‘izning aylanma mushagiga ta'sir etadi, massaj ularning qisqarish xususiyatini yaxshilash va funksional yetishmovchilikni yo‘qotish maqsadida o‘tkaziladi. To‘qimalarning oziqlanishi yaxshilanadi va regenerativ–reparativ jarayonlari oshadi, massaj qilinayotgan mushak maksimal bo‘shashadi. Yumshatish silash bilan tugatiladi, so‘ngra tebratish usuli amalga oshiriladi.

Tebratish usuli ta'sirida to‘qimalarning oziqlanishi yaxshilanadi, jaroxatlarning bitish muddati qisqaradi, mushaklar faoliyati yaxshilanadi, regenerativ jarayonlari aktivlashadi va x.z.

Massajdan oldin og‘iz bo‘shlig‘i iliq suv, gidrokarbonat natriy eritmasi (bir stakan suvga bir choy qoshiq) yoki permanganat natriyning och suyuqligi bilan yaxshilab chayiladi. Massaj bajaradigan qo‘llar yaxshilab yuviladi, vazilin yog‘i yoki glitserin bilan moylanadi.

Qo‘l bilan massaj milklarni tish ildizi cho‘qqisidan bo‘yni yo‘nalishida silash bilan boshlanib, silash bilan tugatiladi. Massaj galma–gal milk yo‘nalishi bo‘yicha 3–5 minut davomida kuniga 2–3 marta qilinadi.

Og‘iz shilliq qavatining qo‘l massajiga qarshi ko‘rsatmalar : parodontoz asorati, shilliq qavat butunligining buzilishi, gemorragik diatez va gemofiliya, onkologik kasalliklar.

“Birga o‘qiymiz” (“Koop–koop”) usuli – o‘zaro bilim olish texnikasi,yagona baza prinsipiga asoslangan : o‘quv guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi. Guruhning har bir a'zosi o‘rganilayotgan mavzuning ma'lum sohasida ekspert bo‘ladi va oshqalarni o‘rgatadi.Har bir guruhning maqsadi, hamma ishtirokchilar o‘rganilayotgan mavzuni to‘liq o‘rganishlaridir.


Birga o‘qiymiz” (“Koop–koop”) texnikasining texnologik kartasi

Faoliyat

O‘qituvchi

Talaba

Ishning 1 bosqichi

3-5 kishilik guruhlarni shakllantiradi




Ishning 2 bosqichi

Har bir guruhga vazifa beradi – umumiy mavzuning bir qismi, uning ustida hamma o‘quv guruhi ishlaydi.

Vazifa uchun mavzular :

1.Yuz nervi kasalliklarida va jaroxat-larida DJT.

2.Til osti nervining jarohatlanishida DJT.

3.Uch boshli nervning kasalliklarida va jaroxatida DJT.

4.Yuz jag‘ sohasining yangi jaroxatlarida va kuyishida DJT.

5.Pastki jag‘ sinishlarida DJT.

6.Chakka pastki jag‘ bo‘g‘imi artritlarida va artrozlarida DJT.






Ishning 3 bosqichi

Bajarilgan vazifalarning, muomula madaniyatining nazorati

3.1.Hamma individual vazifalarni bajaradi va hamma mavzu bo‘yicha mustaqil ishlaydi.

3.2.Guruh a'zolarining mini ma'ruzalari-ni tinglaydilar. Umumiy ma'ruza tayyorlaydilar.



Ishning 4 bosqichi

Guruhlarda ishning tugaganligini va natijalar prezentatsiyasining boshlangan-ligini e'lon qiladi

Guruh spikeri yoki hamma guruh maxruza prezentatsiyasini o‘tkazadilar.

Ishning 5 bosqichi

Guruh natijalarini taxlil qiladi va baholaydi, g‘olib guruhni aniqlaydi. Guruhning yakuniy bahosi o‘z ichiga ma'ruza uchun umumiy ballni va mustaqil ishlar uchun individual ballarni oladi.






Nazariy qismni baholash mezoni.

Maksimal ball

25 - 22

21-18 ball

17-14 ball

13-9 ball

8 ball va undan kam

A'lo

yaxshi

o‘rta

qoniqarsiz

yomon

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam


15.2. Taxliliy qism

13.2.2. Grafik organayzer:

Mavzu:Chakka-pastki jag bugimi artirit va artrozlarida, yuz nervining kasalliklarida va jaroxatlarida, yuz jag soxasidagi jaroxatlarda va plastik operatsiyalarda DJT. Xususiy usullarni asoslash va tanlash, DJTning maksad va vazifalarini aniklash, davolovchi gimnastik mashklar kompleksini tuzish va davolash samaradorligining nazorati ”

Qadamlar:



  1. Klaster tuzish qoydalari bilan tanishish.

  2. 1-2 so‘z bilan mavzu nomi yoki kalit so‘zlar doskaga yoziladi.

  3. Mavzudan kelib chiqib kalit so‘zlarga bog‘liq bo‘lgan so‘zlarni kichik doira ichiga yoziladi, bu doiralar kalit so‘zi bilan chiziqlar bilan bog‘langanligi va bu so‘zlardan chiziqlar davom etkizilib quyi doiralar chiziladi,belgilangan vaqt tugaguncha fikr davom etkiziladi

  4. Klasterlarni talabalar almashtirib,muxokama qilishadi.

15.3. Amaliy qism

Davolovchi gimnastika muolajasini tavsiya etish va o‘tkazish

Maqsadi: stomatologik bemorlarga davolovchi gimnastika muolajasini to‘g‘ri tavsiya etish va o‘tkazishni talabalarga o‘rgatish.

Bajariladigan bosqichlar :





Bajaradigan ish nomi

Bajar-madi

Maksimal ball

1

Bemorning holatiga qarab harakat tartibotini aniqlash

0

10

2

Davolovchi gimnastika muolajasining maqsad va vazifalarini taniqlash (umumiy va xususiy)

0

15

3

Mashqlarni bajarish uchun dastlabki holatni tanlash

0

10

4

Umumiy va maxsus vazifalarni bajarish uchun mashqlarni tanlash

0

15

5

Davolovchi gimnatikaning kirish bosqichini o‘tkazish

0

10

6

Davolovchi gimnastikaningtasosiy bosqichini o‘tkazish

0

10

7

Davolovchi gimnastika muolajasining yakunlovchi bosqichini o‘tkazish

0

10

8

Jismoniy yuklamaga bemor reaksiyasini baholash (pulsni sanash, qon bosimni o‘lchash)

0

10

9

Davolovchi gimnastika muolajasining s amaradorligini baholash (emotsiya,og‘riq sindromining ko‘rinishi, harakat chegaralinish darajasi va x.z.)

0

10




Jami




100

Amaliy ko‘nikmalarni baxolash mezoni:

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam

40-34 ball

A'lo


33-28 ball yaxshi

27-22 ball qoniqarli

21-15 ball qoniqarsiz

14 va undan kamyomon


16. Bilim, ko‘nikma va bilishlarni nazorat shakllari

- Og‘zaki javob

- Bahsda aktiv ishtrok etish

- Yozma javob natijalari

- Masalalarini yechish

- Amaliy ko‘nikmalarni bajarish


Talabalar bilmi, ko‘nikma va maxoratini baholashda qo‘llaniladigan nazorat mezonlari



Baho

a'lo

Yaxshi

o‘rta

qoniqarsiz

yomon

O‘zlashtirish % hisobida

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam

1

Nazariy qism

25-22ball

21-18 ball

17-14 ball

13-9 ball

8ball undan kam

2

Analitik qisim klaster

30-26 ball

25- 21 ball

20-16ball

15-11 ball

10ball undan kam

3

Amaliy qism

40-34ball

33-28 ball

27-22 ball

21-15 ball

14ball undan kam

4

Mustaqil ish

5-4,3 ball

4,2-3.6 ball

3.5-2,8 ball

2.7-1.9 ball

1.8 ball undan kam

17. Nazorat savollari

1.Mimiu mushaklar qvnday xususiyatga ega ?

2.ChPJB artrozida va kontrakturasida DJTning asosiy vazifalarini ayting.

3.ChPJBning funksiyasini tiklash uchun qanday mashqlar qo‘llaniladi ?

4.Jag‘ sinishida DJTning vazifalarini ayting.

5.Jag‘ sinishining immobilizatsiya davrida qanday mashqlar qo‘llaniladi?

6.Jag‘ sinishining immobilizatsiyadan keyingi davrda qanday mashqlar qo‘llaniladi?

7.Yuz nervi jaroxatlanganda davolovchi gimnastika qaysi muddatlarda tavsiya etiladi va qanday maxsus mashqlar qo‘llaniladi ?

8.Yuz jag‘ sohasining plastik operatsiyasining turli operatsiyadan keyingi davrida DJTning vazifalarini ayting.

9.Stomatologiyada massajning qo‘llanilish xususiyatlarini sanab o‘ting.

10.Stomatologiyada massajni tavsiya etish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni ayting.Yuz massajini qaysi fiziomuolajalar bilan kompleksda tavsiya etish mumkin.

18.Adabiyotlar.

Asosiy (A):

1.yepifanov V.A., Apanasenko G.L. «Lechebnaya fizkultura i vrachebnыy kontrol» M., 1990 g.

2.yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000

3.Popov V.I. Chogovadze V.G. « Fizicheskaya reabilitatsiya» Rostov naDonu 2001g.

4.yepifanov V.A. “ Lechebnaya fizicheskaya kultura” M. 2003g.

5.Dubrovskiy V.A. “ Lechebnaya fizkultura” M. 2004 g



Qo‘shimcha (Q):

1.yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000

2.Rixsieva O.A. «Massaj» T. 1996 g.

3.yevdokimova T.A. Milyukova I.V. Noveyshiy spravochnik“ Lechebnaya fizkultura” M. 2004g.

4.«Meditsinskie osnovы fizicheskogo vospitaniya i formirovaniya zdorovya i garmonichnogo razvitiya detey i podrostkov» prof. Nazirov F.G. prof. Axmedova D.M. prof. Suyumov F.A. dots. Vasilev V.D, prof. Shayxova G.I. Tashkent 2003g

5.Karpman V.L. «Serdse i sport» M., 1999

6.Edvard T. Xouli, B. Don-Frenks « Rukovodstvo instruktora ozdorovitelnogo fitnessa» Kiev 2004g

7.Bet Shou “Yoga fitTrening dlya zdorovya” M.2005 g.

8.Milyukova I.V. yevdokimova T.A. “Gimnastika dlya detey” M. 2004 g.

9.A. Bokov S. Sergeev “ Yoga dlya detey” M. 2004 g.

10.yepifanov V.A., Moshkov V.N. «Lechebnaya fizkultura (spravochnik)» M.1997

11.Aulik I.V. «Opredelenie fizicheskoy rabotosposobnosti v klinike i sporte» M., 1990

12.Yuldashev K.Yu. «Nemedikamentoznыe metodы lecheniya profilaktiki i meditsinskoy reabilitatsii». Sb. nauch. trudov. T.-1994g.

Chet el adabiyoti:


  1. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

  2. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

  3. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DOSports MedicineStudy Guide and Review for Boards

  4. Mika T. Warshava. Fizikaterapia. 460.2000

  5. Sara J. Cuccurullo (Editor)Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.

  6. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  7. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsiseeddiction on habitual runners.” 1992 96.

  8. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors)Alternative Medicine and RehabilitationA Guide for Practitioners2003 - Demos Medical Publishing.

Internet saytlari:

http://www.medscap.com

http://www.sportsinjuryclinic.net

http://www.about. com.

http://www.healthline. com

http://www.medlinks.ru

http://www. z-e.ru

http://www.sportmed.com

MASALALAR VA MAShQLAR TO‘PLAMI

Masala №1. Bemor DJT xonasiga yuborilgan. Sizning harakatingiz?

Javob: Bemorning kasallik tarixi bilan tanishib chiqib, DJTga qarshi ko‘rsatma yo‘qligi aniqlanadi. Bemor uchun harakat tartiboti belgilanadi va vazifalari qo‘yiladi. Belgilangan vazifalarga qarab DJT shakllari va vositalari tanlanadi.

Masala №2. Bemor 40 yoshda. Diagnozi: Gipertoniya kasalligi II daraja. Shikoyatlari: Umumiy quvvatsizlik, apatiya. Nafas soni 20 ta/min. Yurak chegaralari normal,tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik. Puls 80 ta /min. AQB 160/90 mm.sim.ust.

Gipertoniya kasallikida DJT qo‘llanishiga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lishi mumkin?

Jismoniy mashqlarni yuqori AQB tushirishida nima yotadi?

Bemorga ratsional xarakat tartibotini belgilang.

DJT mashg‘ulotida bemorga qaysi maxsus mashqlar tavsiya etiladi va kurs davomiyligi?

DJT mashg‘ulotini samaradorligi va hafsizligini baholash usullari qanday bo‘ladi?



Javob:

Artereal gipertenziyaning og‘ir darajasi (220/110 mm.sm.ust.), gipertonik krizdan keyingi holat yoki AQBining keskin pasayishidan bemor umumiy holatining yomonlashuvi, yurak va yurak qon-tomir yetishmovchiligining og‘ir darjasi, yurak qon-tomir yetishmovchiligining rivojlanishi, paroksizmal va xilpiroq taxikardiyalarining takroriy hurujlari, ekstrasistoliyalar, QRS kompleksi oxirgi qismining manfiy dinamikasi, AV-blokada II-III darajasi, AQBning 90/60 mm.sm.ust dan. past bo‘lishi, qon ketish va tromboemboliya havfi.

Jismoniy yuklamalar AQB ni pasaytiruvchi ta'siri asosida qon tomirlar boshqaruvining murakkab mexanizmlari yotadi. Bular: simpato-adrenal tizimi faoligining pasayishi, o‘zgargan baroretseptorlar sezuvchanligining tiklanishi, Renin Angiotenzin tizimi faoliyatining normallashuvi va boshqalar. Natijada gemodinamika yaxshilanadi, yurak zarba hajmining kamayishi yoki qon-tomirlar umumiy qarshiligining kamayishi yoki ikkala ko‘rsatkichning bir vaqtda pasayishi. Gipertoniya kasalligi II bosqichida bemorlarga jismoniy mashqlar gipotenziv dori vositalari bilan birgalikda qo‘llanishi kerak.

Bemorga maxsus mashq sifatida periferik qon tomirlarni kengaytirish maqsadida qo‘l oyoqlarning distal qismlari uchun mashqlar tavsiya etiladi. Bemorlarga og‘ir yuklamali, statik (mushaklarni kuchlantiruvchi), keskin bajariladigan va anaerob mashqlar (nafasni ushlab turish) tavsiya etilmaydi.

Chidamlilikka beriladigan yuklamalar DJT mashg‘ulotida yaxshi samara beradi. Maksimal yurak urish sonini 65-85% GK I bosqichida, 40-65% GK II bosqichida bo‘ladi. Mashg‘ulotning davomiyligi 20-30 daqiqa, haftasiga 3-5 ta, mashg‘ulot energetik qiymati o‘rtacha 500 kkal.

Jismoniy mashq bajarganda YuUS = (170 – tinch. YuUS): 3x2 + tinch. YuUS

DJT mashg‘ulotining samaradorligi va havfsizligini baholash uchun albatda DJT kursidan oldin va keyin EKG qilinadi; AQB, pus har kuni nazorat qilinadi. Qilinishi mumkin bo‘lgan tekshiruvlar AQBni sutkalik monitorlanishi, ExoKG; umumiy qon va siydik analizi, bioximik qon analizi (qand, qon lipid spektri, kreatinin, kaliy va boshq.).

Masala №3. Bemor 30 yoshda. Diagnoz: bronxial astma, o‘rta og‘ir kechishi, qo‘zish davrida. Bemor bir yildan beri xasta, bir necha marta hurujlar kuzatilgan Ko‘krak qafasi silindrik shaklda, aralash tipda nafas oladi, perkussiyada o‘pkalarida qutichasimon tovush aniqlanadi. O‘pka ekskursiyasi ikki tomonda 2,5sm. Nafas sustlashgan, vezikulyar, jarangli xirillashlar nafas chiqarganda kuchayadi, nafas olish soni 24 ta/min. Yurak chegaralari normada,tonlari biroz bo‘g‘iqlashgan, puls 82 ta/min, ritmik. AD 120/85 mm sm.ust.

Tashqi nafas tekshiruvlari: O‘TS 3,8 l (99,4% IO‘TS), nafas hajmi 680 ml, nafas chiqarish hajmi - 0,95 l, nafa solish -1,75 l.

FO‘TS 1 s — 2,05 l (64,26% IO‘TS), Tiffno indeksi — 60-65%; O‘MTX —11,34 l, O‘MV — 15,06 l (14,25% IO‘MV).

1.DJTning vazifalarini qo‘ying.

2.DJTning vositalarini belgilang.

3.Maxsus mashqlarni taklif eting.




Javob:

1.Nafasning kompensator imkoniyatlarini rivojlantirish, nafas va yurak-qon tomir tizimining funksional holatini yaxshilash, kundalik va mehnat yuklamalariga moslanuvchanlikni oshirish.

2.Jismoniy mashqlar, ko‘krak qafasi massaji.

3.Nafas chiqarish fazasini oshirish bilan statik nafas mashqlari, nafas chiqrishda nafasni ushlab qolish, dinamik nafas mashqlari, tovushli nafas gimnastikasi. Ko‘krak qafasi va yelka kamari mushaklarini bo‘shashtirishga, qo‘l va oyoqlar uchun dinamik mashqlar.



Masala №4. 20 yoshli bemor Diagnoz: O‘ng pastki bo‘lak pnevmoniyasi, pnevmokokkli etiologiya bilan, kasallikning 8-kuni. Shikoyati qiyin ajraluvchi shiliq-yiring aralash yo‘talga, nafas olganda o‘ng tomonda ko‘krak qafasida sanchuvchi og‘riqqa, tana harorati 37,2 oS. O‘ng tomnda pastda perkutor tovush timpanik (bo‘g‘iq) xarakterda, sust bronxial nafas, jarangli krepitatsiyalangan xirillashlar.Rentgenogrammada o‘ng o‘pakaning pastki bo‘lagi soyalangan. Qon analizi dinamikada neytrofilyoz kamayib borgan, EChT — 25mm./soat.

1.DJT asosiy vazifasi ayting.

2.DJT vazifalarini belgilang.

3.Nafas mashqlari ko‘rstaing.

Javob:

1.Yalig‘lanish o‘chog‘ini so‘rishi..



2.Tashqi nafas faoliyati tiklash, nafas va yurak qontomir tizimlariini funksional xolatini yaxshilash.

3.Drenajlovchi nafas mashqlari Tana qismlariga mashqlar bilan dinamik nafas mashqlari birga qo‘llash.



Masala №5.

Bemor 30 yosh. Diagnoz: O‘ng tomonlama ekssudativ plevrit.xastalikni 3-kuni. 150 ml ekssudat olingan. O‘mumiy xolati qoniqarli, temperatura 37,0 oS, chuqr nafas olganda og‘riq kuzatilmoqda.

1.bemorga DJT qo‘llash uchun yana qaysi tekshiruvlar sizga kerak bo‘ladi?

2.DJT vazifalari.

3.DJT vositalari.

4.Maxsus mashqlar.

Javob:

1.Ekssudatni laborator analizi, ko‘krak qafasini rentgenoskopiya yoki rentgenografiyasi, EKG.



2.Nafas kompensator imkoniyatlarini rivojlantirish, nafas va yurak-qontomir tizimining funksional xolatini yaxshilash, kundalik va mehnat yuklamalariga moslanuvchanlikni oshirish.

3. Jismoniy mashqlar, ko‘krak qafasi massaji,chiniqish.

4.Nafas mashqlari plevral pardalari bitishmalarini cho‘zish maqsadida,maxaliy statiik nafas mashqlar.Tana qismlariga mashqlar bilan dinamik nafas mashqlari birga qo‘llash.
Masala №6.

Bemor ayol S. 32 yoshda. Diagnozi: Homiladorlik 24-hafta. Shikoyatlari: umumiy holsizlanish, ba'zan ertalabki ko‘ngil aynash. AQB 110/60 mm.sim.ust.

Savol:

1. Qanday DJT vositalari va shaklllaridan foydaniladi?

2. Homiladorlik davrida DJT ga qarshi ko‘rsatmalar.

Javob:


  1. Gimnastik mashqlar, amaliy sport mashqlari, tabiiy omillar. Shakllar: kasalxona ichida va kasalxonadan tashqarida qo‘llaniladigan.

  2. Homiladorlik og‘ir kechishi va asoratlari.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə