Ташқи иқтисодий фаолият соҳасидаги тадбиркорлик


Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi tashqi iqgisodiy faoliyat subyekglarining huquq va majburiyatlari



Yüklə 42,91 Kb.
səhifə3/3
tarix21.12.2023
ölçüsü42,91 Kb.
#188036
1   2   3
16.Tadbirkorlik faoliyatining tashqi iqtisodiy faoliyati

3. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi tashqi iqgisodiy faoliyat subyekglarining huquq va majburiyatlari
Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar o`z faoliyatlarini ustavi (Nizomi), «O`zbekiston Respublikasining Tashqi iqgisodiy faoliyatito`g`risida», «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`grisida», «Valyutyani tartibga solish to`g`risida»gi qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlari, O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda bitimlari asosvda yuritadklar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi yuridik shaxs o`z faoliyatini olib borish uchun maxsus huquq layoqatiga ega bo`lishi kerak.
Yuridik shaxslarning huquqiY layoqati uning ustavi yoki nizomi tasdiqlangan vaqgdan e`tiboran, basharti u mazkur turdagi tashkilot haqidagi umumiy nizom asosida harakat qilishi lozim bo`lsa, tashkil etilishi to`g`risida vakolatli organ tomonidan qaror chiqarilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari O`zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyati to`g`risida»gi qonunning 7-modsasida belgilab berilgan. Unda shunday deyiladi:
Mulkchilik shakllari va tashqi iqtisodiy faoliyatning turlaridan qat`iy nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda teng huquqga egadir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning har bir subyekti amal qilib turgan qonunlar doirasida tashqi iqgisodiy aloqalardagi o`z ishtirokining turlari, shakllari va yo`naliShlarini mustaqil belgilashi, uz xohishiga ko`ra tashqi iqtisodiyotni amalga oshirishi uchun zarur bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangam tartibda shartnoma asosida yoki boshqacha tarzda haq to`lab yoxud to`lamasdan jalb etish huquqiga ega. Tashqi iqgisodiy faoliyatning har bir subyekti O`zbekiston Resggublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatning natijalariga, shu jumladan chet el valyutasidagi daromadga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni gasarruf etishga haqlidir. Uz qaroriga ko`ra, iqtisodiy faoliyat natijalariga egalik qilish, jismoniy shaxslarga o`tkazishi yoxud ularga ishonib topshirishi mumkin. Huquqyaar ana shu tarzda o`zgaga o`tkazilgan taqsirda tomonlar o`zaro munosabatlarini shartnoma (bitim) asosida tartibga soladilar.
O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Valyutani tartibga solish to`g`risida»gi qonunida rezidentlarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi belgilab berilgan.
«Rezidentlar» jumlasiga, O`zbekiston Respublikasida muqim yashash joyi bo`lgan, shu jumladan vaqtincha O`zbekiston
Respublikasidan tashqarida turgan jismoniy^shaxslar, O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqtuzilgan varo`yxatdan o`tgan yuridik shaxslar, shu jumladan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar, Uzbekiston Respublikasining immunitetga va diplomatiya imtiyozlariga ega bo`lgan xorijdagi diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, shuningdek O`zbekiston Respublikasi korxona va tashkilotlarining chet eldagi xo`jalik va boshqa tijorat faoliyati bilan shurullanmaydigan o`zga vakolatxonalari kiradi.
Shu qonunda belgilanganidek, «yuridik shaxs bo`lmish rezidentlar o`zlariga tegishli valyuta mablag`laridan ishlab chiqarish va o`z mehnat jamoalarini ijtimoiy-madaniy rivojlantirish maqsadlarida hamda qonunlarga zid bo`lmagan boshqa maqsadlarda mustaqil ravishda foydalanishlari mumkin» (14-modda, 5-bandi).
Shu bilan birgalikda jismoniy shaxs bo`lmish rezidentlar tomonidan chet elda chet el valyutasida schyotlar va omonatlar ochilishi, ularda valyuta mablag`lari saqlanishiga rezidentlarning chet elda bo`lish davri uchun, boshqa hollarda esa O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda yo`l qo`yiladi (14-modda, 9-bandi)
O`zbekiston Respublikasining «Tashqi iqgisodiy faoliyati to`g`risida»gi qonunining 8-moddasidatashqi iqgisodiy faoliyat subyektlarining majburiyatlari belgilab berilgan. YA`ni tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari: tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi hisobotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda takdim etishi; O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning O`zbekistonda belgilab qo`yilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablariga muvofiqligini tayediqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda takdim etishi shart. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo`lishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari ma`lum bir faoli-yatni amalga oshiradigan bo`lsa shu faoliyat albatta qonunga muvofiq bo`lishi kerak. Tashqi iqgisodiy faoliyat to`g`risida qonunda tashqi iqgisodiy faoliyat obyektlari bedgilab berilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning faoliyati ana shu obyektlar doirasida bo`li-shi lozim. Bunday obyektlar oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti hisoblangan tovarlar (ishlar, xizmatlar), har qanday mol-mulk, shu jumladan qimmatdor qogozyaar, valyutalar va valyuta qimmatliklari, elektr, issiklik energiyasi va energiyaning boshqa turlariga, transport vositalariga nisbatan bo`lgan iqgisodiy faoliyat hisoblanadi.
Gashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno. Tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy faoliyat xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik, tashqi ^iqtisodiy faoliyati, chet el investitsiyalarini jalb etish O`zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati shaklida olib boriladi.
Tashqi iqgisodiy faoliyat yo`nalishlaridan biri bu xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlikdir. Respublikamizning tadbirkorlari bu turdagi tadbirkorlikda xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish, moliya, bank va su^-urga faoliyati, ta`lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog`liqni saqlash, ilmiy texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda o`zaro foydali aloqalarni o`rnatish va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradilar. Bundan tashqari tadbirkorlar tomonidan tovarlarni eksport va import qilish yo`li bilan tashqi sado faoliyati keng rivojlanmoqsa.
Tovarlarning O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga, ularni qayta olib kirish majburiyatini olmasdan, olib chiqib ketilishi eksport, deb e`tirof etiladi.
Tovarlarni O`zbekiston Respublikasining bojxona hududiga, ularni qayta olib chiqib ketish majburiyatini olmasdan, olib kirish import deb ataladi. Tovarlarning ayrim turlarini eksport va import qilish faqat ularni olib kirish yoki olib chiqish uchun tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olinganidan keyin amalga oshiriladi. Tovarlarning ayrim turlarining eksporti va importini amalga oshirish uchun litsenziyalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim tovarlar turlarini eksport va import qilishga nisbatan miqdoriy cheklovlar (kvotalar) belgilashi mumkin.
Eksport va import qilinishi litsenziyalanishi hamda kvotalanishi zarur bo`lgan tovarlar ayrim turlarining ro`yxati, shuningdek litsenziyalarni berish va kvotalarni taqsimlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlar eksportini amalga oshirayotganida nazorat hrnatilishi mumkin. Eksport nazoratini o`rnatishdan maqsad Uzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek xalqaro majburiyatlarga rioya etishni ta`minlashdir. Eksport nazoratiga tushadigan tashqi iqgisodiy faoliyat obyektlarining ro`yxati, shuningdek ularni olib chiqish yoki tranzit tarzida olib o`tish tartibi O`zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi tomonidan belgalanadi.
Tegishli davlat idoralari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq eksport, import taqiqlanishi hamda cheklanishi mumkin. Eksport, importni taqiqlash hamda cheklanishning asosiy maqsadi fuqarolar hayoti va soG`lirini muhofaza qilish, hayvonot va o`simlik dunyosini hamda atrof-muhitni muhofaza qilish, milliy xavfsizlikni ta`minlash, ijtimoiy axloq-odobga va huquq-tartibotga rioya etish;
O`zbekiston Respublikasi xalqining madaniy merosini saklash, madaniy boyliklarni qonunga zid tarzda olib chiqish, olib kirish va ularga bo`lgan mulk huquqlarini boshqacha o`tkazishdan himoya qilish, respublikaningto`lov balansini saklab turish; O`zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish; tiklab bo`lmaydigan tabiiy resurslar tugatilishining oldini olish va O`zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy faoliyat belgilangan tartibda davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Tashqi iqgisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish: tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish; valyuta bilan tartibga solish: soliq bilan tartibga solish; tarif va notarif bilan tartibga solish; O`zbekiston Respublikasining iqgisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo`llash; tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash; miqsoriy cheklovlar o`rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o`rnatish; qurol-yarog`lar, harbiy texnika, ikki xil maqsadda ishlatilishi mumkin bo`lgan tovarlar va texnologiyaga nisbatan eksport nazoratini o`rnatish; olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash; texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va gapablarini belgilash; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferensiya va imtiyozlar berish kabilar bilan amalga oshiriladi.
Tashqi iqgisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Davlat tomonidan tashqi iqgisodiy faoliyatning tartibga solinishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek O`zbekiston Respublikasining Tashqi iqgisodiy aloqalar vazirligi ham o`z vakolatlari doirasida ish olib boradilar. Shu bilan birgaliqsa tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquq va manfaatlari O`zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanadi.
Avvalo tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshkrayotgan faoliyatlariga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining aralashishiga haqli emasligidir. Bundan tashqari Uzbekiston Respublikasining davlat organlari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining qonunda belgilangan huquqlarini buzuvchi hujjatlar qabul qilishi mumkin emas. Agar ana shunday хujjatlar qabul qilinib tashqi iqtisodiy faoliyat subyektiga zarar yetgan bo`lsa, ushbu zarar qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi.
Tadbirkorlar tomonidan tashqi iqgisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlaridan biri chet el investitsiyasini jalb etishdir. O`zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyasi deb chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoyaiyati obyektlariga hamda qonun hujjatlarida taqiqpanmagan faoliyatning boshqa turlariga kiritilayotgan moddiy va nomodsiy ne`matlarning barcha turlari hamda ularga bo`lgan huquqpar, shu jumladan intellektual mulkka bo`lgan huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad e`tirof etiladi.
O`zbekiston Respublikasidan tashqarida hams.investitsiya faoliyati amalga oshirilishi mumkin. O`zb«kiston Respublikasidan tashqaridagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat obyekch lariga moddiy va moddiy bo`lmagan ne`matlarni hamda ularga bo`lgan huquklarni qo`yish bilan bog`liqtashqi iqgisodiy faoliyat subyeyugchari harakatlarining yig`indisi O`zbekigdan Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati deb e`tirof etiladi.
O`zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati quyidagi yo`llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
birinchidan, yuridik shaxslar tashkil etish yoki ustav fondlarida ulushbay asosda, shu jumladan, mol-mulk va aksiyalar sotib olish yo`li bilan qatnashish;
ikkinchidan, O`zbekiston Respublikasidan tashqarida vakolatxonalar, firmalar va boshqa aloxdda bo`linmalar ta`sis etish;
uchinchidan, qimmatli qog`ozlarni, shu jumladan xorijiy davlatlarning rezidentlari tomonidan tasdiqlangan qarz majburiyatlarini sotib olish;
to`rtinchidan, konseyesiyalarni, shu jumtadan tabiiy resurslarni qidirish, izlab topish, qazib olish yoxud ulardan foydalanishge mo`ljallangan konsessiyalarni qo`lga kiritish;
beshinchidan, mulk huquqini, shuningdek yerga hamda boshqa tabiiy reyeurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini qo`lga kiritish;
oltinchidan, xorijiy davlatlarning qonun hujjatlarida va O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirshshshi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oidirishda O`zbekiston Respublikasining hamda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining iqtisodiy manfaatlari himoya^ qilinadi. Himoya qilish turli usullarda olib boriladi. Bular himoya choralari, kompensatsiya choralari, dempingga qarshi choralar.
Shulardan biri himoya chorasidir. Bunday himoya chorasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Agar biron-bir tovar xuddi shunday tovarni yoki unga bevosita raqobat qiluvchi tovarni Uzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazadigan yoki sho`nday zarar yetkazishni yuzaga keltiradigan mikdorlarda yoki shunday shartlar .asosida chet edsan olib kirilsa, Uzbekiston Respublikasi VazMrlar Mahkamasi xalqaro huquqning umume`tirof etilgan normalariga muvofiq shunday zarar yetkazilishi xavfining oldini olish yoki bunday zararni bartaraf etish uchun zarur bo`ladigan mudddtdagi ximoya choralarini ko`rishga xaqlidir. Albatga himoya choralarshi qo`llash tartib^: qolun hujjatlari bilan belgilanadi. ` `
O`zbekiston Respublikasining hududiga bevosita subsi-diyalangan tovarlar olib kirilgan taqsirda, agar bunday olib kirish O`zbekiston Respublikasining xudsi shunday tovarlarni yoki unga bevosita raqobat qiluvchi tovarlarni ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazsa yoki zarar yetkazish xavfini yuzaga keltirsa yohud O`zbekiston Respublikasida xuDDy shunday tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish yoki k£ygaytirishga to`siq bo`luvchi shart-sharoitlarni yuzaga keltirsa, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xalqaro huquqning umume`tirof etilgan me`yorlari va tamoyillariga muvofiq O`zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bunday tovarlarni olib kirish orqali yetkazilgan zararni yoki zarar xavfini bartaraf etish uchun kompensatsiya choralarini qo`llash to`g`risida qaror qabul qilishga haqlidir.
O`zbekiston Respublikasining hududiga eksport qilgan mamlakatdagi real bahodan yoki eksport qilish paytidagi ishlab chiqarish bahosidan past narxda tovarlar olib kirilgan taqdirda, agar bunday olib kirishlar O`zbekiston Respublikasining xuddi shunday tovarlarni ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazsa yoki zarar yetkazishi mumkin bo`lsa yoxud Uzbekiston Respublikasida xuddi shunday tovarlarni ishlab chiqarishni tashkyl etish yoki kengaytirishga to`sqinlik qilsa, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xalqaro huquqning umume`tirof etilgan me`yorlari va tamoyillariga mu «ofiq dempinga qarshi choralarni qo`llash to`g`risida qaror qabul qilishga ha*ushdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat shartnoma tuzish orqali olib boriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi shartnomani amalGa oshirish natijasida yuzaga keladigan nizolar shartnomada nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi.
Shartnomada nizolarni hal qilishni targibga soluvchi qoidalar bo`lmagan taqdirda, qo`llaniladigan huquq va hal qilinadigan joy xalqaro xususiy huquqning umume`tirof etilgan me`yorlariga muvofiq belgilanadi.
Tashqi yqtisodiy faoliyat subyektlarining davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan nizolari O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Bundan tashqari tashqi iqgisodiy fyulshp to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar.
Adabiyotlar:


1. Karimov I. A. Barqaror taraqqiyotga erishish — ustuvor vazifa, «Ishonch», 1998 yil 26 fevral.
2. Abdusalomov M., Otaxonov F. Kontraktatsiya shartnomalari, tnlabnoma va da`vo arizalari. T, «Adolat», 1998, 30-31-6.
3. «Xalq so`zi», 1998 yil 23 aprel.
4.www.ziyonet.uz
Yüklə 42,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin