Ташқи иқтисодий фаолият соҳасидаги тадбиркорлик



Yüklə 42,91 Kb.
səhifə1/3
tarix21.12.2023
ölçüsü42,91 Kb.
#188036
  1   2   3
16.Tadbirkorlik faoliyatining tashqi iqtisodiy faoliyati


Tadbirkorlik faoliyatining tashqi iqtisodiy faoliyati
Reja:


1. Tashqi iqgisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari
2. Tashqi shdgisodiy faoliyag subyektlari
3. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi tashqi iqgisodiy faoliyat subyekglarining huquq va majburiyatlari

Tashqi iqgisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari


Ma`lumki, har bir mustaqil davlatning muhim faoliyatlaridan biri tashqi munosabatlarish aniq va to`g`ri belgilashdir. O`zbekiston Respublikasi ham davlat mustaqilligiga erishganidan boshlab, o`zining tashqi munosabatlarini mustaqil belgilab oldi, Chet el davlatlari bilan teng huquq asosida hamkorlik o`rnata boshladi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to`rrisidagi bayon hamda O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risidagi qonun muxim huquqiy hujjat bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to`g`risidagi qonunning 14-modsasida O`zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti bo`lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlari va investorlarning huquqlarini belgilaydi, o`zining konversiya qilinadigan valyuta jamg`armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarni, ayirboshlaydigan valyutani sotadi va sotib oladi, -deb ko`rsatilgan[1]. 1992 yil 8 dekabrda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyasining IV bobida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari belgilab berildi. Unda belgilanishicha, O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huqukli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume`tirof etilgan boshqa qoidalari va me`yorlariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini taminlash maqsadida itgafoqlar tuzishi, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
Respublikamizning tashqi siyosati Konstitutsiyamizning ana shu qoidasiga muvofiqolib borilmoqsa. Boshqa mamlakatlar bilan tula ishonch negizida ikki ham ko`p tomonlama tashqi siyosiy hamda iqgisodiy munosabatlar tobora rivojlanib bormoqda.

Tashqi iqtisodiy munosabatlarni o`rnatish va uni mustahkamlashga qaratilgan qonunlar va shu qonunlarga muvofiq huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Bunga misol qilib «O`zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to`rrisida»[2], «O`zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyati to`g`risida»[3] va boshqa qonunlar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag`batlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»grt Farmonini, Vazirlar Mahkamasining O`zbekiston Respublikasida xorijiy sarmoyalar ishtirokida korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek ularning tarkibiy bo`limlarini tashkil etish faoliyati to`g`risidagi qarori hamda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek, ularning tarkibiy bo`limlarini davlat tomonidan ro`yxatga olish tartibi to`g`risidagi Nizom singari bir qancha huquqiy hujjatlarni ko`rsatish mumkin.


Ushbu qonunlar va huquqiy hujjatlar bilan Respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlarga eksportga mo`ljallangan tovarlar ishlab chiqarib hamda chet el investorlari bilan hamkorlikda mamlakatimizda sifatli mollar ishlab chiqariladigan korxonalar ochib, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib jahon bozoriga chiqib borishlariga huquqiy kafolatlar yaratildi. Jumladan, «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag`batlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi farmon bilan eksportga mo`ljallangan va importning o`rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning samarali faoliyat ko`rsatishini rag`batlantirish O`zbekiston Respublikasining tashqi iqgisodiy va investitsiya siyosatidagi muxim ustuvorlik xisoblanishi belgalab ko`yildi. Shu bilan birga xorijiy investorlarning mulkka va daromadlarini olib ketishga bo`lgan huquqi himoya qilinishini ta`minlovchi, ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar va imtiyozlar yaratish belgilandi, xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalarni tashkil etish, ro`yxatdan o`tkazish va ularning faoliyat ko`rsatishi tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo`shimcha mg`lumotlar va hujjatlarni so`rash taqiqlandi. Eksportga mo`ljallangan va importning o`rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun 1996 yil 1 iyundan boshlab qo`shimcha imtiyozlar joriy qilindi. Bu imtiyozlar quyidagilardan iborat edi: Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ishlab chiqarishni rivojlanshrish uchun soliqkrediti olish huquqi berildi, ya`ni budjetga to`lanadigan foydadan olinadigan soliq, qo`shilgan qiymat solish va yer solig`i yuzasidan to`lovlar ikki yilgacha mudsatga kechiktirildi.
Ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming AQSH dollarini tashkil etgan korxonalar mulk soliri to`lashdan ozod qilish ko`rsatidsi. Bu tadbirkorlikning yanada rivojlanishiga, sifatli mollar ishlab chiqarib, tadbirkorlarimizning chet mamlakatlar bozoriga kirib borishiga va o`ziga munosib o`rin olishiga kafolat yaratiddi.

Yüklə 42,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin