Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va
faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning sub’ektlari xalqaro hamkorligining
xilma-xil shakllari tizimidir.
3
Davlat sub’ekti tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) tashqi iqtisodiy aloqalarni
ro’yobga chiqarish jarayonidir. Bu tushuncha O’zbekistonda mamlakatimiz
mustaqillikka erishgandan so’ng keng qo’llanila boshladi, chunki biz sovet
xukumati davrida xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarda mustaqil
ishtirok etish imkoniyatidan maxrum edik.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni
amalga oshirish 1991 yil 14 iyundagi O’zbekiston Respublikasining “Tashqi
iqtisodiy faoliyat to’g`risida” qonuni bilan tartibga solinadi, qonunning yangi
tahriri 2000 yil 26 mayda e’lon qilingan edi, va unga ko’ra tashqi iqtisodiy faoliyat
deganda, O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy
davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan
o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga ?aratilgan faoliyati
tushuniladiariga ular zimmasiga davlat tomomnidan yuklangan huquq va
majburiyatlarning tasarrufchilari kiradi. Bular o’zini-o’zi boshqaradigan hududlar,
ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
(akstiyadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari, kichik va o’rta korxonalar, xorijiy
investistiyalar ishtirokidagi korxonalar, xususiy tadbirkorlar va hokazolar)dir.
Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar bir aniq mamlakatning boshqa
mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo,
siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy
aloqalarni ro’yobga chiqarish jarayonidir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va fanni
ixtisoslashtirish, xo’jalik hayotini baynalmillashtirish jarayonidan ob’ektiv
3
А.Алимов, И.Аҳмедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият асослари. Т. 2004. 9-б.
9
ravishda kelib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishi
aalohida olingan mamlakatlarning o’zaro aloqalari va bir-biriga bog`liqligining
kuchayishi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari turli sohalarda: tashqi
savdo, faoliyatining ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, investistiya, valyuta-moliya va
kredit, axborot, madaniy va sport turlari, mehnat resurslarini olib o’tishda
o’rnatiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ana shu barcha turlarini quyidagi
shakllarga birlashtirish mumkin: savdo (tovarlarni ayirboshlash, xizmatlar
ko’rsatish), qo’shma tadbirkorlik, hamkorlikning boshqa turlari. Ular xalqaro
iqtisodiy munosabatlar amaliyotida, ayniqsa, keng tarqalgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa
sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar stivilizastiya mahsulotidir. Ular davlatlar paydo
bo’lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu aloqalarning
rivojlanishiga, ayniqsa, feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi. Natural
xo’jalikdan tovar-pul munosabatlariga o’tilishi alohida davlatlarning milliy
bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar ayirboshlashida
keskin sakrashni tug`diradi, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida
baynalmila aloqalar va xalqaro ayirboshlash kengayishi va chuqurlashishiga olib
keldi.
Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning
davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’ektlari o’rtasidagi harakati paytida
yuzaga keladigan ishlab chiqarish – iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil qiladi.
Ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini,
avvalo, uning ishlab chiqarish, savdo, investistiyaga oid va moliyaviy faoliyatini
qamrab oladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar orqali jahon bozorining tovar va xizmatlarga talabi
muayyan davlatning ichki bozoriga o’tkaziladi, bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlarni
rivojlantirishga imkon yaratadi, bu, o’z navbatida, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo,
moliya muassasalari va xizmatlar sohasini rivojlantirishga olib keladi.
10
Mamlakat ichki bozorining rivojlanishi natijasida davlat ichida taklif hajmi
talab hajmidan o’sib keta boshladi, bu hol tashqi savdo operastiyalarining
kengayishi, sarmoya qiymatining arzonlashishi va ishlab chiqarish hamda
muomala chiqimlarining kamayishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari
quyidagilardan iborat:
1. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
2. Tashqi savdo faoliyati;
3. Xorijiy investistiyalarni jalb qilish;
4. O’zbekiston Respublikasidan tashqarida investistiya faoliyati.
Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik - ishlab chiqarish, moliya, bank va
sug`urta faoliyati, ta’lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog`qliqni saqlash, ilmiy-
texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa soqalarda qonun qujjatlarida
belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat
sub’ektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek
xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli aloqalarni o’rnatishi va kengaytirishga
qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir.
Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, xizmatlar (ishlar) va intellektual mulk
savdosi soqasidagi bitimlarni amalga oshirish bo’yicha tadbirkorlik faoliyatidir.
Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish
yo’li bilan amalga oshiriladi.
1.2. Tashqi iqtisodiy aloqalar va ularning amalga oshirilish yo’llari
Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati jahon xo’jaligining faoliyat
ko’rsatishi bilan bog`langan va muqarrar ravishda nafaqat milliy huquqiy
me’yorlar, balki xalqaro huquq standartlari bilan ham tartibga solinadi. Tabiiyki,
milliy huquq reglamentastiyalari bilan xalqaro iqtisodiy huquq o’rtasida muayyan
ziddiyatlar mavjud. Bir tomondan, davlatlarning huquq sohasidagi suverenitetini
e’tirof etmaslik mumkin emas, boshqa tomondan esa xalqaro qoidalar ustuvorigini
11
tan olish zarurati u yoki bu mamlakatlar suvereniteti sohasiga kattagina cheklovchi
ta’sir ko’rsatadi.
Milliy huquqiy hujjatlarni davlatlararo shartnomalarga muvofiq tarzda
muayyan darajada birxillashtirish hozirgi bosqichda ushbu muammoning eng
maqbul echimi hisoblanadi, ya’ni xalqaro huquqning qoida va me’yorlari
amaliyotda milliy qonun hujjatlari orqali ro’yobga chiqariladi.
O’zgartirish jarayonlarining keskinligi O’zbekiston milliy qonun hujjatlarini
xalqaro stnadartlarga keltirish jarayonida muayyan murakkabliklarni yuzaga
keltirdi. Ushbu vazifa izchillik bilan bir necha bosqichlarda hal etib borildi. Tashqi
iqtisodiy faoliyat sohasiga taalluqli qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarning
ko’pligini e’tiborga olib, O’zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga kirishi
xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish
jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy boshqarish strategiyasining o’ziga
xosliklarini va ham mintaqaviy miqyosda, ham alohida mamlakatlar darajasida
savdo-iqtisodiy hamkorliginining tegishli ustuvorliklarini belgilab berdi.
2000 yil boshida mamlakatimiz dunyoning 38 davlati bilan savdo-iqtisodiy
hamkorlik to’g`risidagi, 35 davlat bilan esa sarmoya kiritishni rag`batlantirish va
himoyalash to’g`risidagi kelishuvlarni imzoladi.
4
Bu o’rinda ham huquqiy-
shartnomaviy bazani shakllantirishda songa emas, balki sifatga e’tibor qaratildi,
ya’ni har bir kelishuv O’zbekistonning milliy manfaatlaridan va sherik davlatning
o’ziga xosliklaridan kelib chiqib tayyorlandi.
O’zbekistonning AQSh bilan ko’p qirrali hamkorligining huquiy bazasini
takomillashtirish jarayoni jadal olib borildi, hozir 20 dan ortiq o’zaro kelishuv va
shartnomalar amal qilmoqda, ular qatorida kapital qo’yilmalarni rag`batlantirish va
himoya qilish haqidagi kelishuv ham bor. Amerika qit’asi davlatlari ichida
AQShdan tashqari katta sarmoya resurslariga va texnologik imkoniyatlariga ega
bo’lgan
Kanada
bilan
shartnomaviy-huquqiy
munosabatlarning
rivojlanayotganligini alohida ta’kidlash kerak.
4
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият асослари. Т. 2004. 24-б.
12
Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy strategiyasining ajralmas qismi
hisoblanadi.
Uzoq muddatli, barqaror va umum tan olingan tamoyillar asosiga qurilgan
o’zaro xo’jalik hamkorligini ta’minlovchi Evropa Ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalarni
huquqiy ta’minlash orqali o’z strategik manfaatlariga erishish maqsadida
O’zbekiston qator ikki tomonlama shartnomalardan tashqari, Sherikchilik va
hamkorlik to’g`risida kelishuv shaklida savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g`risidagi
umumiy kelishuvni ham imzolagan, u 1998 yil iyunida kuchga kirgan. Uni amalga
oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va
O’zbekiston Respublikasi bilan Evropa hamjamiyati va unga a’zo davlatlar
o’rtasidagi Sherikchilik va hamkorlik to’g`risidagi kelishuvni amalga oshirish
bo’yicha
2000-2005
yillarga
mo’ljallangan
O’zbekiston
Respublikasi
hukumatining asosiy tashkiliy chora-tadbirlari umumiy dasturi qabul qilindi.
MDH mamlakatlari bilan munosabatlar ham jadal rivojlanmoqda.
Hamdo’stlik mamlakatlari bilan munosabatlar ilgari mavjud bo’lgan iqtisodiy
aloqalarning tabiiy davomi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari bilan
aloqalar madaniy savdo-sotiq olib borishga to’siq bo’layotgan moliyaviy
imkoniyatlarning cheklanganligi tufayli murakkablashmoqda.
O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasini
ishlab chiqishda va takomillashtirishda jahonning boshqa mintaqalari mamlakatlari
bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham muhim ahamiyat berish kerak.
Xalqaro moliya-iqtisodiy tashkilotlarga a’zolik ko’ptomonlama hamkorlik
darajasida shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish siyosati doirasida
O’zbekiston Respublikasi uchun dolzarblik kasb etmoqda. 1994 yildan boshlab
O’zbekistonning Umumjahon savdo tashkilotiga kirishi bo’yicha huquqiy
tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, bu tashkilotga a’zolik O’zbekiston uchun
yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik milliy qonunchilik asosida ham huquqiy tartibga
solinadi. “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g`risida”gi
13
Qonun bu jarayonning samaradorligini ta’minlayda, unda O’zbekiston
Respublikasi xalqaro shartnomalarini tuzish, uzaytirish va bekor qilish huquqiy
vositalarining amal qilishida tegishli vazirliklar va idorlarning vakolatlari,
ixtisoslashuvlari aniq belgilangan. Bu qonun mamlakat bo’yicha umuman tashqi
aloqalarning
shartnomaviy-huquqiy
bazasini
rasmiylashtirish sohasini
rivojlantirishga olib keldi.
90-yillardayoq qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Tashqi
iqtisodiy faoliyat to’g`risida”gi Qonuni mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyatni har
tomonlama muvofiqlashtirishda muhim o’rin egallaydi.
1.2.1-rasm
Ўзбекистон Республикасининг ташқи иқтисодий сиёсати
мустақилликнинг дастлабки босқичларида қуйидаги
вазифаларни ҳал этди:
Manba:
5
Amaliyotning ko’rsatishicha, bu qonun iqtisodiyotni boshqarishning
ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan bozor usullariga bosqichma-bosqich o’tish,
tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish sharoitlarida iqtisodiy islohotlarning
dastlabki bosqichlarida muhim rol o’ynadi. Biroq 90-yillarning ohirlarida
boshlangan mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonlari tashqi iqtisodiy
5
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият
асослари
14
faoliyatni tashkil etish va boshqarish oldiga yangi-yangi talablarni qo’ya boshladi.
Bundan tashqari, respublikada ushbu qonunga u yoki bu darajada daxldor bo’lgan
qator qonunlar qabul qilindi. “Valyuta boshqaruvi to’g`risida”, “Xorijiy
investistiyalar to’g`risida”, “Bojxona tarifi to’g`risida”, “Investistiya faoliyati
to’g`risida”, “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g`risida”gi
Qonunlar shular jumlasidandir. Shu munosabat bilan 2000 yilning may oyida
mamlakat parlamenti tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy
faoliyat to’g`risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi, unda bu sohada
keyinchalik qonun yaratish faoliyati uchun asos bo’ladigan tashqi iqtisodiy
faoliyatning konsteptual asoslari aniq belgilab berildi. Ushbu qonunning 3-
moddasiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi
yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy
shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni
o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi
6
.
Qonunning yangi tahririda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning
ma’muriy usullaridan iqtisodiy usullarini ustuvorligi metodologik tamoyil sifatida
aniq belgilandi hamda davlat va uning organlarining tashqi iqtisodiy faoliyat
sub’ektlari ishiga noqonuniy aralashishlari man qilindi. Qonunning yangi tahriri
moddalari mamlakat qonunchiligida yuz bergan o’zgarishlarni, tashqi savdo
rejimini erkinlashtirish vazifalarini hamda boshqa tahririy tuzatishlar va
qo’shimchalarni hisobga olib yangilandi.
Keyingi yillarda O’zbekiston milliy iqtisodiyoti sub’ektlarining tashqi
iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirishga qaratilgan, shu jumladan, eksport va import
operastiyalarini tariflar vositasida va notarif boshqarishni tartibga solish, eksport
mahsuloti ishlab chiqarishni rag`batlantirishga doir chora-tadbirlar ko’rildi.
6
Р.Х.Шодиев, Э.Р.Махмудов. Жахон иктисодиёти. Т., “Фан” 2005. 70-б.
15
1.2.2-rasm
Ташқи иқтисодий сиёсат — давлатнинг ташқи иқтисодий
алоқаларни тартибга солиш ва ишлаб чиқариш
омилларининг халқаро тақсимланишида мамлакат
иштирокини мақбуллаштириш режимини белгилашга
доир бир мақсадга йўналтирилган фаолиятидир.
Ташқи иқтисодий сиёсатнинг асосий таркибий қисмлари:
ташқи савдо сиёсати
(
экспорт ва импорт сиёсатини ўз ичига олади)
чет ел инвестицияларини жалб этиш ва хориждаги миллий
сармоя қўйилмаларини тартибга солиш соҳасидаги сиёсат
валюта сиёсати
Manba:
7
Mazkur choralarning hammasi imtiyozli tusda bo’lib, amaldagi huquqiy
me’yorlardan ba’zi istisnolarni taqozo etadi. Biroq ular shunchaki imtiyozlar tizimi
emas, barcha ko’rsatilgan imtiyozlar tizimi aniq yo’nalishga ega: ular yuqori
darajada
qayta
ishlangan
eksport
mahsulotini
ishlab
chiqaradaigan
korxonalardagina tatbiq etiladi, shu sababli undan savdo-vositachi tashkilotlar,
xom ashyo resurslarini eksport qiluvchi va shu kabi boshqa tashkilotlar foydalana
olmaydilar.
Tabiiyki, o’z mahsulotining faol eksportini ta’minlash bozorning xorijiy
qatnashchilari bilan hamkorlik qilishda yanada real bo’lib bormoqda. Shu sababli
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari va ularning xorijlik sheriklari uchun qonun
hujjatlarini
muvozanatlashtirish
maqsadida
O’zbekiston
Respublikasining
mamlakatimizga chet el investistiyalari oqimini tartibga soluvchi maxsus qonunlari
7
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият
асослари
16
qabul qilindi, 1994 yilda qabul qilingan ana shunday yo’nalishdagi dastlabki qonun
(“Chet el investistiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari
to’g`risida”) so’zsiz, chet el investistiyalarini jalb etishda ijobiy rol o’ynadi, lekin
xo’jalik amaliyotining real holati uni yanada takomillashtirishni taqozo etdi,
shuning uchun unga muayyan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib borildi (1994,
1995, 1997 yillarda). 1998 yilda O’zbekiston Respublikasida “Chet el
investistiyalari to’g`risida”gi yangi Qonun amalga kiritildi, u iqtisodiy
rivojlanishning
o’zgarib
borayotgan
sharoitlariga
javob
beradi,
jahon
hamjamiyatida chet ellik investorlar va chet el investistiyalariga nisbatan qabul
qilingan barcha talablar va qoidalarni e’tiborga oladi.
Jahon hamjamiyatida allaqachon tadbirkorlikning milliy rejimini xorijiy
qatnashchilarga tatbiq etish belgilovchi qoidaga aylangan. U bir qator xalqaro
hujjatlar: Xalqaro savdo palatasining “Xalqaro investistiyalar uchun amal qiluvchi
qoidalar”, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Sarmoya harakatini
erkinlashtirish kodeksi” va “Xalqaro sarmoya qo’yilmalari va ko’p millatli
korxonalar to’g`risida”gi dekalarastiyasida mustahkamlangan. Bundan tashqari,
Jahon banki va Xalqaro Valyuta Fondi chet el investistiyalari rejimi to’g`risida
amal qiluvchi qoidalar”ni qabul qildi, unda chet el sarmoyasini biror-bir
mamlakatga kiritish qoidalari, rejimni qo’llashga doir standartlar, sarmoya va
foydalarni o’tkazish tartibi, nizolarni bartaraf etishning qoida va mexanizmlari, bir
qancha boshqa jihatlar ta’riflangan.
Milliy rejim qoidasi dunyoda borgan sari kenga tarqalmoqda. Investistiya
chorlarining savdo jihatlariga doir kelishuvga muvofiq, Umumjahon savdo
tashkiloti ishtirokchisi bo’lgan mamlakatlar uchun investistiya choralariga tariflar
va savdo bo’yicha bosh kelishuv doirasidayoq qabul qilingan tadbirkorlikning
milliy rejimi qoidasi tatbiq etiladi. Bundan tashqari, xalqaro savdoda miqdoriy
cheklashlardan voz kechish qoidasi qayd etilgan.
“Chet el investistiyalari to’g`risida”gi Qonunga muvofiq va o’z institutlari
bilan davlat chet ellik investorlarga O’zbekiston Respublikasi hududida
investistiya faoliyatini amalga oshirishlari paytida ularning huquqlari himoya
17
qilinishini kafolatlaydi. Moddalarning birida shunday deyiladi: “Chet ellik
investorlar va chet el investistiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning
to’liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo’yilgan rejimga
qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas.
Chet el investistiyalarini huquqiy rejimi O’zbekiston Respublikasi yuridik va
jismoniy shaxslari tomonidan aalga oshirilayotgan investistiyalarning tegishli
rejimiga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas”.
8
Shu bilan birga chet ellik investorlarga xalqaro huquq qoidalariga muvofiq
g`oyatda keng huquqlar, jumladan, investistiyalashni amalga oshirishning hajmlari,
turlari va yo’nalishlarini mustaqil belgilash, investistiya faoliyatini amalga oshirish
uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish, o’zining
investistiyalariga va investistiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan
foydalanish va ularni tasarruf etish erkinligi berilgan.
Chet ellik investorlar investistiya faoliyati natijasida olingan o’ziga qarashli
ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini patentlashtirish to’g`risida
mustaqil ravishda qaror qabul qiladilar, olingan daromadni mustaqil tasarruf
etadilar, respublikaga kerditlar va qarzlar tariqasida pul mablag`larini jalb qilish,
o’zlaridagi milliy valyuta mablag`laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini
sotib olish uchun foydalanish huquqiga va O’zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga egadirlar.
Chet ellik investorlar uchun investistiya faoliyatini amalga oshirish
maqsadida har qanday xorijiy davlatning fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan
shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish imkoniyatlari yaratilgan. Ular
butun O’zbekiston hududi bo’ylab erkin harakatlana oladilar, mamlakatimiz
investorlari bilan teng holda sug`urta himoyasiga bo’lgan huquqdan foydalanadilar.
“Chet el investistiyalari to’g`risida”gi Qonunning asosiy qoidalari xalqaro
amaliyotda qabul qilingan talablarga to’la muvofiq keladi, zero, chet ellik
investorlar respublika ichki bozorida mamlakatimiz investorlari bilan teng
8
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият асослари. Т. 2004. 31-б.
18
sharoitlarga qo’yilgan. Biroq shuni e’tiborga olish joizki, ushbu qonunga ko’ra,
chet ellik investorlar O’zbekiston hududida chet el investistiyalari ishtirokidagi
korxonalarni barpo etishlari va ularga respublika qonun hujjatlariga binoan taqdim
etiladigan imtiyozlar tizimidan foydalanishlari mumkin. Ushbu imtiyozlar,
xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 20 martda qabul
qilingan “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag`batlantirishning
qo’shimcha chora-tadbirlari to’g`risida”gi, 1996 yil 31 mayda qabul qilingan “Chet
el investistiyalari ishtirokidagi korxonalarni barpo etish va ular faoliyatini
rag`batlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g`risida”gi, 2005 yil 11 aprelda
qabul qilingan “To’g`ridan-to’g`ri xususiy xorijiy investistiyalarni jalb etishni
rag`batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g`risida”gi farmonlarida
va bir qator boshqa qonun hujjatlarida ta’kidlangan.
Shunday qilib, O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati borgan sari xalqaro
huquq me’yorlariga yaqinlashtirilayotgan mustahkam qonunchilikka asoslanadi.
1.3. O’zekiston tashqi iqtisodiy faoliyatida bo’lgan asosiy o’zgar ishlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mamlakatda
kechayotgan iqtisodiy islohatlarni tahlil kilib shunday deydi: «O’zbekiston
suveren davlat sifatida ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirish sohasida faol ish olib
bormokda. Mamlakatning jahon xujalik aloqalarida, xalqaro mehnat taksimotida
keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning
asosidir»
9
.
Davlat mustaqilligiga erishilishi O’zbekiston uchun mustaqil ravishda o’z
rivojlanish modelini ishlab chiqish imkoniyatlarini ochdi.
9
И.Каримов. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳатларни чуқурлаштириш йўлида, -Тошкент:
Ўзбекистон, 1995. 97 б.
19
1.3.1-rasm
Ўзбекистон Республикасининг ташқи иқтисодий сиёсати
мустақилликнинг дастлабки босқичларида қуйидаги
вазифаларни ҳал этди:
Manba:
10
Bu rivojlanish modelida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va
mustahkamlash, respublikaning jahon xo’jalik aloqalariga integrastiyalashuvi
yo’nalishlarini belgilashga katta e’tibor qaratilgan. Mamlakatning jahon xo’jalik
aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng ko’lamda ishtirok etishi ochiq
turdagi iqtisodiyotni qurishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham
iqtisodiyotimizning kelajagini uning jahon xo’jaligiga integrastiyasida ko’rishimiz
mumkin.
Tashqi iqgisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi mavqeini
mustahkamlashga, uning to’lov balansini yanada yaxshilashga, qulay investistiya
muhitini yaratishga yo’naltirilishi kerak. Buning uchun respublikamizda zarur
shart-sharoitlar mavjud.
10
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият асослари
20
1.3.2-rasm
Ўзбекистон ташқи иқтисодий сиёсати негизида тўртта
асосий қоида ётади:
Мамлакат хўжалик юритувчи субъектларининг ташқи иқтисодий фаолиятини
асосан бир галги ташқи иқтисодий битимлардан ташқи бозорларни ушлаб
туриш ва кенгайтиришга узоқ муддатли йўналтирилган, улар умумий хўжалик
фаолиятининг доимий ва узвий қисми сифатида ташқи иқтисодий фаолиятга
йўналтириш
Ташқи иқтисодий фаолиятда қатнашишга қобил тармоклар ва минтақаларни
ривожлантириш сиёсатини иш-лаб чиқарадиган давлатнинг ўзгартирувчилик
фаолияти, шу жумладан, мазкур фаолиятнинг божхона механизми ва чет ел
инвестициялари учун қулай режим
Ташқи иқтисодий фаолият функцияларини ҳокимият шохобчалари, республика
ва ҳудудий бошқарув органлари ҳамда тармоқ идоралари ўртасида аниқ
тақсимлаш
Жаҳон бозорида республика экспортчилари учун қулай шароитларни яратиш
мамлакат ташқи сиёсатининг асосий вазифаларидан бири бўлиб қолишига
даъват этилган.
Manba:
11
Mintaqaviy integrastiya doirasida hamkorlik qilish amaliyoti va xorijiy
mamlakatlar
tajribasi
shundan
dalolat
beradiki,
dunyo
iqtisodiyotiga
integrastiyalashuv mamlakat xalq xo’jaligi doirasida ruy beradigan turli xildagi
tarkibiy o’zgarishlar bilan, shuningdek integrastiya jarayonlarining katalizatori
bo’lib xizmat qiluvchi tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi mexanizmlarini
shakllantirish bilan uzviy bog`liqdir. Bunday zarurat, jahon xujaligi tizimiga
integrastiyalashayotgan O’zbekiston iqtisodiyotida ham turli xildagi tarkibiy
o’zgarishlarni vujudga keltirish va uning tashqi iqtisodiy aloqalari sohasida yangi
mexanizmlarni shakllantirishni taqozo etadi.
12
11
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият
асослари
12
А.Расулев,А. Бедринцев, А.Акилов Узбекистан: внешнеэкономическая деятельность и
интеграция в мировое хозяйство. Т.:, Узбекистон. 2006 й.27 б.
21
Tashqi iqgisodiy faoliyatni erkinlashtirish bo’yicha aniq bir maqsadga
yo’naltirilgan siyosatni olib borish, xo’jalik sub’ektlariga xorijiy hamkorlar bilan
to’g`ridan-to’g`ri aloqalarni o’rnatishda katta erkinliklar berish, respublikamizda
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijda sotish, tovarlar eksporti va importiga
yanada imtiyozli tartiblarni joriy qilish — bular siyosatimizning zamonaviy
bosqichdagi ustuvor yo’nalishlar
1.3.3rasm
10
3,5
баробарга
ошган
2,5
барoбарга
ошган
3,8
барoбарга
ошган
-
Ўзбекистонда ялпи ички маҳсулотнинг ўсиши -
-
аҳоли жон бошига ҳисоблаганда эса -
-
аҳолининг реал даромадлари -
-
аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш учун йўналтирилган
давлат харажатлари -
-
турмуш даражасининг сезиларли равишда яхшилангани
одамларнинг ўртача
умр кўриши 67 ёшдан
73
ёшга,
болалар ўлими
3
баробар камайган
оналар ўлими
2
баробардан кўпроқ
камайган
5
барoбарга
ошган
Manba:
13
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish mintaqaning rivojlanishi
va davlatlar iqtisodi uchun muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A. Karimov integrastiya haqida gapirar ekan, manfaatlar birikuvining
xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integrastiya turlari mavjudligiga
asoslanadi. "Biz integrastiya jarayonlari va bozor islohotlarini rivojlantirishga,
Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat
beramiz.
13
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият асослари
|