29
Jadvaldan ko’rinadiki, ulardan eng yiriklari davlat mulki ishtirokidagi
sug`urta kompaniyalari bo’lib, ular "O’zagrosug`urta" DASK,
"Kafolat"
DASK, "O’zbekinvest"
EIMSK,
va
"Madad"
sug`urta
agentliklaridir.
Jaxondagi rivojlangan mamlakatlarda yig`iladigan sug`urta tushumlarining
kariyb 40 foizidan ortigi AqSh xissasiga to’g`ri keladi.
Mintakaviy sug`urta
bozori deganda, savdo-iktisodiy va boshqa jixatlardan
uzaro yakin munosabatda bulgan bir nechta mamlakatlar
hududlarini kamrab
oluvchi bozor tushuniladi. Xalkaro sug`urta bozori sifatida dunyo mikyosida
sug`urta faoliyatini olib boruvchi mamlakatlarning sug`urta bozori tushuniladi.
Sug`urta bozori bozor munosabatlari sub’ektlarining mustakilligini,
ularning
sug`urta xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha teng xukukli hamkorligini kuzda tutadi.
Sug`urta bozorining sub’ektlari quyidagilardan iborat:
1. Uz manfaatlaridan kelib chikib sug`urta ximoyasi bo’yicha xizmatlarni
sotib oluvchilar (sug`urtalanuvchilar);
2. Bunday xizmatlarni ishlab chikaruvchi va sotuvchilar (sug`urtalovchilar);
3. Mazkur shaxslar urtasidagi vositalar (sug`urta agentlari va brokerlar);
4. Sug`urtalangan shaxslar;
5. Manfaatdor shaxslar (naf oluvchilar);
6. Uchinchi shaxslar.
Ichki sug`urta bozorini moliyaviy tarkibini sug`urta
tashkilotlarining moddiy
va moliyaviy resurslari tashkil kiladi. Sug`urta bozorining asosiy vazifasi sug`urta
xizmatlariga talabni shakllantirish (marketing, reklama), shartnomalar tuzish va
sug`urta
polislarini sotish, maksadga muvofik va egiluvchan tarif siyosatini olib
borish, uz infra-tuzilmasini tartibga solish xisoblandi.