Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/37
tarix14.06.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#129967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Kitob 7769 uzsmart.uz

Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va 
faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning sub’ektlari xalqaro hamkorligining 
xilma-xil shakllari tizimidir.
3
Davlat sub’ekti tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) tashqi iqtisodiy aloqalarni 
ro’yobga chiqarish jarayonidir. Bu tushuncha O’zbekistonda mamlakatimiz 
mustaqillikka erishgandan so’ng keng qo’llanila boshladi, chunki biz sovet 
xukumati davrida xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarda mustaqil 
ishtirok etish imkoniyatidan maxrum edik.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni 
amalga oshirish 1991 yil 14 iyundagi O’zbekiston Respublikasining “Tashqi 
iqtisodiy faoliyat to’g`risida” qonuni bilan tartibga solinadi, qonunning yangi 
tahriri 2000 yil 26 mayda e’lon qilingan edi, va unga ko’ra tashqi iqtisodiy faoliyat 
deganda, O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy 
davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan 
o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga ?aratilgan faoliyati 
tushuniladiariga ular zimmasiga davlat tomomnidan yuklangan huquq va 
majburiyatlarning tasarrufchilari kiradi. Bular o’zini-o’zi boshqaradigan hududlar, 
ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
(akstiyadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari, kichik va o’rta korxonalar, xorijiy 
investistiyalar ishtirokidagi korxonalar, xususiy tadbirkorlar va hokazolar)dir. 
Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar bir aniq mamlakatning boshqa 
mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni 
ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, 
siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy 
aloqalarni ro’yobga chiqarish jarayonidir. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va fanni 
ixtisoslashtirish, xo’jalik hayotini baynalmillashtirish jarayonidan ob’ektiv 
3
А.Алимов, И.Аҳмедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият асослари. Т. 2004. 9-б. 



ravishda kelib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishi 
aalohida olingan mamlakatlarning o’zaro aloqalari va bir-biriga bog`liqligining 
kuchayishi bilan belgilanadi. 
Shunday qilib, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari turli sohalarda: tashqi 
savdo, faoliyatining ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, investistiya, valyuta-moliya va 
kredit, axborot, madaniy va sport turlari, mehnat resurslarini olib o’tishda 
o’rnatiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ana shu barcha turlarini quyidagi 
shakllarga birlashtirish mumkin: savdo (tovarlarni ayirboshlash, xizmatlar 
ko’rsatish), qo’shma tadbirkorlik, hamkorlikning boshqa turlari. Ular xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar amaliyotida, ayniqsa, keng tarqalgan. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa 
sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar stivilizastiya mahsulotidir. Ular davlatlar paydo 
bo’lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu aloqalarning 
rivojlanishiga, ayniqsa, feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi. Natural 
xo’jalikdan tovar-pul munosabatlariga o’tilishi alohida davlatlarning milliy 
bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar ayirboshlashida 
keskin sakrashni tug`diradi, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida 
baynalmila aloqalar va xalqaro ayirboshlash kengayishi va chuqurlashishiga olib 
keldi. 
Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning 
davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’ektlari o’rtasidagi harakati paytida 
yuzaga keladigan ishlab chiqarish – iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil qiladi. 
Ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, 
avvalo, uning ishlab chiqarish, savdo, investistiyaga oid va moliyaviy faoliyatini 
qamrab oladi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar orqali jahon bozorining tovar va xizmatlarga talabi 
muayyan davlatning ichki bozoriga o’tkaziladi, bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlarni 
rivojlantirishga imkon yaratadi, bu, o’z navbatida, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, 
moliya muassasalari va xizmatlar sohasini rivojlantirishga olib keladi. 


10 
Mamlakat ichki bozorining rivojlanishi natijasida davlat ichida taklif hajmi 
talab hajmidan o’sib keta boshladi, bu hol tashqi savdo operastiyalarining 
kengayishi, sarmoya qiymatining arzonlashishi va ishlab chiqarish hamda 
muomala chiqimlarining kamayishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
1. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik; 
2. Tashqi savdo faoliyati; 
3. Xorijiy investistiyalarni jalb qilish; 
4. O’zbekiston Respublikasidan tashqarida investistiya faoliyati. 
Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik - ishlab chiqarish, moliya, bank va 
sug`urta faoliyati, ta’lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog`qliqni saqlash, ilmiy-
texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa soqalarda qonun qujjatlarida 
belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat 
sub’ektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek 
xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli aloqalarni o’rnatishi va kengaytirishga 
qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir. 
Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, xizmatlar (ishlar) va intellektual mulk 
savdosi soqasidagi bitimlarni amalga oshirish bo’yicha tadbirkorlik faoliyatidir.
Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish 
yo’li bilan amalga oshiriladi. 
1.2.Tashqi iqtisodiy aloqalar va ularning amalga oshirilish yo’llari 
Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati jahon xo’jaligining faoliyat 
ko’rsatishi bilan bog`langan va muqarrar ravishda nafaqat milliy huquqiy 
me’yorlar, balki xalqaro huquq standartlari bilan ham tartibga solinadi. Tabiiyki, 
milliy huquq reglamentastiyalari bilan xalqaro iqtisodiy huquq o’rtasida muayyan 
ziddiyatlar mavjud. Bir tomondan, davlatlarning huquq sohasidagi suverenitetini 
e’tirof etmaslik mumkin emas, boshqa tomondan esa xalqaro qoidalar ustuvorigini 


11 
tan olish zarurati u yoki bu mamlakatlar suvereniteti sohasiga kattagina cheklovchi 
ta’sir ko’rsatadi. 
Milliy huquqiy hujjatlarni davlatlararo shartnomalarga muvofiq tarzda 
muayyan darajada birxillashtirish hozirgi bosqichda ushbu muammoning eng 
maqbul echimi hisoblanadi, ya’ni xalqaro huquqning qoida va me’yorlari 
amaliyotda milliy qonun hujjatlari orqali ro’yobga chiqariladi. 
O’zgartirish jarayonlarining keskinligi O’zbekiston milliy qonun hujjatlarini 
xalqaro stnadartlarga keltirish jarayonida muayyan murakkabliklarni yuzaga 
keltirdi. Ushbu vazifa izchillik bilan bir necha bosqichlarda hal etib borildi. Tashqi 
iqtisodiy faoliyat sohasiga taalluqli qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarning 
ko’pligini e’tiborga olib, O’zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga kirishi 
xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. 
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish 
jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy boshqarish strategiyasining o’ziga 
xosliklarini va ham mintaqaviy miqyosda, ham alohida mamlakatlar darajasida 
savdo-iqtisodiy hamkorliginining tegishli ustuvorliklarini belgilab berdi. 
2000 yil boshida mamlakatimiz dunyoning 38 davlati bilan savdo-iqtisodiy 
hamkorlik to’g`risidagi, 35 davlat bilan esa sarmoya kiritishni rag`batlantirish va 
himoyalash to’g`risidagi kelishuvlarni imzoladi.
4
Bu o’rinda ham huquqiy-
shartnomaviy bazani shakllantirishda songa emas, balki sifatga e’tibor qaratildi, 
ya’ni har bir kelishuv O’zbekistonning milliy manfaatlaridan va sherik davlatning 
o’ziga xosliklaridan kelib chiqib tayyorlandi. 
O’zbekistonning AQSh bilan ko’p qirrali hamkorligining huquiy bazasini 
takomillashtirish jarayoni jadal olib borildi, hozir 20 dan ortiq o’zaro kelishuv va 
shartnomalar amal qilmoqda, ular qatorida kapital qo’yilmalarni rag`batlantirish va 
himoya qilish haqidagi kelishuv ham bor. Amerika qit’asi davlatlari ichida 
AQShdan tashqari katta sarmoya resurslariga va texnologik imkoniyatlariga ega
bo’lgan 
Kanada 
bilan 
shartnomaviy-huquqiy 
munosabatlarning 
rivojlanayotganligini alohida ta’kidlash kerak.
4
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият асослари. Т. 2004. 24-б. 


12 
Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish 
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy strategiyasining ajralmas qismi 
hisoblanadi.
Uzoq muddatli, barqaror va umum tan olingan tamoyillar asosiga qurilgan 
o’zaro xo’jalik hamkorligini ta’minlovchi Evropa Ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalarni 
huquqiy ta’minlash orqali o’z strategik manfaatlariga erishish maqsadida 
O’zbekiston qator ikki tomonlama shartnomalardan tashqari, Sherikchilik va 
hamkorlik to’g`risida kelishuv shaklida savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g`risidagi 
umumiy kelishuvni ham imzolagan, u 1998 yil iyunida kuchga kirgan. Uni amalga 
oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va 
O’zbekiston Respublikasi bilan Evropa hamjamiyati va unga a’zo davlatlar 
o’rtasidagi Sherikchilik va hamkorlik to’g`risidagi kelishuvni amalga oshirish 
bo’yicha 
2000-2005 
yillarga 
mo’ljallangan 
O’zbekiston 
Respublikasi 
hukumatining asosiy tashkiliy chora-tadbirlari umumiy dasturi qabul qilindi. 
MDH mamlakatlari bilan munosabatlar ham jadal rivojlanmoqda. 
Hamdo’stlik mamlakatlari bilan munosabatlar ilgari mavjud bo’lgan iqtisodiy 
aloqalarning tabiiy davomi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari bilan 
aloqalar madaniy savdo-sotiq olib borishga to’siq bo’layotgan moliyaviy 
imkoniyatlarning cheklanganligi tufayli murakkablashmoqda. 
O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasini 
ishlab chiqishda va takomillashtirishda jahonning boshqa mintaqalari mamlakatlari 
bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham muhim ahamiyat berish kerak. 
Xalqaro moliya-iqtisodiy tashkilotlarga a’zolik ko’ptomonlama hamkorlik 
darajasida shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish siyosati doirasida 
O’zbekiston Respublikasi uchun dolzarblik kasb etmoqda. 1994 yildan boshlab 
O’zbekistonning Umumjahon savdo tashkilotiga kirishi bo’yicha huquqiy 
tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, bu tashkilotga a’zolik O’zbekiston uchun 
yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin. 
Savdo-iqtisodiy hamkorlik milliy qonunchilik asosida ham huquqiy tartibga 
solinadi. “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g`risida”gi 


13 
Qonun bu jarayonning samaradorligini ta’minlayda, unda O’zbekiston 
Respublikasi xalqaro shartnomalarini tuzish, uzaytirish va bekor qilish huquqiy 
vositalarining amal qilishida tegishli vazirliklar va idorlarning vakolatlari, 
ixtisoslashuvlari aniq belgilangan. Bu qonun mamlakat bo’yicha umuman tashqi 
aloqalarning 
shartnomaviy-huquqiy 
bazasini 
rasmiylashtirish sohasini 
rivojlantirishga olib keldi. 
90-yillardayoq qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Tashqi 
iqtisodiy faoliyat to’g`risida”gi Qonuni mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyatni har 
tomonlama muvofiqlashtirishda muhim o’rin egallaydi. 
1.2.1-rasm 
Ўзбекистон Республикасининг ташқи иқтисодий сиёсати
мустақилликнинг дастлабки босқичларида қуйидаги
вазифаларни ҳал этди:
Manba:
5
Amaliyotning ko’rsatishicha, bu qonun iqtisodiyotni boshqarishning 
ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan bozor usullariga bosqichma-bosqich o’tish, 
tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish sharoitlarida iqtisodiy islohotlarning 
dastlabki bosqichlarida muhim rol o’ynadi. Biroq 90-yillarning ohirlarida 
boshlangan mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonlari tashqi iqtisodiy 
5
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият 
асослари 


14 
faoliyatni tashkil etish va boshqarish oldiga yangi-yangi talablarni qo’ya boshladi. 
Bundan tashqari, respublikada ushbu qonunga u yoki bu darajada daxldor bo’lgan 
qator qonunlar qabul qilindi. “Valyuta boshqaruvi to’g`risida”, “Xorijiy 
investistiyalar to’g`risida”, “Bojxona tarifi to’g`risida”, “Investistiya faoliyati 
to’g`risida”, “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g`risida”gi 
Qonunlar shular jumlasidandir. Shu munosabat bilan 2000 yilning may oyida 
mamlakat parlamenti tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy 
faoliyat to’g`risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi, unda bu sohada 
keyinchalik qonun yaratish faoliyati uchun asos bo’ladigan tashqi iqtisodiy 
faoliyatning konsteptual asoslari aniq belgilab berildi. Ushbu qonunning 3-
moddasiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi 
yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy 
shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni 
o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi
6
.
Qonunning yangi tahririda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning 
ma’muriy usullaridan iqtisodiy usullarini ustuvorligi metodologik tamoyil sifatida 
aniq belgilandi hamda davlat va uning organlarining tashqi iqtisodiy faoliyat 
sub’ektlari ishiga noqonuniy aralashishlari man qilindi. Qonunning yangi tahriri 
moddalari mamlakat qonunchiligida yuz bergan o’zgarishlarni, tashqi savdo 
rejimini erkinlashtirish vazifalarini hamda boshqa tahririy tuzatishlar va 
qo’shimchalarni hisobga olib yangilandi. 
Keyingi yillarda O’zbekiston milliy iqtisodiyoti sub’ektlarining tashqi 
iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirishga qaratilgan, shu jumladan, eksport va import 
operastiyalarini tariflar vositasida va notarif boshqarishni tartibga solish, eksport 
mahsuloti ishlab chiqarishni rag`batlantirishga doir chora-tadbirlar ko’rildi. 
6
Р.Х.Шодиев, Э.Р.Махмудов. Жахон иктисодиёти. Т., “Фан” 2005. 70-б. 


15 
1.2.2-rasm 
Ташқи иқтисодий сиёсат — давлатнинг ташқи иқтисодий
алоқаларни тартибга солиш ва ишлаб чиқариш
омилларининг халқаро тақсимланишида мамлакат
иштирокини мақбуллаштириш режимини белгилашга
доир бир мақсадга йўналтирилган фаолиятидир. 
Ташқи иқтисодий сиёсатнинг асосий таркибий қисмлари:
ташқи савдо сиёсати
(
экспорт ва импорт сиёсатини ўз ичига олади)
чет ел инвестицияларини жалб этиш ва хориждаги миллий
сармоя қўйилмаларини тартибга солиш соҳасидаги сиёсат
валюта сиёсати
Manba:
7
Mazkur choralarning hammasi imtiyozli tusda bo’lib, amaldagi huquqiy 
me’yorlardan ba’zi istisnolarni taqozo etadi. Biroq ular shunchaki imtiyozlar tizimi 
emas, barcha ko’rsatilgan imtiyozlar tizimi aniq yo’nalishga ega: ular yuqori 
darajada 
qayta 
ishlangan 
eksport 
mahsulotini 
ishlab 
chiqaradaigan 
korxonalardagina tatbiq etiladi, shu sababli undan savdo-vositachi tashkilotlar, 
xom ashyo resurslarini eksport qiluvchi va shu kabi boshqa tashkilotlar foydalana 
olmaydilar. 
Tabiiyki, o’z mahsulotining faol eksportini ta’minlash bozorning xorijiy 
qatnashchilari bilan hamkorlik qilishda yanada real bo’lib bormoqda. Shu sababli 
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari va ularning xorijlik sheriklari uchun qonun 
hujjatlarini 
muvozanatlashtirish 
maqsadida 
O’zbekiston 
Respublikasining 
mamlakatimizga chet el investistiyalari oqimini tartibga soluvchi maxsus qonunlari 
7
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият 
асослари 


16 
qabul qilindi, 1994 yilda qabul qilingan ana shunday yo’nalishdagi dastlabki qonun 
(“Chet el investistiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari 
to’g`risida”) so’zsiz, chet el investistiyalarini jalb etishda ijobiy rol o’ynadi, lekin 
xo’jalik amaliyotining real holati uni yanada takomillashtirishni taqozo etdi, 
shuning uchun unga muayyan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib borildi (1994, 
1995, 1997 yillarda). 1998 yilda O’zbekiston Respublikasida “Chet el 
investistiyalari to’g`risida”gi yangi Qonun amalga kiritildi, u iqtisodiy 
rivojlanishning 
o’zgarib 
borayotgan 
sharoitlariga 
javob 
beradi, 
jahon 
hamjamiyatida chet ellik investorlar va chet el investistiyalariga nisbatan qabul 
qilingan barcha talablar va qoidalarni e’tiborga oladi. 
Jahon hamjamiyatida allaqachon tadbirkorlikning milliy rejimini xorijiy 
qatnashchilarga tatbiq etish belgilovchi qoidaga aylangan. U bir qator xalqaro 
hujjatlar: Xalqaro savdo palatasining “Xalqaro investistiyalar uchun amal qiluvchi 
qoidalar”, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Sarmoya harakatini 
erkinlashtirish kodeksi” va “Xalqaro sarmoya qo’yilmalari va ko’p millatli 
korxonalar to’g`risida”gi dekalarastiyasida mustahkamlangan. Bundan tashqari, 
Jahon banki va Xalqaro Valyuta Fondi chet el investistiyalari rejimi to’g`risida 
amal qiluvchi qoidalar”ni qabul qildi, unda chet el sarmoyasini biror-bir 
mamlakatga kiritish qoidalari, rejimni qo’llashga doir standartlar, sarmoya va 
foydalarni o’tkazish tartibi, nizolarni bartaraf etishning qoida va mexanizmlari, bir 
qancha boshqa jihatlar ta’riflangan. 
Milliy rejim qoidasi dunyoda borgan sari kenga tarqalmoqda. Investistiya 
chorlarining savdo jihatlariga doir kelishuvga muvofiq, Umumjahon savdo 
tashkiloti ishtirokchisi bo’lgan mamlakatlar uchun investistiya choralariga tariflar 
va savdo bo’yicha bosh kelishuv doirasidayoq qabul qilingan tadbirkorlikning 
milliy rejimi qoidasi tatbiq etiladi. Bundan tashqari, xalqaro savdoda miqdoriy 
cheklashlardan voz kechish qoidasi qayd etilgan. 
“Chet el investistiyalari to’g`risida”gi Qonunga muvofiq va o’z institutlari 
bilan davlat chet ellik investorlarga O’zbekiston Respublikasi hududida 
investistiya faoliyatini amalga oshirishlari paytida ularning huquqlari himoya 


17 
qilinishini kafolatlaydi. Moddalarning birida shunday deyiladi: “Chet ellik 
investorlar va chet el investistiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning 
to’liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim 
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo’yilgan rejimga 
qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas. 
Chet el investistiyalarini huquqiy rejimi O’zbekiston Respublikasi yuridik va 
jismoniy shaxslari tomonidan aalga oshirilayotgan investistiyalarning tegishli 
rejimiga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas”.
8
Shu bilan birga chet ellik investorlarga xalqaro huquq qoidalariga muvofiq 
g`oyatda keng huquqlar, jumladan, investistiyalashni amalga oshirishning hajmlari, 
turlari va yo’nalishlarini mustaqil belgilash, investistiya faoliyatini amalga oshirish 
uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish, o’zining 
investistiyalariga va investistiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan 
foydalanish va ularni tasarruf etish erkinligi berilgan. 
Chet ellik investorlar investistiya faoliyati natijasida olingan o’ziga qarashli 
ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini patentlashtirish to’g`risida 
mustaqil ravishda qaror qabul qiladilar, olingan daromadni mustaqil tasarruf 
etadilar, respublikaga kerditlar va qarzlar tariqasida pul mablag`larini jalb qilish, 
o’zlaridagi milliy valyuta mablag`laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini 
sotib olish uchun foydalanish huquqiga va O’zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga egadirlar. 
Chet ellik investorlar uchun investistiya faoliyatini amalga oshirish 
maqsadida har qanday xorijiy davlatning fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan 
shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish imkoniyatlari yaratilgan. Ular 
butun O’zbekiston hududi bo’ylab erkin harakatlana oladilar, mamlakatimiz 
investorlari bilan teng holda sug`urta himoyasiga bo’lgan huquqdan foydalanadilar. 
“Chet el investistiyalari to’g`risida”gi Qonunning asosiy qoidalari xalqaro 
amaliyotda qabul qilingan talablarga to’la muvofiq keladi, zero, chet ellik 
investorlar respublika ichki bozorida mamlakatimiz investorlari bilan teng 
8
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият асослари. Т. 2004. 31-б. 


18 
sharoitlarga qo’yilgan. Biroq shuni e’tiborga olish joizki, ushbu qonunga ko’ra, 
chet ellik investorlar O’zbekiston hududida chet el investistiyalari ishtirokidagi 
korxonalarni barpo etishlari va ularga respublika qonun hujjatlariga binoan taqdim 
etiladigan imtiyozlar tizimidan foydalanishlari mumkin. Ushbu imtiyozlar, 
xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 20 martda qabul 
qilingan “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag`batlantirishning 
qo’shimcha chora-tadbirlari to’g`risida”gi, 1996 yil 31 mayda qabul qilingan “Chet 
el investistiyalari ishtirokidagi korxonalarni barpo etish va ular faoliyatini 
rag`batlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g`risida”gi, 2005 yil 11 aprelda 
qabul qilingan “To’g`ridan-to’g`ri xususiy xorijiy investistiyalarni jalb etishni 
rag`batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g`risida”gi farmonlarida 
va bir qator boshqa qonun hujjatlarida ta’kidlangan. 
Shunday qilib, O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati borgan sari xalqaro 
huquq me’yorlariga yaqinlashtirilayotgan mustahkam qonunchilikka asoslanadi. 
1.3. O’zekiston tashqi iqtisodiy faoliyatida bo’lgan asosiy o’zgar ishlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mamlakatda 
kechayotgan iqtisodiy islohatlarni tahlil kilib shunday deydi: «O’zbekiston 
suveren davlat sifatida ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirish sohasida faol ish olib 
bormokda. Mamlakatning jahon xujalik aloqalarida, xalqaro mehnat taksimotida 
keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning 
asosidir»
9
.
Davlat mustaqilligiga erishilishi O’zbekiston uchun mustaqil ravishda o’z 
rivojlanish modelini ishlab chiqish imkoniyatlarini ochdi. 
9
И.Каримов. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳатларни чуқурлаштириш йўлида, -Тошкент: 
Ўзбекистон, 1995. 97 б. 


19 
1.3.1-rasm 
Ўзбекистон Республикасининг ташқи иқтисодий сиёсати
мустақилликнинг дастлабки босқичларида қуйидаги
вазифаларни ҳал этди:
Manba:
10
Bu rivojlanish modelida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va 
mustahkamlash, respublikaning jahon xo’jalik aloqalariga integrastiyalashuvi 
yo’nalishlarini belgilashga katta e’tibor qaratilgan. Mamlakatning jahon xo’jalik 
aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng ko’lamda ishtirok etishi ochiq 
turdagi iqtisodiyotni qurishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham 
iqtisodiyotimizning kelajagini uning jahon xo’jaligiga integrastiyasida ko’rishimiz 
mumkin. 
Tashqi iqgisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi mavqeini 
mustahkamlashga, uning to’lov balansini yanada yaxshilashga, qulay investistiya 
muhitini yaratishga yo’naltirilishi kerak. Buning uchun respublikamizda zarur 
shart-sharoitlar mavjud.
10
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият асослари 


20 
1.3.2-rasm 
Ўзбекистон ташқи иқтисодий сиёсати негизида тўртта
асосий қоида ётади:
Мамлакат хўжалик юритувчи субъектларининг ташқи иқтисодий фаолиятини
асосан бир галги ташқи иқтисодий битимлардан ташқи бозорларни ушлаб
туриш ва кенгайтиришга узоқ муддатли йўналтирилган, улар умумий хўжалик
фаолиятининг доимий ва узвий қисми сифатида ташқи иқтисодий фаолиятга
йўналтириш
Ташқи иқтисодий фаолиятда қатнашишга қобил тармоклар ва минтақаларни
ривожлантириш сиёсатини иш-лаб чиқарадиган давлатнинг ўзгартирувчилик
фаолияти, шу жумладан, мазкур фаолиятнинг божхона механизми ва чет ел
инвестициялари учун қулай режим
Ташқи иқтисодий фаолият функцияларини ҳокимият шохобчалари, республика
ва ҳудудий бошқарув органлари ҳамда тармоқ идоралари ўртасида аниқ
тақсимлаш
Жаҳон бозорида республика экспортчилари учун қулай шароитларни яратиш
мамлакат ташқи сиёсатининг асосий вазифаларидан бири бўлиб қолишига
даъват этилган.
Manba:
11
Mintaqaviy integrastiya doirasida hamkorlik qilish amaliyoti va xorijiy 
mamlakatlar 
tajribasi 
shundan 
dalolat 
beradiki, 
dunyo 
iqtisodiyotiga 
integrastiyalashuv mamlakat xalq xo’jaligi doirasida ruy beradigan turli xildagi 
tarkibiy o’zgarishlar bilan, shuningdek integrastiya jarayonlarining katalizatori 
bo’lib xizmat qiluvchi tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi mexanizmlarini 
shakllantirish bilan uzviy bog`liqdir. Bunday zarurat, jahon xujaligi tizimiga 
integrastiyalashayotgan O’zbekiston iqtisodiyotida ham turli xildagi tarkibiy 
o’zgarishlarni vujudga keltirish va uning tashqi iqtisodiy aloqalari sohasida yangi 
mexanizmlarni shakllantirishni taqozo etadi.
12
11
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият 
асослари 
12
А.Расулев,А. Бедринцев, А.Акилов Узбекистан: внешнеэкономическая деятельность и 
интеграция в мировое хозяйство. Т.:, Узбекистон. 2006 й.27 б. 


21 
Tashqi iqgisodiy faoliyatni erkinlashtirish bo’yicha aniq bir maqsadga 
yo’naltirilgan siyosatni olib borish, xo’jalik sub’ektlariga xorijiy hamkorlar bilan 
to’g`ridan-to’g`ri aloqalarni o’rnatishda katta erkinliklar berish, respublikamizda 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijda sotish, tovarlar eksporti va importiga 
yanada imtiyozli tartiblarni joriy qilish — bular siyosatimizning zamonaviy 
bosqichdagi ustuvor yo’nalishlar
1.3.3rasm
10
3,5 
баробарга
ошган
2,5 
барoбарга
ошган
3,8 
барoбарга
ошган
-
Ўзбекистонда ялпи ички маҳсулотнинг ўсиши -
-
аҳоли жон бошига ҳисоблаганда эса -
-
аҳолининг реал даромадлари -
-
аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш учун йўналтирилган
давлат харажатлари -
-
турмуш даражасининг сезиларли равишда яхшилангани
одамларнинг ўртача
умр кўриши 67 ёшдан
73 
ёшга,
болалар ўлими

баробар камайган
оналар ўлими

баробардан кўпроқ
камайган

барoбарга
ошган
Manba:
13
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish mintaqaning rivojlanishi 
va davlatlar iqtisodi uchun muhim ahamiyatga ega. 
O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A. Karimov integrastiya haqida gapirar ekan, manfaatlar birikuvining 
xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integrastiya turlari mavjudligiga 
asoslanadi. "Biz integrastiya jarayonlari va bozor islohotlarini rivojlantirishga, 
Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat 
beramiz.
13
А.Алимов, И.Ҳамедов. Ўзбекистон Республикасида ташқи иқтисодий фаолият асослари 


22 

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin