Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 157 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference Sharq uyg„onish davrida ham komil inson tarbiyasi muammosi ma‟naviy
sohadagi eng asosiy masala bo„lgan. Shuning uchun ham ta‟lim-tarbiya masalasiga
katta e‟tibor berilgan. Zero, insoniylik g„oyasida yuksak axloqiy xislatlar
ifodalanganligi uchun ham Sharq uyg„onish davri pedagogikasida ta‟lim va
tarbiya yo„nalishi muhim ahamiyat kasb etgan. Axloq masalasi buyuk
mutafakkirlarning, pedagoglarning diqqat markazida bo„lgan. Bu davrda Forobiy,
Beruniy, ibn Sino, Yusuf xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Tusiy, Davoniy, Koshifiy,
Kaykovus, Sa‟diy, Jomiy, Alisher Navoiylarning ta‟limiy-axloqiy asarlari inson
shaxsini ma‟naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etishda sof pedagogik
asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega bo„ldi. Mazkur pedagogik asarlarda
insonning ma‟naviy kamolga yetishida yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash
g„oyasi ilgari surilgan.
O„sha davr buyuk Sharq mutafakkirlarining ta‟lim va tarbiyaga oid
qarashlarining asosini ham “Qur‟oni Karim” va “Hadis” ta‟limoti tashkil etadi.
Ular o„z qarashlarini yoshlar ta‟lim-tarbiyasi uchun zarur odob-axloq me‟yorlari,
o„z turmush tajribasi, islom axloqi, Qur‟on talablari hamda Hadislar asosida bayon
qiladi va shu asosda yoshlarning doimiy amal qilishi lozim bo„lgan harakatlari
ketma-ketligi va odob-axloq me‟yorlarining tizimli tartibini bayon qiladi. Ul
buyuk zotlarning sermahzul ijod mahsullari bugungi kun ta‟lim-tarbiya jarayonida
yosh avlod tarbiyasida dasturulamal bo„la oldi.
Ta‟lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda o„z o„git va yo„nalishlari bilan
beqiyos hissa qo„shgan buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy bu borada
quyidagilarni alohida ta‟kidlaydi:
-“Ta‟lim degan so„z xalqlar va shaharliklar o„rtasida nazariy fazilatni birlashtirish,
tarbiya esa shu xalqlar o„rtasidagi tug„ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini
birlashtirish”;
-“Tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishi uchun tarbiya beruvchining o„zi
tarbiyali bo„lmog„i shart”;
-“Ta‟lim faqat so„z va o„rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga
oshiriladi”;
-“Tarbiya - har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat bo„lgan ish –
harakat, kasb – hunarga o„rgatishdir”;
-“Inson - dunyo taraqqiyotining eng mukammal va yetuk yakuni”.
Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Nasr Forobiy bu
fikrlari orqali shaxs kamolotida ta‟lim va tarbiya berish zarurati,
ta‟lim-tarbiya usullaridan kutilgan asosiy maqsad va bola