Tashkent Medical Academy Volume 3



Yüklə 42,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix02.12.2023
ölçüsü42,33 Kb.
#171441
1   2   3   4
sharq-uyg-onish-davrida-ta-lim-va-tarbiya-masalalari

Tashkent Medical Academy 
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural 
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in 
the development of science 
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy 
merosining ahamiyati va uning fan 
taraqqiyotidagi o‘rni 
 
 
 
 
 
158
 
December 16 
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
tarbiyasida tarbiya usullari haqida qimmatli ma‟lumotlarni bayon etgan hamda 
bolaning tug„ilgandan boshlab oyoqqa turguncha ma‟lum tartibda tarbiyalanib 
borishga katta e‟tibor qaratilishiga to„xtalgan.
O„z tarixiy ijodi va buyuk ma‟naviy-ma‟rifiy merosi bilan dunyo ilm-fanini 
yuqori cho‟qqiga olib chikgan, o‟rta asrlar Sharqining qomusiy olimi, astronomi
geografi, ma‟danshunosi, etnografi, tarixchisi, shoiri, faylasufi va pedagogi Abu 
Rayhon Beruniyning ham yaratgan barcha asarlari mazmun-mohiyatini ta‟lim-
tarbiya masalalari tashkil etadi. Uning ijodidan fanning turli sohalariga oid juda 
ko‟p yirik asarlar o„rin olgan bo„lib, bu asarlar uning ana shu sohalarni nihoyatda 
yaxshi bilgan tadqiqotchi, fanda yangidan yangi yo‟llar ochgan donishmand 
bo‟lganligidan dalolat beradi.
Beruniyshunos olimlarning ma‟lumotlariga ko„ra Beruniy yoshligidan 
riyoziyot va falakiyotni o‟rganib, 16-17 yoshlaridayoq Quyoshning balandligini
o‟lchagan, quyosh tutilishini kuzatish bilan shug‟ullanib, 22 yoshida Markaziy 
Osiyoda birinchi bor yer globusini, turli xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik 
asari – “Osorul boqiya”ni yaratadi.
Olimning fan taraqqiyotiga qo‟shgan hissasi juda ulkan bo‟lib, u 152-ta 
risola yaratgan, shundan 30 tasi bizgacha etib kelgan. 
Taniqli Rus olimi V.V.Bartold: - “Beruniy shunday serqirra olimki, o‟z davrida 
mavjud bo‟lgan ilm sohalaridan shug‟ullanmagani uning shug‟ullanganidan 
kamdir. Uning yozgan asarlari shunchalik ko‟p va serqirraki bunga bir odamning 
umri kifoya qilganiga kishi hayron qoladi”- deydi. 
Yana bir buyuk rus sharqshunos olimi, akademik S.P.Tolstov xalqaro ilmiy 
anjumanlarning birida Evropa olimlaridan biri “Beruniy XI asr Leonardo do 
Vinchisi” degan ta‟rifiga javoban “Leanardo do Vinchi XV asr Beruniysidir” deb 
vatandoshimizga juda katta ta‟rif bergan. 
Bugungi kunda Beruniyning boy ilmiy, adabiy merosi o‟z ahamiyatini 
yo‟qotmasdan avlodlar qo‟lida qadr topmoqda. U ilm-fanning hamma sohalarini 
mukammal egallagan qomusiy olim sifatida o‟zining asarlari bilan falsafa, 
astronomiya, geodeziya, geografiya, tarix va tarbiya fanlari rivojiga katta hissa 
qo‟shgan. 
Buyuk bobokalonimiz, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy 1048 yilda 
G‟azna shahrida vafot etgan. Buyuk olim nomini abadiylashtirish maqsadida
yurtimizdagi ko‟pgina ilmiy markazlar, ko‟chalar, shahar va 
qishloqlarga olim nomi berilgan. 



Yüklə 42,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin