Tashkent Medical Academy Volume 4



Yüklə 63,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix14.12.2023
ölçüsü63,49 Kb.
#180420
1   2   3   4   5   6
maktabgacha-yoshdagi-bolalar-nutqini-rivojlantirish 2

Tashkent Medical Academy 
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Integration of Science, Education and Practice 
in Modern Psychology and Pedagogy: 
Problems and Solutions 
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan
ta’lim va amaliyot integratsiyasi:
muammo va yechimlar 
 
 
 
 
1042
 
May 6 
https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference 
foydalanib MTTda nutq oʼstirish ishlarini mazmunli tashkil etish mumkin.
Innovatsion texnologiyalar
- bu pedagogik faoliyat natijasiga samarali 
erishishni taʼminlaydigan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar oʼrtasidagi oʼzaro taʼlimiy 
munosabatlarning yangi usullari va uslublaridir. Bunday taʼlimiy muhit zamonaviy 
sharoitlarda bolaning shaxsiy rivojlanishidagi dinamik oʼzgarishlar tufayli ijobiy 
natijaga erishishga qaratilgan taʼlimiy usullar, metodlar, vositalarni oʼz ichiga oladi. 
Аynan MTTda nutq oʼstirish jarayonida badiiy adabiyotning oʼrni beqiyosligini 
eʼtirof etgan holda, badiiy asarlarni yangi texnologiyalar vositasida bolalarga 
oʼrgatishning samaradorligi yuqori ekanligini kuzatdik. Maktabgacha yoshdagi 
bolalar nutqini rivojlantirish koʼp jihatdan quyidagilarning toʼgʼri hal etish bilan 
bogʼliq: 
- nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar tarkibiga ota-onalar, tarbiyachining 
maʼlum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga oʼqib yoki aytib beriladigan ertak, 
sheʼr, qoʼshiqlar, hikoyalar muntazam kiritilishi; 
- taʼlimning didaktik materiallarni foydalanadigan tarzda zamonaviy tashkil etilishi
- taʼlimiy oʼyinlarda bolalarning faol nutqiy muloqotda boʼlishini taʼminlash. 
Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi bolalarning nutq 
qobiliyatini shakllantirishda quyidagi qiyinchiliklarga duch kelmoqda: 
- har bir bolaning individual qobiliyatlarini aniqlash va mos ravishda rivojlantirish; 
- hamkorlikka asoslangan taʼlim munosabatlarida bolani faollashtirish; 
- nutqiy qobiliyati yashirin bolalar bilan olib boriladigan alohida oʼyinli vaziyatlar 
yaratish. 

Yüklə 63,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin