Tashkent State Transport University Volume 3


Tashkent State Transport University



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix10.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#127992
1   2   3   4   5   6
mustaqil-o-zbekiston-konstitutsiyasining-qabul-qilinishining-tarixi

Tashkent State Transport University 
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan 
is the Glorification of Human Dignity, the 
Guarantee of Our Free and Prosperous Life 
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - 
inson qadrini ulug'lash, erkin va
farovon hayotimiz kafolati 
 
 
 
 
 
181
 
December 1 
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
tuzilishini o„rnatadi. Unda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining 
o„zaro hamkorligi va mustaqil ishlashining maqbul mexanizmi mustahkamlab 
qo„yilgan. 
Konstitutsiyaning alohida bobi mahalliy davlat hokimiyati organlariga 
bag„ishlangan. Xalq deputatlari Kengashlari viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi 
mahalliy hokimiyat vakillaridir. 
O„zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog„iston Respublikasi kiradi. 1991 
yil dekabrda u Mustaqillik deklaratsiyasini, 1993 yil 3 martda esa o„z 
Konstitutsiyasini qabul qildi. 
O„zbekistonning yangi Konstitutsiyasi ulkan ma‟naviy salohiyatga ega.
Konstitutsiyaviy piramidaning yuqori qismida inson, fuqaro va uning qonuniy 
manfaatlari joylashgan. 
Masalan, Konstitutsiya qoidalari chuqur axloqiydir va bular: ayollar va 
erkaklarning huquqlari tengligi kabi (16-modda); voyaga etmaganlar, nogironlar va 
yolg„iz keksalarning huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish (45-modda); 
jamiyat va oilaning davlat tomonidan qo„llab-quvvatlanishi va himoyasi (63-modda); 
davlat va jamiyat tomonidan etim bolalarni va ota-ona qaramog„idan mahrum bo„lgan 
bolalarni boqish, tarbiyalash va ularga ta‟lim berish, ularga nisbatan xayriya 
faoliyatlarini rag„batlantirish (64-modda); onalik va bolalikni davlat tomonidan 
himoya qilish, voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalarni ularning ota-onalari haqida 
g„amxo„rlik qilish majburiyati (66-modda) kabi qoidalarda namoyon bo„ladi. 
Konstitutsiya O„zbekiston Respublikasining mustaqilligi va suverenitetining 
huquqiy kafolati hisoblanadi. Unda inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va 
burchlari sanab o„tilgan. U ijtimoiy va davlat tizimining shakllarini belgilaydi, 
mamlakatning tashqi va ichki siyosati tamoyillarini e‟lon qiladi, barcha mulk 
shakllarining tengligini ta‟minlaydi, fuqarolik jamiyatining ustuvorliklari va o„zini-
o„zi boshqarish shakllarini tasdiqlaydi. Konstitutsiyaning barcha bu xususiyatlari uni 
yashovchan va mustahkam qiladi.
Shunday 
qilib, 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
bizning 
fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi hujjat sifatida yo„limizdagi 
yorqin yulduzdir. Suveren O„zbekistonning Konstitutsiyasi inson va fuqarolik 
huquqlarining demokratik xartiyasi, insonparvar huquqiy davlatni shakllantirishning 
strategik dasturidir. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin