4. Takrorlash darsi. O'quvchilarning yangi materialni o'zlashtirish va mustahkamlashga tayyorligini tekshirishga qaratilgan takrorlash darslari o'qituvchiga darsning asosiy t a ’limiy vazifasini bajarishda yordam beradigan m uhim vosita bo'lib xizmat qiladi. A m m o ba’zan takrorlashning o'zi darsning markazida turadi. Bunday dars yakunlovchi mashg'ulot bo'ladi. Yakunlovchi mashg'ulotlarda o'qituvchi o'quvchilarning mehnat ta’limi jarayonida olgan bilim va malakalarini u m u mlashtiradi. Bunda umumlashtirish kuchavib boradi. Masalan, o'qituvchi sinfda yog'ochga ishlov berishni o'rgatishni tamomlab o'quvchilarga qaysi operatsiyalar bilan ta nishgan 1 i к lari n i eslashni, shuningdek, bu operatsiyalar qo'llanadigan sohalarni belgilash uchun ularni o'zaro taqqoslashni, ularning afzalligi va kamchiliklarini yana bir marta aniqlashni tavsiya etadi. Shu sinfda metallarga ishlov berishni o'rganishni tamomlab. Metallarga ishlov berish haqida umumlashtiruvchi suhbat o'tkazadi. Bundan tashqari o'qituvchi o'quvchilarga yog'och va metallarning xossalarini. metallarning ayrim turlarini reja lash usullarini taqqoslashni taklif qiladi. Shu bilan birga o'quvchilar quyi sinflarda qog'oz, karton gazlamalar kabi materiallar bilan ishlashda rejalash bilan tanishganliklarini eslatadi va shu asosda operatsiyaning politexnik xarakterini ko'rsatadi. 5—7-sinflarda ta’lim malakalarini u m u m lashtirish imkonivatlari ortadi. Umumlashtirish faqat o'quvchilar o'zlashtirgan narsalarni shunchaki jamlashdan iborat boim ay,balki ularning bilimlaridagi sifat o‘zgarishlarini jam lashdan ham iborat bo'lishi kerak. Yog'och va metallarga ishlov berishni taqqoslash o'quvchilarni yangi xulosalarga olib kelishi lozim. Xususan, o'quvchilar materiallarni qirqish bilan ishlashning har xil usullari yagona tabiiy-ilmiy qonuniyatlardan foydalanishga asoslanishiga ishonch hosil qilishlari zarur. Aytilganlardan ko'rinib turibdiki, takrorlash darslari o'quvchilarga yangi bilimlar berish elementlarini ham o'z ichiga oladi. O'quvchilarning bilim va malakalarini umumlashtirish ishlari butun t a i i m davrini qamragan holda oldindan tuzilgan reja asosida olib borilsagina samarali bo'ladi.