3. Xizmat safari guvohnomasi xodimga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beruvchi hujjat. Guvohnoma maxsus blankada rasmiylashtriladi va xodim qo‘liga topshiriladi. Uning zaruriy qismlari yuqorida keltiriIgan tarkibiy qismda bir oz farq qiladi.Xizmat safari guvohnomasi moliyaviy hujjat bo’lgani uchun u to'g'ri rasmiylashtirilishi kerak. Unda barcha imzo va muhrlaming bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari turli malaka oshirish muassasalarida ta'lim olgan shaxslarga tegishli guvohnoma hisoblanadi. Bunday guvohnomalarda amal qilish muddati ko'rsatilmaydi. Guvohnomada berilgan sana va mansabdor shaxslar imzosigina bo'ladi.
Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, muassasaning tuzilishini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuyi. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi.
Bitim
Muassasa va alohida xodim o'rtasida mehnat shartnomasi - bitim tuziladi.Uning mazmuni va shartlari 0‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida belgilab berilgan. Muassasalar bilan ulaming hisobida turmaydigan shaxslar o‘rtasida ham ma’lum mehnat munosabatlari o‘rnatilishi mumkin. Ba'zi hollarda ma'lum cheklangan muddatda bajariladigan xizmatni muayyan muassasaning o‘zidan bajaradigan xizmatchi bo'lmay qoladi. Shunday hollarda chetda taklif qilingan mutaxassis bilan mehnat bitimi tuziladi.