Malakaviy imtixonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 30-son, 346-modda) hamda “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlar topshirishi kerak bo‘lgan malakaviy imtihonlar mazmunini va ularni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun malakaviy imtihonlar «O‘zbekistonning eng yangi tarixi», «Chet tili» hamda dissertatsiya mavzusiga muvofiq ixtisoslik fanidan, shuningdek, fan soxaliriga ko‘ra ushbu Nizomning 4-7 bandlarida belgilangan fanlardan o‘tkaziladi. Ushbu imtihonlar yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan keyin – O‘zR OAK) tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida topshiriladi. Aniq va tabiiy fanlar sohalaridagi talabgorlar uchun «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fani bo‘yicha malakaviy imtihon dasturiga «Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari» fani bo‘yicha ham savollar bloki kiritiladi. Chet tilini egallaganlik darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga (bilim darajasi IELTSning 5,0 ballidan, TOEFLning 67 ballidan kam bo‘lmagan yoki ularga tenglashtirilgan boshqa tizimlar ballariga mos kelishi kerak) ega bo‘lgan fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlar chet tili bo‘yicha imtihon topshirishdan ozod etiladi.
Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot fanlari sohalaridagi ilmiy darajaga talabgorlar “Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari” bo‘yicha maxsus imtihonni ham topshirishlari kerak. Ushbu maxsus imtihon O‘zR OAK tomonidan tasdiqlangan alohida tartib asosida o‘tkaziladi.
Fan doktori ilmiy darajasiga talabgorning oliy ma’lumoti yoki nomzodlik dissertatsiyasi sohasi dissertatsiya tayyorlangan fan tarmog‘i yo‘nalishiga muvofiq bo‘lmasa, ushbu fan tarmog‘iga tatbiqan umumilmiy fan bo‘yicha, ya’ni ushbu fan tarmog‘ining asosiy mazmuni hamda umummetodologik va nazariy muammolarini yetarlicha keng qamrab oladigan fan bo‘yicha qo‘shimcha malakaviy imtihon (yoki imtihonlar) topshiriladi. Topshirilishi kerak bo‘lgan imtihonlarni O‘zR OAK belgilaydi. Talabgorning oliy ma’lumoti sohasi dissertatsiya yoqlanayotgan fan sohasidan tubdan farq qilgan hollarda ixtisoslik bo‘yicha topshirilishi kerak bo‘lgan malakaviy imtihonlarni O‘zR OAK belgilaydi. Qo‘shimcha umumilmiy fanlar bo‘yicha imtihonlar muayyan fan tarmog‘ida ixtisoslashgan yetakchi oliy ta’lim muassasasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan dasturlar asosida topshiriladi.
Malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqi tegishli fan sohalari bo‘yicha ilmiy-tashkiliy tuzilmalari (kafedra, bo‘lim, laboratoriya) mavjud bo‘lgan hamda yetarli ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatga, shuningdek tegishli moddiy-texnik bazaga ega bo‘lgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga O‘zR OAK tomonidan beriladi. Malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqi berilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari imtihon qabul qilish huquqi bo‘lmagan boshqa tashkilotlardan kelgan talabgorlardan ham mazkur imtihonlarni olishlari shart.
Ixtisoslik fani bo‘yicha malakaviy imtihonlar dissertatsiya himoyasi mo‘ljallangan kengashlar faoliyat ko‘rsatib turgan tashkilotlar huzuridagi malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyalari tomonidan qabul qilinadi. Ixtisoslik fani bo‘yicha imtihon talabgorning nazariy va kasbiy tayyorgarligi darajasini, uning ushbu fanning shakllanishi va rivojlanishi tarixini, umumiy konsepsiyalari va metodologiya masalalarini, manbalarini, shu bilimlar tarmog‘ining asosiy nazariy va amaliy muammolarini, mavjud materialni nechog‘lik bilishini aniqlab berishi, uning ilmiy adabiyotni, shu jumladan, chet el davriy nashrlarini hamda ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy usullarini qanchalik egallaganligini ko‘rsatib berishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 –son Qarori
http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3171590 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son Qarori
http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3286194 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/3-son «Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2893).
http://oak.uz/oaknizomlariuz/662-davlat-ryhatidan-tkazilgan-oak-nizomlari.html O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/4-son «Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2894)
http://oak.uz/oaknizomlariuz/662-davlat-ryhatidan-tkazilgan-oak-nizomlari.html O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/5-son «Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2793-2).
http://oak.uz/oaknizomlariuz/662-davlat-ryhatidan-tkazilgan-oak-nizomlari.html O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/6-son «Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2764-1).
http://oak.uz/oaknizomlariuz/662-davlat-ryhatidan-tkazilgan-oak-nizomlari.html O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/7-son «Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2443-2).
http://oak.uz/oaknizomlariuz/662-davlat-ryhatidan-tkazilgan-oak-nizomlari.html O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № 304-son Qarori