Tashkiliy qarorlar va boshqaruv



Yüklə 102 Kb.
tarix17.07.2023
ölçüsü102 Kb.
#136712
tashkiliy qarorlar va boshqaruv


tashkiliy qarorlar va boshqaruv
Reja:
1.Boshqarishning umumdavlat maxalliy, tarmoq va o`z-o`zini boshqarish
2.Menejmentning tashkiliy tarkiblarini tanlash va takomillashtirish
3. Vazifaviy va divizional tarkiblar.
4. Muntazam va muntazam- shtabli tashkiliy tarkib.
5. Loyihali va matritsali tashkiliy tarkiblar.
Adabiyotlar ro’yxati.

"Tarkib" so`zi elementlar birlashuvini, ular orasidagi o`zaro munosabat va aloqalarni bir butun tizim ekanligini anglatadi .


Menejmentning tashkiliy tarkibi deb boshqaruv idoralarining birlashuvini, ular orasidagi o`zaro tizimlarni, firmaning oldiga qo`ygan maqsadiga erishishdagi zaruriy boshqaruv vazifalarni bajarilishini taҳminlovchi, deb belgilash mumkin. SHunday qilib, menejmentning tashkiliy tarkibi quyidagi bir kator shartlardan kelib chiqadi:
korxonalarning maqsad va vazifalari, ishlab chiqarish va boshqaruv vazifalari, ichki va tashki muxit omillari.
Boshqaruv tarkibidagi quyidagi elementlar aloxida ajratib ko`rsatiladi: zvenolar (buginlar), saviyalar (boshqaruv darajasi) va aloqalar - gorizontal va vertikal.
Menejmentning nomlari tilga olingan tashkiliy tarkib elementlari bir-biri bilan o`zaro bog’langandir. Qisqacha ularning aniq tushunchasini aloxida ko`rib chiqamiz:
Zveno yoki boshqaruv bo`limi - bu tashkilotning aloxida yoki erkin boshqaruv idorasidir. Uning shakllanishining asosiy vazifasi bo`limining Ma`lum bir vazifasini bajarishdir. Bo`limlar orasida o`rnatilgan aloqa gorizontal tavsifga ega. Menejment saviyasining bir guruh bo`limlarni boshqaruv ierarxiyasida Ma`lum darajani egallash, deb qarash mumkin.
Tarkib inson va materiallar resurslarini, ularning o`zaro munosabatlarini tarkibga solib birlashtiradi. Barcha tarkiblar, ularning o`lchovlaridan katҳiy nazar, yana bir umumiy xususiyatga ega: ular firmaning maqsadiga erishishi uchun shakllantiradi. Ammo xar boshqaruv tarkibi uziga xos xususiyatga ega, ular Ma`lum darajada odamlar faoliyatining samaradorligiga ta`sir ko`rsatadi. Xar bir ish beraetgan firma uchun tarkibni tashkil qilish, uning faoliyatini yuksaltirishda muxim element xisoblanadi.
Barcha tashkil tarkib majmuasi samarali shakllanish usulini tanlash menejment korpusining faoliyatida xaetiy va zarur element xisoblanadi. Agar bu masala rivojlanaetgan firma firma yoki korporatsiyalarga tegishli bulsa, ҳam, koyida buyicha, bu kabi korporatsiyalarda vazifa bajarilishida oz bulsada tarkibini kayta tashkil qilish masalasini echiladi.
Garbiy menjmentning tashkiliy axlok nuktai nazariga asoslangan nazariyasida firmaning tarkibiga muxim omil sifatida qaraladi va barcha jamoa yoki uning xar bir a`zosining axlokinialoxida ko`rib chikiladi. Bu nazarda tashkiliy tarkibga quyidagi boshqaruv tushunchalari kiritiladi: javobgarlik va huquqka egalik nisbati, huquqka egalik vakilligi, markazlashtirish va nomarkazlashtirish, javobgarlik va nazoratning boshqaruvchanlik meҳeri, firmaning tashkiliy siesati, boshqaruv qarorlarining modellari, umumiy va yakka tartibdagi topshiriklarni loyixalashtirish va boshkalar.
Bu erda asosan menejmentni maҳnaviy tarkibi xakida aloxida so`z boradi: U kanday maqsadlarga xizmat kiladi va kanday boshqaruv jaraenlarini amalga oshiradi? Menejment tashkiliy tuzilishi xaqida tushuncha.
Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo`g’inlari va bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli bo`lishi uning ish qobiliyati yuqori bo`lishini kafolatlaydi, ya`ni boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo`g’inlar qancha kam bo`lsa, boshqaruv shunchalik samarali bo`ladi.
Boshqaruv bo`g’inlari - bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma elementlari, ularning bo`linmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir.
Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma`lum bo`g’inlar yig’indisidir. SHu belgisiga ko`ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - ko`p bosqichli (ko`p bo`g’inli), uch, ikki bosqichli (bo`g’inli) bo`ladi. Bosqichlar va bo`g’inlar o`rtasidagi alqa vertikal va gorizontal bo`lishi mumkin. Vertikal bo`g’inlar raҳbarlarning ularga bo`ysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarni, gorizontal aloqalar boshqaruvning teng xuquqli bo`g’in va unsurlari o`rtasidagi munosabatlarni bildiradi.
Iqtisodiyotn boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng xuquqli tashkilotlarga bo`linadi. YUqori tashkilotlar respublika va tarmoq boshqaruv tashkilotlariga ajratiladi.
Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini birlashtiradilar. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari Respublika Konstitutsiyasiga asoslangan ҳolda faoliyat yuritadi.
Xalq xo`jaligini bshqarishning umumdavlat tashkilotlari qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tashkilotlariga bo`linadi. Qonun chiqaruvchi oliy tashkilot - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. U xo`jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun, qonuniy aktlarni tasdiqlaydi. Davlat rejalari va byudjetining bajarilishi xaqida xisobotni muҳokama qilib tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya tashkilotlarini shakllantiradi.
Xalq xo`jaligini boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umumiy, tarmoq va maxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. Umumiy vakolatga ega ijroiya tashkilotlariga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar maҳkamasi va xokimiyatlar kiradi. Maxsus vakolatli tashkilotlar tarmoqlararo xususiyatga ega vazifalarni bajaradilar. Ular qatoriga Davlat qo`mitalarini kiritish mumkin.
Umumdavlat boshqaruvi tashkilotlarining asosiy vazifalari: FTTning asosiy yo`nalishlarini belgilash, tabiiy muҳitni muxofaza qilish, pul va rkedit tizimiga raҳbarlik qilish, soliq va daromadlarni belgilash, xisob va statistikani tashkil etish, narx, tariflar belgilash, xalq xo`jaligi tarmoqlariga raҳbarlik qilish kiradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining doimiy ish yurituvchi tashkilotlari faoliyati tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy ishlarga raҳbarlik qilish, fan-texnika soҳasida tanlov, ko`ngilli asosda ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni bajaradi.
Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan ҳamkorlikda mintaqada moddiy texnikaviy ta`minotning barqaror va samarali tizimini tashkil etish, iste`molli va ishlab chiqaruvchilar o`rtasida barqaror mintaqaviy aloqalarni o`rnatish, maҳsulot etkazib berishni nazorat qilish, korxonalarga ularni moddiy texnikaviy ta`minlashda ko`mak berishdan iboratdir. Moddiy-texnikaviy ta`minot tashkilotlari xo`jalik xisobi asosida ishlab chiqarish vositalarini sotishning ko`p tarmoqli savdoni ta`minlash va moddiy resurslardan maqbul foydalanishga raҳbarlik qiladilar.
Moliya vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari davlat va korxonalar manfaatlarini ximoya etishga asoslangan butunlay yangi moliyaviy siyosatni amalga oshiradi, xo`jalik yuritish samaradorliginiso`m bilan nazorat etishni ta`minlaydi, shirkat va individual meҳnat faoliyatini moliya-kredit vositasida tartibga solish bo`yicha choralarni belgilaydi, aҳoli daromadlaridan soliq olish, bozor iqtisodiyotiga mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, byudjet tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini o`zgartiradi, uni iqtisodiy meyor va normativlar asosida tashkil etadi, ish sifatini oshirishni iqtisodiy rag’batlantirish va ajratilgan mablag’lardan maqbul ravishda foydalanishni iqtisodiy rag’batlantirish usullarini keng qo`llashni ta`minlaydi.
Respublika Markaziy banki iqtisodiyotdagi barcha kredit va xisob kitob munosabatlarini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir.
Tijorat banklari tizimi faoliyati to`liq xo`jalik xisobi va o`z-o`zini moliya bilan ta`minlashi asosiga o`tkaziladi.
Meҳnat va ijtimoiy masalalar bilan shug’ullanuvchi davlat tashkilotlari va
ularning joylardagi bo`linmalari to`li bandlikni, band bo`lmagan meҳnat resurslarini qayta tayyorlash va kasb o`rgatish, kadrlarga bo`lgan talabni qondirishni ta`minlaydilar.
Respublika vazriliklari respublika xududidagi kontsernlar tarmoqlarni boshqarishni amalga oshiradilar. Tarmoqni boshqarish tizimiga yakka raҳbarlik asosida ish yurituvchi vazir boshchilik qiladi. U qo`l ostidagi vazirlik va unga qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir.
Ґar bir vazirlikda vazir tarmoqni boshqarishning muҳim masalalarini kollegial ravishda ko`rib chiqish v amalga oshirishga imkon beruvchi maslaҳat tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh maslaҳat beruvchi tashkilot - kollegiya bo`lib, uning tarkibiga vazir o`rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, korxonalar raҳbarlari kiradi.
Xalq xo`jaligi tarmog’i tarkibida ҳam davlat, ҳam xususiy korxona, firma, aktsioner jamiyatlari faoliyat yuritadi. Korxona, firma, aktsionerlar jamiyatlari fan-texnika saloҳiyatidagi samarali foydalanish, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va uyg’unlashtirish va uyg’unlashtirish asosida maҳsulot ishlab chiqarish maqsadida tashkil etiladi. Ular xo`jalik xisobi asosida sanoat, qurilish, transport, savdo va boshqa soҳalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Tarkibiy qism bankda aloҳida balans va xisob raqamiga ega bo`lishi va ijara pudrati bo`yicha, xususiy soҳada ish yuritishi mumkin.
Korxona, firma, aktsionerlik jamiyati tarkibiy birlikka qarashli asosiy fond va mablag’larni biriktiradi, ichki xo`jalik munosabatlarini amalga oshirish, tarkibiy birliklar o`rtasidagi munozaralarni ҳal etish, shuningdek, ular o`z majburiyatlari bo`yicha javobgarlik tartibini belgilaydilar. Tarkibiy birlik qonunda belgilangan xuqqulari doirasida unga biriktirilgan mulkni tasarruf etadi, firma, A.J.lari nomidan boshqa tashkilotlar biln shartnomalar tuzadilar. Korxona, firma, aktsionerlar jamiyatlari tarkibiy birlikka o`z nomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma bo`yicha javobgar bo`lish xuquqini beradi.
Korxonani boshqarish korxona to`g’risida qonunga asosan amalga oshiriladi. Bu qonunda ko`zda tutilgan tamoyillardan biri butun jamoaning ҳamda uning tashkilotlari muҳim qarorlarni qabul qilish va uni bajarishni nazorat qilishda ishtirok etish yo`li bilan amalga oshiriladigan o`z-o`zini boshqarish tamoyilidir. Tashkiliy tuzilmalar turlari.
Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog’liqlikka ega va qonuniyatlarga bo`ysunadi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy turi chiziqli va funktsional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funktsional tuzilmalar tarkib topadi.
CHiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo`g’inlari yuqori bosqichdagi raҳbarga bevosita bo`ysunushi bilan tavsiflanadi. CHiziqli tuzilmada ҳar bir xodim bitta raҳbarga bo`ysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog’langan bo`ladi. chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligidir. Ґar bir raҳbar butun meҳnat jamoasi faoliyati natijalari bo`yicha javobgar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qilish xuquqi markazlashishiga olib keladi.
CHiziqli tuzilmalarni xal etiluvchi masalalar doirasi keng bo`lmagan, bu masalalar echilishi oson bo`lgan xollarda qo`llash maqsadga muvofiqdir. Sof ҳolda chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo`lim, shirkat, kichik korxonalarda qo`llaniladi.
CHiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo`g’inlar koordinatsiyasi puxta bo`lmaydi. Raҳbar universal mutaxassis bo`lishi va unga bo`ysnuvchi barcha bo`g’inlar faoliyatining ҳamma tomonini qamrab olishi lozim.
Funktsional tuzilma - boshqaruv vazifalarining funktsional bo`g’inlar va raҳbarlar o`rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog’liq ҳolda vujudga kelgan.
Funktsional tuzilmada boshqaruvchi ko`rsatmalar nisbatan malakali bo`ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funktsional bo`g’inlar soni ortishi bilan ҳar bir bo`g’in mustaqil ravishda ҳal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi.
Muammoning moҳiyati ҳar bir bo`g’in o`z masalasini birinchi navbatda ҳal qilishdan manfaatdor bo`lishida emas, balki bitta ҳam bo`g’in bu masalani etarli darajada asoslangan ҳolda va to`g’ri ҳal qila olmasligi, echimlar maydalashib, to`liq bo`lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi.
CHiziqli tuzilmani tashkil etish va fnukitsonal tuzilmaning kamchiliklari qo`shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funktsional va boshqa tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo`ldi.
CHiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi bo`g’inga ega ҳar bir bo`g’inida ayrim muҳim muammolar bo`yicha shtablar tuziladi. SHtablar malakali qarorlar tayyorlaydilar, lekin chiziqli tuzilma raҳbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini koordinatsiya qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati xshilanadi, lekin avzifalar miqdori ko`p bo`lsa.
Lekin, vazifalar miqdori ko`p bo`lsa, chiziqli tuzilma raҳbari vazifalari ҳam ortadi. SHu sababli, amaliyotda boshqa qo`shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funktsional tuzilmadir.
CHiziqli-funktsional strukturada, funktsional zvenolar quyi turgan bo`linmalarga o`zlari buyruq bera oladilar, lekin ular kompetentsiyasiga taaluqli bo`lgan aniq belgilangan savollar bo`yicha. Masalan, rejalashtirish - iqtisodiy bo`limi tsex boshlig’iga rejalashtirishni rivojlantirish savollari bo`yicha buyruq berishi mumkin, Zavodnnig bosh buxgalteri esa tsexda xisob va xisobotni yaxshilash bo`yicha va x.k. CHiziqli funktsional strukturasining ustunligi uning boshqaruv prinsiplarini buyruq berishning yagonaligi prinsipi bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik strukturada aloqalarning murakkab tiplari mavjud: loyiҳa bo`yicha boshqarish; matritsali struktura va boshqalar.
Loyiҳa bo`yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o`zgarishi bilan bog’liq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo`lgan korxona va tashkilotlarda qo`llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun faqatgina shu loyixaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi. Boshqaruvning loyiҳa bo`yicha organi vaqtinchalik tashkilot ҳisoblanadi. Unga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so`ng u tugatiladi.
Matritsali struktura chiziqli va loyiҳa bo`yicha boshqaruv strukturalarining birlashtirilishi natijasida quriladi. chiziqli boshqaruv prinsipi saqlanib qolinadi, loyiҳa bo`yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo`yicha dasturlar, loyixalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab chiqarish maҳsulotini tayyorlash, sotish va x.k.lar tashkil qilinadi.
Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali strukturasida loyixa yoki dastur raҳbarlarining faoliyati erkinligi ta`minlanadi, ular oldiga qo`yilgan masalalar maqsadli ҳal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo`yicha raҳbarning ma`suliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo`yicha raҳbarning ma`suliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning ҳar-xil darajalari va ҳar bir zveno chegarasida aloxida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish, xalq xo`jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo`jalik mustaqilligini ta`minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy strukturalar tuziladi.
Tashkiliy strukturalarni loyiҳalashtirish.
Menejmentning tashkiliy strukturalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning ҳar bir zvenosining ishlab chiqarish-texnik, xo`jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo`yicha hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning echimi boshqaruvni isloҳ qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo`yicha bir qator tadbirlarni o`tkazish orqali amalga oshiriladi.
Maqsad boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalardan biri ҳisoblanadi.
Boshqaruv maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlang’ich, unga erishish esa yakuniy bosqich ҳisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv ob`ekti va uning aloҳida parametrlarining istalgan xolatidir. Aniq bir korxona uchun boshqaruv maqsadi aniq bir maxsulot turini eng kam resurslar xarajatini sarflagan ҳolda kerakli miqdorda va yuqori sifatda chiqarishdan iborat.

Adabiyotlar :


1. G’ulomov S.S. “ Menejment asoslari” O’quv qo’llanma.– T.: ToshDIU, 2006 yil.
2. Sharifxo’jaev M, Abdullaev Y. “ Menejment”. Darslik – T.: O’qituvchi. 2002 yil.
3. Kosimov F.M. “Menejment”: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik T.: O’zbekiston, 2002 yil.
4.Abdullayev Y. To’laganova Sh. “Menejment va marketing asoslari” T.: TMI 2006 yil.
Yüklə 102 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin