Faoliyat turlari bo'yicha. Faoliyat turi mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning bir turdagi majmuasini olinishiga olib keluvchi jarayon sifatida belgilanadi. Faoliyatning bir turi bitta oddiy jarayondan (masalan to'kimachilikdan) tashkil topishi yoki butun bir qator jarayonlarni qamrab olishi (avtomobillarni ishlab chiqarish) mumkin.
Xo'jalik yuritish sub'yektlarini fao liyat turlariga ajratishda kuyidagi farqlar ko'zga tashlanadi:
- asosiy faoliyat - bu qo'shimcha qiymatni tashkil qilishda katta ulush qo'shuvchi faoliyatdir.Amalda mahsulotning alohida turlari bo'yicha bunday ma'lumotlarni olishning iloji yo'q. Shuning uchun faoliyatning asosiy turini faoliyatning ushbu turi bilan bog'liq tovarlar va xizmatlarga to'g'ri keluvchi yalpi ishlab chiqarishning ustivor ulushi bilan belgilash tavsiya etiladi. Bunday hisoblashning murakkabligida faoliyatning asosiy turi faoliyatning tegishli turi bilan band bo'lgan xodimlarning xodimlar umumiy sonidagi ulushini hisoblashdan aniqlanishi mumkin. Bunda asosiy faoliyatga umumiy qo'shimcha qiymat yoki band bo'lganlar sonining 50 yoki undan ortiq foizi to'g'ri kelishi shart emas, ammo bu faoliyat ustivor bo'lishi kerak;
- ko'makchi faoliyat - unga fao liyatning boshqa sohalar mahsulotlari ishlab chiqariladigan ayrim turlari kirtiladi. Ko'makchi faoliyat iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat klassifikatorining tegishli guruhlarida hisobga olinadi. Fao liyatning asosiy va ko'makchi turlari mahsulotlari bozorda sotish yoki foydalanishning boshqa turlari uchun mo'ljallanganlar.
- yordamchi faoliyat - bu ob'yekt faoliyatining asosiy turlarini qo'llab quvvatlash uchun amalga oshiriladigan faoliyatdir. U asosiy va ikkilamchi dan ajratilmaydi - u asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatuvchi faoliyat (tashish, saqlash, xarid qilish, boshqaruv ta'minot, marketing, ta'mirlash va sozlash ishlari va h.k.). Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar tarkibiy bo'linmalarning yordamchi faoliyati uning asosiy faoliyati bo'yicha hisobga olinadi.
Tashkilotlar o'lchamlari bo'yicha yirik, o'rtacha va kichik guruhlarga ajratilishi mumkin. Bunday bo'linishning tasniflovchi alomatlari sifatida ko'proq tahlil qilish uchun olinishi osonrok bo'lgan band bo'lganlar soni. sotishlar(oborot)ning hajmi, aktivlarning balans qiymati kabi mezonlardan foydalaniladi. Ammo ulardan hech biri tashkilotni u yoki bu guruhiga kiritish uchun yetarlicha dalilli asoslar bo'lmagani sababli, amalda ko'pincha mezonlarning kombinatsiyasidan foydalaniladi.
Ta'kidlash kerakki, Yevropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab korxonalarni kichiklarga kiritish uchun quyidagi uchta mezonlar qo'llaniladi: valyuta balansi (3.125 mln. yevrodan kamroq), oborot (6.25 mln yevrodan kamroq) va xodimlar soni (jadval).
Dostları ilə paylaş: |