rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va o'zgaruvchanlari Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy mahsulotni olish uchun kombinatsiyalash va foydalanish usullarini o'z ichiga oluvchi texnoligiya menejment tomonidan eng diqqatli e'tiborning predmeti bo'ladi. Boshqaruv texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga oshirish masalalarini hal qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilg'orroq texnologiyalarni paydo bo'lishi munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari yetarlicha murakkabroq va ahamiyatliroq bo'lib bormoqda, chunki ularni hal qilish tashkilot uchun kelajakda jiddiy va g'oyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotning ichki xayotida salbiy jarayonlarga olib kelishi, uning tashkiliy tuzilmasini buzib yuborishi, xodimllardagi motivatsiyani yo'qqa chiqarishi mumkin.